PAYSHANBA, 2025.06.26, 17:51
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 2 из 6
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • »
Модератор форума: биби  
Soliha ayollar, Ibrat oling!
_GooGooWa_Дата: SESHANBA, 2011.04.19, 08:35 | Сообщение # 26
Группа: Удаленные





Raxmat
 
MαhdιДата: CHORSHANBA, 2011.04.20, 14:04 | Сообщение # 27
Группа: Удаленные





Ummu Habiba binti Abu Sufyon.(Mo'minlar onasi)

Asl ismi Ramla bo'lgan Ummu Habiba hijratdan 25yil avval, ya'ni Rasulullohga s.a.м risolat mas'uliyati tushishidan 13-yil oldin, Abu Sufyon oilasida tug'ildi.
U nasl-nasabi yuksak, juda boy va go'zal qiz edi. Hammaning ko'zi unda, makkalik yigitlarning har biri unga uylanishni orzu qilardi.
Uning go'zalligi qurayshiylar ichida otasini obro'sini yanada ko'tardi. Ramlaga uylanishni hohlovchilar ichida Ubaydulloh ibn Jahsh sharafli qavmga mansub, yuksak mavqe sohibi va juda kelishgan yigit edi.
Bundan tashqari diniy ilmlarga ham juda rag'batli edi. Nasroniy Varaqa ibn Navfaldan sira ajralmas edi. Varaqa johiliyat davridayoq butlardan yuz o'girgan edi.
Abu Sufyon barcha so'raganlar orasidan Ubaydullohni tanladi va qizini unga berdi. Ramla porloq fikr va aql sohibasi, bilimdon va madaniyatli ayol edi.
Eri Ubaydulloh hamma masalada unga murojaat qilar, uning fikrini bilishni hohlardi.
Kunlar shunday o'tardi.... Hazrati Muhammadga s.a.v payg'ambarlik tushganda, Ubaydulloh ustozi Varaqa ibn Navfaldan eshitgan hikmatli so'zlar ta'sirida Rasulullohning s.a.v nubuvvatlariga iymon keltirdi. Ammo bu iymon yuzaki edi.

Ubaydulloh bilan zavjasi Ramla ham Habфshistonga hijrat qilishdi. Lekin Najoshiy vataniga oyoq bosar bosmas Ubaydulloh yana nasroniylikka qaytdi.
Bir kuni Ramla juda ham dahshatli tush ko'rdi. Tushida erini g'alati bir qiyofada - oydin yuzli bo'lganidan keyin qop-qora, go'zal bo'lganidan keyin chirkin qiyofada ko'rdi.
Bunday tushning yomonligidan Allohdan panoh tiladi. Ramla o'z ishlari bilan kuymalanashib yurganida Ubaydulloh nasoro bo'lganini bildirdi va uni ham nasroniylikka chaqirdi.
Ramla bu taklifni rad qildi. Kechqurun ko'rgan tushining ma'nosini endi tushundi. Tushini eriga aytib, iymon va Islomda qolishga chaqirdi.
Ubaydulloh esa qabul qilmadi. Hatto musulomnlarning yoniga borib: "Biz haqiqatni topdik, siz endi ko'rishga harakat qilyapsiz. Bundan so'ng ko'rolmaysiz", dedi.
Ubaydulloh murtad bo'lgach, ichkilikka ruju' qo'ydi, ohir oqibat shu holda o'lib ketdi.
Ramla hijrat yurtida ikki qayg'u orasida yashadi. Biri vatanidan ajralishi bo'lsa, ikkinchisi beva qolishi.
Ammo u mustahkam iymoni tufayli bu musibatlarga chiday oldi.
Rasululloh s.a.v Madinaga hijrat etganlaridan keyin qo'shni davlatlarning hukmdorlariga maktub yo'llab, ularni Islomga chaqirdi.
Bunday maktubni Najoshiyga Amr ibn Umayya ad-Damriy olib bordi. Rasululloh s.a.v maktubda Najoshiyni musulmonchilikka chaqirib, Ramlani o'zlariga so'ratgan edilar.
Najoshiy ikki taklifni ham qabul qildi мa Abraha ismli bir joriyani bu hushhabarni Ramlaga yetkazish uchun yubordi.
Abrahaning so'zlarini eshitgan Ramla hursandchiligini yashirib ham o'tirmadi:
- Alloh sening hayringni bersin,- dedi.
G'urbatda qolgan tul ayol uchun Rasululloh s.a.v o'zlariga so'ratishlaridan ham hayrliroq nima bo'lishi mumkin?
Ramla to'y masalalarini oydinlashtirish uchun Xolid ibn Said ibn Osga vakolat berdi.
O'sha oqshom Najoshiy musulmonlarni saroyga chaqirib shunday dedi:
- Muhammad s.a.v menga bir maktub yozib, Ramla binti Abu Sufyonni o'ziga nikohlashimni so'rabdi. M
en uning hohishini bajo keltiraman va Ramlaga 400 dirham mahr beraman,- dedi.
So'ngra mahrni yig'ilganlarning oldiga to'kdi.
Shu payt Ramlaning vakili Xolid ibn Said o'rnidan turdi va:
- Allohga hamd bo'lsin, Undan boshqa iloh yo'qligiga shahodat beraman. Muhammad s.a.v Uning to'g'ri yo'lga boshlovchi qilib, butun dinlar ustiga Haq din qilib yuborgan quli va Rasulidir.
Men ham Rasulullohning s.a.v istagini qabul qildim va Ramlani unga berdim. Alloh taolo Rasuli uchun muborak qilsin.
Dinorlar Xolidga berildi.
Haloyiq tarqalmoqchi bo'lganida Najoshiy:
- O'tiringlar, uylanayotganda kelganlarga taom berish payg'ambarlarning sunnatidir,- dedi.
Taomlar keltirildi. Mehmondorchilik tugagach, duodan so'ng hamma tarqaldi....
Rasululloh s.a.v bu nikohdan buyuk hikmat va yuksak maqsadlari bor edi. Birinchidan, g'urbatda qolgan beva Ramlaga yordam berish bo'lsa, ikkinchidan o'zlarining va dinning katta dushmani Abu Sufyon ibn Harb ibn Umayya ustidan g'alaba qilish edi. A
bu Sufyon bu nikohni eshitgan payti: "Bu odamning burni yerga tegmaydi", degani rivoyat qilingan.

