Dutorsiz baxshi bo'lmas,
Yomonsiz — yaxshi.
Dushmaningni asal bilan bo'g'. Dushmanni musht bilan urma,
Osh bilan ur.
Yer to'ydirar, o't kuydirar.
Yer qattiq bo'lsa, ho'kiz ho'kizdan ko'rar.
Yovdan yaxshilik chiqmas.
Yovdan yaxshilik yuqmas.
Yomon ayg'irda yol bo'lmas,
O'larmonda hoi bo'lmas.
Yomon arava yo'l buzar,
Yomon xotin — uy.
Yomon arida bol bo'lmas,
Suvsiz yerda — tol.
Yomon atalib tirik yurguncha,
Yaxshi atalib o'lgan yaxshi.
Yomon atlas bilan ham yomon.
Yomon baliq suv loyqatar.
Yomon baxil bo'lar,
Yaxshi — anil.
Yomon bilan yer qo'shni ham bo'lma
Go'r qo'shni ham bo'lma.
Yomon bilan yotma,
Erta turib aytma.
Yomon bilan yo'ldosh bo'lma,
Nodon bilan — sirdosh.
Yomon bilan yo'ldosh bo'lsang,
Yomondan burun o'lasan.
Yaxshi bilan sirdosh bo'lsang,
Yaxshilik bilan unasan.
Yomon bilan so'z olishguncha,
Ko'cha alish.
Yomon bilan yurguncha,
Yolg'iz yurgin o'lguncha.
Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga,
Yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga.
Yomon bilan yursang, yomon boiasan,
Yaxshi bilan yursang, omon boiasan.
Yomon bola ko'zidan,
Bilinadi so'zidan.
Yomon buzoq yopig'in yer.
Yomon buqa o'z boshiga o't yer.
Yomon gap yer tagida uch yil yotar.
Yomon yovga bo'lishar.
Yomon yovdan qochar.
Yomon yomon bilan.
Yaxshi zamon bilan.
Yomon yoniga yon olma,
Yon olsang ham, yor olma.
Yomon ilon tegirmon boshida aylanar.
Yomon it kunduzi hurar.
Yomon «yilg'in» desang, «qirg'in» der.
Yomon yo’ldan yurgan tuya cho'kar.
Yomon yo'ldosh bo'lmas,
Yo'ldosh boisa ham sirdosh bo'lmas.
Yomon kelsa — buzar,
Yaxshi kelsa — tuzar.