Internet tarmog`ida saytlar juda ko`p, sayt tashkil qiluvchilar ham anchagina topiladi, sayt buzuvchilarni ham endilikda tez-tez uchratamiz shekilli?! Buni aytishimizning sababi yaqindagina tashkil etilgan www.shakhzoda.ru sayti internet hakkerlari tomonidan buzildi.
Hozirgi kunda saytga ma`sul shaxslar saytni qayta tiklash ishlari ustida ish olib bormoqdalar. Sayt bunyodkorlari endilikda saytni yanada mustahkam bo`lishini ta`minlash uchun izlanishdalar. Tez orada sayt qayta ishga tushadi va umid qilamizki, bunday holat boshqa takrorlanmaydi.