 
_GooGooWa_Дата: CHORSHANBA, 2011.04.20, 19:22 | Сообщение # 28
Группа: Удаленные





Tolibi ilm katta raxmat
 
MαhdιДата: SHANBA, 2011.04.23, 20:43 | Сообщение # 29
Группа: Удаленные





Muhojirlar uzoq ayriliqdan keyin Habshistondan qaytishdi. Bu voqea Haybar fath etilgan kunga to'g'ri keldi. Rasululloh s.a.v shunday deb shukronalik keltirganlari rivoyat qilinadi.
- Qaysi biridan quvonay:Haybar fathidanmi,Navfalning qaytishidanmi?
Habashistondan kelganlar orasida Ramla ham bor edi...
Ummu Habibaning vafodor, iymonida sobit ekanini va dinga sadoqatini ko'rsatuvchi bir hodisa bo'ldi.
U bir iymonli ayol, buning ustiga Rasulullohning s.a.v. zavjasi... Ikkinchi yoqdan otasi haybat va hurmat-e'tibor sohibi,lekin kofir va mushrik... Taqdirda otasi Abu Sufyon bilna ham yuzma-yuz kelish ham bor ekan....
Hudaybiya sulhini birinchi bo'lib Qurayshning ittifoqchilaridan bo'lgan Bani Bakr buzdi. Shundan keyin Rasulullohga s.a.v. ittifoqchi bo'lgan Xuzo'a o'g'illaridan biri yordam so'rab keldi. Rasululloh s.a.v. unga yordam berishga va'da berdilar va ishonch bildirdilar. Qurayshning raisi ish nima bilan tugashini tushunib yetdi. Darhol Rasululloh s.a.v. bilan sulhni mustahkam tutish maqsadida Madinaga yo'l oldi. Madinaga kelgach, Rasululloh s.a.v. bilan o'rtalarida vositachilik qilishni so'rab qizi Ummu Habibaning r.a. oldilariga kirdi. Endi o'ltirmoqchi bo'lganida qizi ko'rpachani taxlab olib qo'ydi. Abu Sufyon:
- Ey, qizim, meni ko'rpachaga loyiq ko'rmayapsanmi yoki uni menga loyiq ko'rmayapsanmi?- deya so'radi.
- Sizni ko'rpachaga loyiq ko'rmayapman. Rasululloh s.a.v. ko'rpachalarida mushrik kishi o'ltirishini hohlamadim.
- Vallohi, senga bir yomonlik yetganga o'hshaydi, qizim.
- Yo'q, aksincha, Alloh taolo meni hidoyatga boshladi.Ey,ota, siz Qurayshning sayyidisiz. Qanday qilib ko'rmaydigan va eshitmaydigan butlarga ibodat qilasiz?Nima uchun Islomni qabul qilmaysiz?
Ummu Habiba faqat Alloh va Uning rasulini sevishini aytishi bilan birga, otasining saltanat va azamatidan qo'rqmay,uning iymon va kufr orasidagi o'rnini jasorat bilan tanitgan edi.
Otasi bu so'zlarni eshitib, g'azabi keldi. Jahl bilan ko'chaga chiqdi va Rasululloh s.a.v. huzurlariga bordi. Hazrati Payg'ambar s.a.v. uni rad qildilar va tarfkashligini qabul qilmadilar. oqibat Abu Sufyon hech qanday natijaga erisha olmay Makkaga qaytib ketdi.
Rasululloh s.a.v. Ummu Habiba r.a. bilan otasi o'rtasidagi suhbatni bilgach unga yanda hurmatlari oshdi. Dinga va Payg'ambar ahliga hurmat ko'rsatgani o'laroq,uni yanada ko'proq ikrom qildilar.
Rasululloh s.a.v. vafotlaridan keyin Ummu Habiba honayi saodatda qoldilar. U kishini butun musulmonlar e'zozlashar va hurmat ko'rsatishar edi. Bu hurmatning sababi Payg'ambarimizga bo'lgan ulug' bir sadoqatlaridan edi. Halifalar u ksihini ziyorat qilishar, ro'zg'orga qarashishar va kerakli yordamalrini berishar edi.Qanchlik fitnalar zuhur qilsa ham, Ummu Habiba na so'z, na f'el bilan birortasiga qo'shilmadilar. Aksincha, musulmonlarni bir safda va yagona din yo'lida birlashishga, Allohga bog'lanib, Uning mustahkam arqonidan ushlashga chaqirar edilar. Ummu Habiba r.a. o'ta dono, vazmin va jiddiy ayol edilar. Rasulullohdan s.a.v. eshitgan ko'plab hadislarni rivoyat qilganlar va Islomiy ilmning rivojlanishiga hissa qo'shganlar.

