OQ TAYSON Ruslan Chagayev (1978 yil 19 oktabr, Andijon, O'zbekiston SSR) - o'zbek bokschisi, Butunjahon Boks Assotsiatsiyasi (ingl. WBA) versiyasi bo'yicha supero'girvaznda jahon chempioni. O'gir vaznda (81-91 kg) havaskorlar orasida Osiyo hamda jahon chempioni. Bo'yi: 1,85 m. 1997 yilgi havaskorlar o'rtasidagi Jahon Chempionati finalida kubalik bokschi Feliks Savonni mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritgan, lekin keyinchalik professional bokschi sifatida chetlatilgan. Ruslan Chagayev "O'zbekiston xizmat ko'rsatgan sportchi", "O'zbekiston iftixori" faxriy unvonlari bilan mukofotlangan. 2007 yilning 14 aprel kuni WBA versiyasi bo'yicha jahon chempionligi uchun Nikolay Valuyev bilan ringga chiqdi. Ushbu bahsda Ruslan 114-114, 115-113, 117-111 hisobida ochkolar bo'yicha g'alaba qozondi. Bu janggacha Valuyev bironta uchrashuvida mag'lubiyatga uchramagan edi. Germaniyaning Gamburg shahrida yashaydi va shug'ullanadi. Murabbiyi: Mixael Timm (nem. Michael Timm). Uylangan, bir o'g'li bor. Ruslan Chagaev 2008 yilning 19 yanvarida Britaniyalik bokschi Matt Skelton bilan o`z unvonini himoya qilish uchun ringga chiqdi. Bu jang 12 raund davom etib, ochkolar bo'yicha g`alaba Ruslan Chagaevga berildi va u o'z chempionlik kamarini yana bir marta o`zida saqlab qoldi.
|