
Статистика |
XOZIR SAYTDA 8 MEXMON 8 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2009 » Июль » 2 » TEST
|
SIZ QANDAY OVQATLANASIZ?
Istaymizmi, yo‘qmi, kundalik hayotimizning asosini ovqatlanish masalasi tashkil etadi. Lekin kimdir to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qiladi, kimdir yo‘q.
Ushbu testdan siz o‘z ovqatlanish me’yorlaringizni bilib olishingiz mumkin. Ajab emaski, ovqatlanish qoidasini bilib-bilmay buzib qo‘yganlar test sababli ortga chekinishsa va salomatliklariga xavf solish arafasida bo‘lgan “soya”lardan xoli bo‘lishsa.
1. Har kuni bir vaqtda ov-qatlanishga harakat qilasizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Ba’zan
2. Shirinliklarni xush ko‘rasizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Unchalik emas.
3. Ovqatning kaloriyasiga e’tibor berasizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Ba’zan.
4. Mol go‘shtini tovuq go‘shtidan foydaliroq deb hisoblaysizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Bilmadim.
5. Qachondir parhez qilganmisiz?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Yodimda yo‘q.
6. Sho‘r taomlar sizga yoqadimi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Unchalik emas.
7. O‘z vazningizni nazorat qilib borasizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Ba’zida.
8. Restoranda tez-tez ovqatlanib turasizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Umuman restoranga kirmayman.
9. Ovqat vaqtida kitob yoxud gazeta o‘qiysizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Gohida bo‘lib turadi.
10. Doimo ovqatlanishni suyuq taomdan boshlaysizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Kamdan-kam hollarda.
11. Oshqozon og‘rig‘iga qarshi dorilarni tez-tez tanovul qilib turasizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Hali bunday dorilarni ichishga to‘g‘ri kelmagan.
12. Ovqatlanish vaqtingiz 20 daqiqadan oshadimi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Tez ovqatlanishga intilaman.
13. Gastroenterolog qabulida bo‘lganmisiz?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Shunday vrach borligini bilmas ekanman.
14. Qorningiz tez-tez og‘rib turadimi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Ba’zida bo‘lib turadi.
15. Tushlik paytida buterbrod yeyishni yoqtirasizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Undan ko‘ra kaloriyasi kuchliroq ovqatni ma’qul ko‘raman.
16. Ortiqcha yog‘larni yo‘qotuvchi dorilardan ichib ko‘rganmisiz?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Qachonlardir ichib ko‘rganman.
17. Kuniga uch marotaba qahva ichasizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Umuman qahva ichmayman.
17. Xom sabzavot mahsuloti qaynaganidan foydali deb hisoblaysizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Gohida shunday bo‘lishi ham mumkin.
18. Spirtli ichimlikni tez-tez iste’mol qilib turasizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Umuman yaqiniga yo‘lamayman.
19. Qorningiz tez ochqaydimi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Och qolmaslikka intilaman.
20. Tez-tez och yurib, organizmingizda “tozalov” o‘tkazasizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
v) Bo‘lib turadi.
NATIJALAR: QAYSI JAVOBDAN KO`PLIGIGA QARAB
“A” javob uchun. Afsuski, sizni xursand eta olmaymiz. Agar bundan keyin ham tartibsiz ovqatlanadigan bo‘lsangiz, oshqozonni ishdan chiqarishingiz tayin. Har qalay, hozir ham osh-qozon masalasida arzingiz yo‘q emasdir-ov!
“B” javob uchun. Albatta, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilishga intilasiz. Lekin har doim ham bunga erisha olmaysiz. Siz nima yeyayotganingizga hamisha e’tibor berishga urinib ko‘ring. Chunki, hamma narsa ham siz xohlaganchalik foydali bo‘lib chiqavermaydi.
“V” javob uchun. Siz “ilmiy” ravishda ovqatlanasiz. Garchi hozirgi zamonda bu anchagina muammo bo‘lsa-da, shu odatingizni tark etgingiz kelmaydi. Faqat iltimos, hech qachon par-hezdan foydalanmang.
|
Категория: Тесты |
Просмотров: 1446 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|