PAYSHANBA, 2025.07.17, 20:42
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ШОУ-Бизнес
SMS YUBORISH
QIZIQARLI
MP3 KO`CHIRISH
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
Веб-Мастер
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QO`SHIQ MATNI
IZOHLAR VA SMSLAR
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
ISLOM
TANLOV
Психология
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Май » 27 » QIZIQARLI MALUMOT
12:01
QIZIQARLI MALUMOT
INSON HAQIDA 44 FAKT

1. O'pkaning shamollatilishi (nafas olinayotgan havo hajmining nafas olish soniga ko'paytmasi) sog'lom insonda daqiqasiga 5-9 litrni tashkil etadi.

2. Agar inson qonidagi barcha eritrotsitlarni ketma-ket terib chiqilsa, Yer sharini ekvatori bo'ylab uch marta aylantirish mumkin bo'lgan lenta hosil bo'ladi.

3. Inson tanasida 100-160 milliard kapillyar mavjud. Agar uni bir chiziqqa terib chiqilsa u 60-80 ming kilometrni tashkil etadi. Bu esa Yer ekvatori uzunligining ikki barobaridir.

4. Insonning yirik arteriyalari 20 atmosfera miqdordagi bosimga bardosh beradi.

5. Qadimiy Yunonistonda insonlar o'rtacha 29 yil, XVI asrda Yevropada 21, XVII asrda — 26, XVIII asrda 34, XX asr boshlarida — 50, XX asr o'rtalarida 70 ga yaqin XX asr oxirida esa 60 yil umr ko'rishgan.

6. Qattiqlik bo'yicha tish emalini kvarsga tenglash mumkin. Ma'lumki, eng o'tkir qilichning ham bu emalga urilganda dami qaytadi.

7. Bosh miyaning istalgan sohasida qon tomirning tiqilishi yoki yorilishi asab hujayralarining nobud bo'lishiga olib keladi. Asab hujayralari qayta tirilmaydi. Shu sababli, ularning vazifalarini qisman sog' qolgan hujayralar o'z zimmasiga oladi.

8. Inson oshqozonining 1 kvadrat santimetr shilliq qavatiga 100 oshqozon bezi to'g'ri keladi. Ular juda zich joylashgan.

9. G'isob-kitoblarga ko'ra, inson butun umri davomida 2,5 tonna oqsil, 1,3 tonna yog', 17,5 tonna uglevodlar va 75 tonna suv iste'mol qiladi.

10. Inson tanasida 3 kgga yaqin mineral tuzlar mavjud bo'lib, ularning 5/6 qismi skelet tarkibiga kiradi. O'rta yoshli inson tanasida 300 gramm osh tuzi mavjud.

11. Oqsillar 20 ta aminokislotalardan iborat bo'lib, ular turli oqsil birikmalarining 2500000000000000000 ta kombinatsiyasini hosil qila olishi mumkin.

12. Adrenalinning 15 grammi Yer sharida istiqomat qilayotgan insonlarning barchasidan ham ortib qolardi.

13. Inson organizmi 44-45,5 darajada qizishga chidab berishi mumkin. Juda kam hollarda 46 darajaga ham chidashi mumkin.

14. Bir sutka davomida inson ishlab chiqargan issiqlik bilan 33 litr muzdek suvni qaynatish mumkin.

15. 60 yoshga kirgan inson umrining 20 yilini uyquda o'tkazgan bo'ladi.

16. Inson terisining 1 kvadrat santimetrida 100 ga yaqin og'riq nuqtalari mavjud. Butun tanada esa ularning soni millionga yaqin.

17. Quloqdagi baraban pardasiga urilgan tovush uni tebrantiradi va parda havo to'lqinlarining tebranishlarini takrorlaydi. Barabansimon parda tovush to'lqin ta'sirida vodorod atomi radiusiga teng masofaga siljisa ham inson o'sha tovushni eshita oladi.

18.Bosh miyaning katta yarim sharlari qobig'ining 1 millimetr kubida 20 mingdan ortiq neyronlar mavjud. Ularning har biri 2-5 mingta boshqa neyronlar bilan bog'lanish hosil qila oladi.

19. Agar inson eritrotsitlarini daqiqasiga 100 dondan sanab turilsa, ularning barchasini sanab bo'lish uchun 450 ming yil talab etiladi.

