Дата: PAYSHANBA, 2012.06.07, 19:40 | Сообщение # 26
Группа: Удаленные
Taqdir yozig’idan qochib bo’lmaydi, Nelar nasib etar bilsaydik koshki. Sirlar g’origa o’xshar chiqish imkonsiz- Barini vaqtida anglasak koshki…. Bir ishni boshlaymiz niyatlar ila- Ba’zisi bitmayin qoladi yo’lda. Yana birin boshlaymiz imkon borida- Ulgurmoq istaymiz bari-bariga! Mana shunda bilinadi kim do’st-kim dushman: Biri ko’mak berar doim kelsa qo’lidan. Yana biri chiroyli bahona qilib- Ichida aytib ketar: "senga shu ham kam”! Lekin odam tilagi sof bo’lsa doim, Chiqish uchun albatta bir yo’l topilar. Chiqqach bu yo’l tugaydi, boshqasi kelib- Faqat undagi ozor, chandig’i qolar. Shuning uchun niyatni doim sof tutib, Bu dunyoda yomon o’ymas, yaxshisi qolar Axir aksi bo’lganda o’ylaylik do’stlar- Hamma yoq nadomatu, nafratga to’lar. Bir kuni o’zingizchun yangi kun boshlab, Ertalab shukrona deb kulib uyg’oning. Ish-u, o’qish, yumushlarchun vaqtdan yutqazmay, O’z manziliz tomonga tezroq shoshiling! Baraka kelar asli toza niyatdan, Sof tilak, shukrona, beg’araz dildan. Shuningchun nasiba, hayotda yashab, Ayamaylik shirin so’z- kulguni bir-birimizdan! Yo’limizda uchrab turar ko’rolmaslar ham, G’iybatchi, nobakor, sovuqqadamlar. Bariga tabassum qilib o’ting siz, Past ketmang tenglashib, siz- U maskusiz!!! Bor bo’lsin yo’llarda uchrab chin do’stlar, Yelkadosh, beg’araz, ochiq ko’ngillar. Mana shularning qadrini bilaylik bizlar, Toki dunyo bor ekan- yashasin DO’STLAR! Mana shunday do’stlarni atrofda jamlab, Ota-ona, oilamiz qadrin anglaylik. Bir bora yashaymizku biz bu dunyoda, Hammaga yaxshilikni doim ravo ko’raylik. Miyamizni o’tkinchi g’iybat so’zlarmas, Ilmu-fan, yaxshi amalla band etaylik! Toki keraksiz tashvishlar, o’yu-xayollar Miyaga yuk bo’lmayin, olsin oromlar! Xotirjamlik, tinchlikda yashaylik do’stlar, Har bir ko’ngil shodon otsin xandonlar! Zamon tinch, bizlar tinch behisob shukur- Har birimiz: men va siz ham sog’ bo’ling DO’STLAR
Tabiatda bo’lsa shunday qoida, Inson ming bor tug’ilsa agar, Bu dunyoga kelib har safar, Yana qaytib SENI SEVARDIM. Va har safar intikib baxtdan, Qo’llaringdan tutardim mahkam, Kechar edim boru yo’g’imdan, Yana qaytib SENI SEVARDIM. Kulsalarda men oshiq zorga, Ko’ngil bermoq gunoxmi yorga, Ossalar ham ming martta dorga, Yana qaytib SENI SEVARDIM, Ishon yorim SENI SEVARDIM…!!! tongue
Дата: DUSHANBA, 2012.07.30, 08:55 | Сообщение # 32
Группа: Удаленные
Yana o'sha alam o'sha iztirob, Hijron qo'llarida bo'ldim-ku xorob, Dardga shifo bermas hattoki sharob, Yig'larman, yig'larman,yana yig'larman. Siz uchun egildi tik turgan boshim, Endi qaro tunlar mening sirdoshim, Daryodek oqadi ko'zdagi yoshim, Yig'larman, yig'larman,yana yig'larman. Orzular, adalar uchdi havoga, Nahot mendek oshiq sig'mas dunyoga, Nolalar yetmas-mu qodir xudoga, Yig'larman, yig'larman,yana yig'larman. Taqdir sinolari ayirdi bizni, O'zga yor qo'liga tutqazdi sizni, Yurakdan sevgandim bir o'zingizni, Yig'larman, yig'larman,yana yig'larman. Besh kunlik dunyodir hammasi yolg'on, Bizgacha bu olam kimlardan qolgan, Siz urur yurakka azoblar solgan, Yig'larman, yig'larman,yana yig'larman. Baxtingiz tilashdan yo'q o'zga choram, Barcha qizlar ichra tanho, yagonom, Alvido, alvido mangu durdonam, Yig'larman, yig'larman,yana yig'larman.
