VAQTINGIZNI QANDAY TAQSIMLAYSIZ?
 Ushbu test sizga hafta kunlarini qanday taqsimlashga o‘rgatsa ne ajab! Albatta, bu test bo‘yicha o‘z kundalik hayotingizni to‘liq rejalashtira olmaysiz. Lekin nega seshanba kunlari vujudingizda kuchli charchoq sezishingiz sabablarini biroz bo‘lsa-da, aniqlab olasiz. Va haftalik zo‘riqishlarni to‘g‘ri taqsimlashni o‘rganasiz.
1. Qaysi burj vakilisiz?
a) buzoq, parizod, tog‘ echkisi — 0 ball;
b) qo‘y, arslon, o‘qotar — 1 ball;
v) qisqichbaqa, chayon, baliq — 2 ball;
g) egizaklar, tarozi, qovg‘a — 3 ball.
2. Yoshingiz nechada?
a) 55 dan yuqori — 0 ball;
b) 40-55 atrofida — 1 ball;
v) 25-40 oralig‘ida — 2 ball;
g) 25 dan past — 3 ball.
3. Qaysi din vakilisiz?
a) men hayotimni dinsiz tasavvur etishga odatlanganman — 0 ball;
b) Nasroniylik — 0 ball;
v) Iudizm — 1 ball;
g) Islom — 2 ball;
d) butkul boshqa din vakiliman — 3 ball.
4. Siz “to‘rg‘ay”misiz, “Boyqush”misiz?
a) “To‘rg‘ay” — 0 ball;
b) “Boyqush” — 3 ball.
5. Bola ekaningizda uyingizda necha kishi yashagan? (Sizni ham hisoblaganda)
a) to‘rt va undan ortiq kishi — 0 ball;
b) uch kishi — 1 ball;
v) ikki kishi — 2 ball.
6. Vazningizda yetishmovchilik yoki ortiqchalik bormi?
a) yo‘q — 0 ball;
b) bor — 2 ball.
7. Agar sizga choy, qahva yoki oddiy suvni taklif qilishsa, qay birini tanlaysiz?
a) qahva — 0 ball;
b) choy — 1 ball;
v) oddiy suvni — 2 ball.
8. O‘z kasbingizni sevasizmi?
a) ha — 0 ball;
b) yo‘q — 2 ball.
9. Dam olish kunlari keragidan ko‘proq uxlay olasizmi?
a) yo‘q — 0 ball;
b) ha — 2 ball.
10. Dam olishdan so‘ng qaytadan ishga sho‘ng‘ish qiyin kechadimi?
a) yo‘q — 0 ball;
b) ha — 2 ball.
NATIJALAR:
5 ball va undan kam. “AJOYIB ISHCHI”
Siz mavjud tartiblarga to‘liq moslashgansiz. To‘g‘rirog‘i, garchi bu xususiyatingiz boshliqni unchalik hayratga solmasa-da, siz a’lo darajadagi ishchisiz. Har qanday zo‘riqishlardan osongina xalos bo‘lish qobiliyatiga egasiz. Ishga juda kam kechikib kelasiz. Lekin sog‘lig‘ingiz masalasida muammolar yuzaga keladigan bo‘lsa, albatta, hafta o‘rtasida nafas rostlab olganingiz ma’qul. Yaxshisi, seshanba kechqurun. Chunki, boshqa kunlari sal chalg‘isangiz, odatiy kun tartiblaridan chekinishingiz va dam olish kunlari ham ishlashingiz tayin bo‘lib qoladi.
6-11 ball. “Kayfiyat odami”
Ish tartibiga moslashish uchun sizga ma’lum vaqt hamda xohish kerak. Kayfiyatingiz ko‘p hollarda bosh rolni o‘ynaydi. Shunday ekan, ishning asosiy qismini hafta o‘rtasida ado eting.
Dushanbada o‘zingizni o‘ta baxtsiz his etasiz. O‘zingizni shanba, yakshanba kunlari to‘yib dam olmagan hisoblaysiz. Lekin chorshanbaga borib kayfiyatingiz ko‘tarila boshlaydi. Aynan chorshanba, juma oralig‘ida miyangizda ajoyib g‘oyalar tug‘iladi. Bilasizmi, siz ijod yoki muallimlik bilan shug‘ullansangiz maqsadga muvofiq bo‘lardi. Sababi, juda qobiliyatlisiz, bolalar ham sizni jondan sevishadi. Faqat shafqatsiz boshliqlar sizga to‘yib uxlash imkonini berishmayapti-da!
12-18 ball. “ERKIN RASSOM”
Siz mavjud ish tartiblariga ko‘nikishda katta qiyinchiliklarni boshdan kechirasiz. Erkin yashab o‘rganganingiz uchunmi, intizom, tartib-qoidalarga amal qilish sizga erish tuyiladi. Ehtiyot bo‘ling, noto‘g‘ri taqsimlangan zo‘riqishlar sog‘lig‘ingizga ziyon yetkazib qo‘yishi ham mumkin. Boshqalarga ba’zan sizni yolg‘iz qoldirishlari zarurligini yotig‘i bilan tushuntiring. Siz o‘z vaqtingizni erkin taqsimlaganingizdagina o‘zingizni yaxshi his etasiz. Shundagina yangi kashfiyotlarni yarata olasiz.
19 va undan yuqori ball. “O‘ZGA SAYYORALIK”
Hoynahoy, siz yerlik emassiz-ov! Organizmingiz faqat o‘z tartib-qoidalariga amal qiladi. Gohida ertalabgacha uxlamay chiqishingiz, ba’zan esa qorong‘i tushmasdan o‘zingizni karavotga tashlab uxlashga yotishingiz mumkin. Uyda kechalari uyg‘onib ketib, ish haqida, ish vaqtida esa dam olish haqida o‘ylab qoladigan odatingiz bor. Ha, hayotdagi tartiblar sizga sira mos emas. O‘zingiz mustaqil qoidalarni ishlab chiqib amal qilishingiz lozim. Afsuski, hamma vaqt ham bunga erishavermaysiz. Shunday paytlarda beixtiyor o‘zingizni juda faol shaxs deya his etasiz-u, oqibatda kuchli zo‘riqishlar tinkangizni quritib qo‘yganini sezmay qolasiz.
|