1. Boshqalar sizdan ko‘ra yaxshiroq kiyinishadimi?
- Ha. (0 ball)
- Yo‘q. (1 ball)
2. Boshqa uyda yashashni istarmidingiz?
- Ha. (0 ball)
- Yo‘q. (1 ball)
3. Boshqa kasb egasi bo‘lishni-chi?
- Ha. (0 ball)
- Yo‘q. (1 ball)
4. Hayotda bir marta bo‘lsayam boshqa odamga aylanish istagingiz bormi?
- Ha. (0 ball)
- Yo‘q. (1 ball)
5. Hayotda amalga oshirgan barcha ishlaringiz bilan g‘ururlanasizmi?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
6. Oilangiz bilan doimo iliq munosabatdamisiz?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
7. Do‘stlaringiz bilan-chi?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
8. Qarindoshlaringiz bilan hamisha fikringiz bir joydan chiqadimi?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
9. Turmush o‘rtog‘ingizdan ko‘nglingiz to‘ladimi?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
10. Tashqi ko‘rinishingiz o‘zingizga yoqadimi?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
11. Kechasi yaxshi uxlaysizmi?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
12. Tez-tez kimlardandir xafa bo‘lib, jahlingiz chiqib turadimi?
- Ha. (0 ball)
- Yo‘q. (1 ball)
13. Hayotda faol bo‘lish sizga yoqadimi?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
14. Ishdan keyin uy muhitiga tez moslashib keta olasizmi?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
15. Siz taqdirni adolatsiz deb o‘ylaysizmi?
- Ha. (0 ball)
- Yo‘q. (1 ball)
NATIJALAR:
9 va undan yuqori ball. Siz o‘z hayotingizdan juda mamnunsiz. Garchi o‘zgartirish zarur bo‘lgan ba’zi narsalar mavjud bo‘lsa-da, baribir, shodlanib yashaysiz.
4 dan 8 ballgacha. Siz hayotdan ma’lum ma’noda mamnunsiz. Faqat ba’zida, kayfiyatingiz tushgan paytlarda hayotni tubdan o‘zgartirgingiz kelib qoladi.
3 va undan past ball. Siz hech qachon hayotdan rozi bo‘lmagansiz. Ko‘p narsalarni o‘zgartirish kerak, deb hisoblaysiz.