20. Bir kunda inson iligi 320 milliard eritrotsitlarni o'tkazadi.

21. Ilik, o't pufagi va limfa tugunlarida paydo bo'ladigan leykotsitlar bor-yo'g'i 4-5 yil yashaydi.

22. Qonda ba'zi bir moddalarning doimiyligi kishini hayratlantiradi. Masalan, oqsil — 5-8%, qand — 0,07-0,12%, tuzlarning umumiy miqdori — 9,9%, bunda kaliy, natriy va kalsiy tuzlarining miqdori ma'lum bir aniqlikda bo'ladi.

23. Katta yoshli insonda qonning to'liq aynalishi 20-28 soniyada ro'y bersa, yosh bolada bu 15 soniya, o'smirda 18 soniyani tashkil etadi. Bir sutkada qon tana bo'ylab 1,5-2 ming marta aylanadi.

24. Yurak massasi tana massasining 1/200 qismiga teng, biroq yurakni oziqlantirish uchun barcha a'zolarni oziqlantirishga ketadigan energetik resurslarning 1/20 qismi sarflanadi. Chunki yurak mushaklarida modda almashinuvi insonning istalgan boshqa a'zosiga nisbatan 10-20 barobar intensiv tarzda ro'y beradi.

25. Inson nafas oladigan havoda is gazi atmosferadagiga nisbatan 100 barobar ko'p.

26. G'ar daqiqada miya tomirlari bo'ylab 3/4 litr qon oqib o'tadi, miya yarim sharlaridagi barcha qon tomirlarining umumiy uzunligi 560 kmni tashkil etadi.

27. Inson zardobi boshqa hazm qildiruvchi suyuqliklardan farqli o'laroq, fermentlarga ega emas.

28. Inson jigari unga teng massadagi mushakka nisbatan 10 barobar ko'proq kislorod iste'mol qiladi va ko'proq issiqlik chiqaradi.

29. Jigar orqali bir daqiqada 1,5 litr qon oqib o'tadi, sutkada esa 2000 litr.

30. Inson ichagining 1 kvadrat santimetrida 3-4 ming patqavat bo'ladi. Ularning har biri 3000 hujayradan tashkil topgan. G'ujayralarning har biri esa 100 ta so'ruvchi kanalga ega. Ingichka ichaklarda so'rish yuzasi 5 metr kvatdratga teng, ya'ni inson tanasi yuzasidan 3 barobar katta.

31. Inson tanasida oqsil mavjud bo'lmagan joy yo'q. Qon va mushaklarda oqsillar ular massasining 1/5 qismini tashkil etadi, miyada esa 1/12 qismini. G'atto tish emalida 1/100 qism oqsil mavjud. Turli organlarda oqsillar 45-85% quruq moddani tashkil etadi.

32. Tanamizdagi oqsillarning yarmisi 180 kun mobaynida yangilanib turadi, jigardagi oqsillar esa 17-20 kunda.

33. Inson bosh miyasida 80% suv bor, mushaklarda 76 foiz, suyaklarda esa 25 foizga yaqin.

34. Insondagi jamiki ichki sekresiya bezlarining massasi 100 grammni tashkil etadi.

35. Gipofiz miya bilan 100 mingdan ortiq asab tolalari bilan bog'langan.

36. Inson soch tolasi qalinligi sovun ko'pigidan 5000 barobar qalin, kapillyar qon tomiridan esa 5 marta qalin, o'rgimchak to'ridan esa 20 barobar.

37. Bir bog'lam selderey yeyish uchun inson undan olinadigan energiyadan ko'ra ko'proq energiya sarflaydi.

38. Inson jilmayish uchun 40 ta mushagini ishga soladi, miltiq tepkisini bosish uchun atigi 4 ta.

39. Inson ko'zi 10 milliondan ortiq rangni farqlash xususiyatiga ega.

40. Inson organizmida 2000 dan ortiq ta'm bilish reseptorlari bor.

41. Inson og'zida 40 mingdan ziyod bakteriyalar bor.

42. Erkak organizmidagi eng kichik hujayra sperma hujayralaridir.

43. Inson tanasida 2 milliondan ortiq ter bezlari mavjud. O'rtacha katta yoshli inson har litr terlanishi bilan 540 kaloriya yo'qotadi. Erkaklar ayollarga nisbatan 40 foiz ko'proq teralashadi.

44. Inson ingichka ichagi hayotligida 2,5 metrcha keladi. Biroq vafot etgach, ichak devorlarini ushlab turgan mushaklar bo'shashadi va uning uzunligi 6 metrga yetadi.

Категория: QIZIQARLI | Просмотров: 2937 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 2.5/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Май 2009  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
        123
    45678910
    11121314151617
    18192021222324
    25262728293031
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz