To'g'ri so'z va yolg'onchilik haqida maqollar Arafa kuni yolg'on gapirganning
Namoz kuni yuzi qora.
Betga aytganning zahri yo'q.
Boshingga qilich kelsa ham,
To'g'ri so'zla.
Va'da — oltindan qimmat.
Va'da — quruq, bajarilsa — ulug'.
Va'daga vafo — mardning ishi,
Va'dasiz — subutsiz kishi.
Gap kelganda otangni ayama.
Yov makrini yolg'on yashirar.
Yolg'on aytgan kishining
Xatari bor ishining.
Yolg'on aytib foyda ko'rsang,
Oxiri zarar toparsan.
Rost aytib zarar ko'rsang,
Oxiri foyda toparsan.
Yolg'on — boshga tayoq,
Oshga — suyak.
Yolg'on gap yoqadan chiqar.
Yolg'on gapirib yashagandan
Rost gapirib o'lgan yaxshi.
Yolg'on gapning chuvi chiqar.
Yolg'on yetmish yil yerda yotsa ham,
Yolini chiqar.
Yolg'on yo farzandga urar,
Yo — davlatga.
Yolg'on yondirar,
Haqiqat qondirar.
Yolg'on rostdan yengilar,
To'g'ri elda tanilar.
Yolg'on uzoqqa ketsa ham,
Haqiqat quvib yetar.
Yolg'on uyaltirar,
Rost suyuntirar.
Yolg'on-yashiq gapirma,
So'ng uyalib o'tirma.
Yolg'onga yo yalqov inonar,
Yo — anqov.
Yolg'onning butunidan
Rostning sinig'i afzal.
Yolg'onning umri — qisqa.
Yolg'onchi gavharni xor qilar.
Yolg'onchi yolchimas,
O'g'ri boyimas.
Yolg'onchi yorilib o'lar.