Дата: SESHANBA, 2012.10.02, 13:05 | Сообщение # 38
Группа: Удаленные
ОNAJONIM sog'indim sog'indim sizni. Sog'inchlardan yuragim yig'latar közni. Kechalari tuwumda köraman sizni. Men baribir ONAJON sog'indim sizni. Yoshligimda yurardim öynab beg'ubor. ONAJONIM oldimda g'amga nima bor. Endi özga yurtda bölib sizga zor. Yuragimda sog'inch degan dardim bor. Bu yerda qiynalay söksinlar mayli. Mendan döstlarim yuz ögirsin mayli. Menga qiyinchilik bölmas aslo yor. Meni duo qilguvchi ONAJONIM bor
Дата: SESHANBA, 2012.10.02, 13:09 | Сообщение # 42
Группа: Удаленные
Kuzni belgilamas bittagina qush, Qayg‘urmang bir dona yaproq sarg‘aysa. Hali bog‘ingizda kurtak otar nish, Yerning hovuridek chayqalar maysa. Tasodif deb biling ranjitgan bo‘lsam, Payqamasdan yangi ko‘ylagingizni. Ehtimol xayolga cho‘mganman bir dam, Sog‘inib bahoriy bo‘ylaringizni. Esingizda bormi? Hech kim yo‘q edi, Hech narsa yo‘q edi sevgidan bo‘lak. Qornimiz muhabbat bilan to‘q edi, Sevgimiz – boshpana, sevgimiz – ko‘ylak. To‘pidan ertaroq uchar tentakqush, Ertaroq sarg‘ayar eng zaif yaproq. Fojia emasdir yolg‘iz xo‘rsinish, Ishq sha’min o‘chirmas bittagina oh. Ammo eslaysizmi? Qarshi shamoli Sochingizni hamroh aylagan payti Yuzingizni ikki kaftimga olib, Ilk bor ismingizni boshqacha aytdim. Eslolmaysiz. Mayli, kuyunmang zinhor, Jovdirab osmonga, bog‘larga boqmang. Yodimda, o‘shanda boshlangan bahor Bitta so‘z, bitta qush, bitta yaproqdan
Дата: SESHANBA, 2012.10.02, 13:10 | Сообщение # 43
Группа: Удаленные
..................DARD QOLDI............. Men ketib boryapman ortga qaramay , Bu galki so’zlarim sherga o’ramay, Endi qo'yavering ko'ngil so'ramay Hammasi tugadi, faqat dard qoldi. Sizdan yuragimga o’chmas gard qoldi. Yanchildi dilimda o’sgan gullarim, Sizga boshlamaydi bu gal yo’llarim, Xayr-deb silkidim cho’zib qo’llarim, Hammasi tugadi, faqat, dard qoldi. Sizdan yuragimga o’chmas gard qoldi. Muhabbatim dilimga solib, Azoblardan bezib og’rinib, Ketmoqdaman qabrim sog’inib, Hammasi tugadi, faqat, dard qoldi. Sizdan yuragimda o’cmas gard qoldi....
Дата: SESHANBA, 2012.11.20, 02:02 | Сообщение # 46
Группа: Удаленные
Mushkuldir bir nima demoqlik, Yaratgan ham ozicha haqdiz. (astag'furullo) Ikkimizni ikki tomonga Ajratiblar tashladi taqdir. Qismatning bu "marhamati"dan Boshlarimiz bo'lib qoldi xam. Chorasini topib bo'lmaskan Goh o'limdan boshqasini ham.