Ummu Habiba r.a faqat namoz uchun uydan chiqardilar. Madinani faqat haj maqsadida tark qilganlar. Hijratning 44-yili og'ir kasal bo'lib qoldilar. Oradan ko'p vaqt o'tmay, 70 yoshlarida boqiy dunyoga rihlat qildilar. Baqi' qabristoniga dafn qilindilar. Alloh taolo Ummu Habiba onamizdan rozi bo'lsin, u zotni muborak, mavqrlarini ulug' qilsin. Amiyn.

 
_GooGooWa_Дата: PAYSHANBA, 2011.04.28, 22:16 | Сообщение # 30
Группа: Удаленные





Raxmat Mirolim
 
IZZATBEK1990Дата: CHORSHANBA, 2011.05.04, 10:56 | Сообщение # 31
Группа: Удаленные





BU JUDA HAM TO'G'RI IBRAT OLSA BO'LADI
 
_GooGooWa_Дата: DUSHANBA, 2011.05.23, 06:32 | Сообщение # 32
Группа: Удаленные





Raxmat
 
GULI_0101Дата: PAYSHANBA, 2011.06.02, 19:15 | Сообщение # 33
Группа: Удаленные





Kotta raxmat hamma qatori mangaym juda yoqdi olloh umringizni ziyoda qilsin shunday ajoyib mavzularni kutib qolamiz! smile
 
_GooGooWa_Дата: SHANBA, 2011.06.04, 06:50 | Сообщение # 34
Группа: Удаленные





raxmat
 
_SAXOBIYYA_Дата: YAKSHANBA, 2011.06.05, 20:05 | Сообщение # 35
Группа: Удаленные
Сообщений: 31





Mashallah.Bismillah.Assalamu alaykum va rahmatullahi va barokatuhi va mahfirati.Va taqvahu va hidoyatuhi.Tolibi ilm. Paygambarimiz Rasululloh s.a.v.ning zavja halollarining hayotidan rivoyat hadislar aytib mudroq qalblarni iymonga toldirib uygonishiga sababchi bolibsiz. ALLOH ROZI BOLSIN AMIN.
 
_SAXOBIYYA_Дата: YAKSHANBA, 2011.06.05, 20:10 | Сообщение # 36
Группа: Удаленные
Сообщений: 31





Paygambarimizning ayollarini ismlari.(men bilganlarim) -HADIJA. -OYSHA. -SAVDA. -UMMU SALAMA. -UMMU HABIBA. -ZAYNAB. -HAFSA. - JUVAYRIYYA. -SOFIYA. -ZAYNAB.
 
_SAXOBIYYA_Дата: YAKSHANBA, 2011.06.05, 20:19 | Сообщение # 37
Группа: Удаленные
Сообщений: 31





Sayyida binti Hadiyja(jannatla bashoratlangan ayollar). OYSHA roziallohu anhodan rivoyat kilinadi: PAYGAMBAR(S.A.V) - Qaysi bir odam kechasi okiydigan namozi bolsada,uyqu unga golib kelsa,albatta unga namozning ajri yoziladi,Uyqusi esa unga sadaqa boladi deganlar.
 
_SAXOBIYYA_Дата: YAKSHANBA, 2011.06.05, 20:25 | Сообщение # 38
Группа: Удаленные
Сообщений: 31





Bani talim avlodidan bolgan ayollar ensiz tor kiyimlarni kiygan,hollarida Oysha onamizni huzuriga kelganlarida u kishi u ayollarga aytadilarki:- Agar sizlar iymonli bolsangiz ,bu liboslar momina ayollarning libosi emas,agar sizlar iymonsiz bolsangiz, u holda bu liboslaringiz bilan huzurlanib yuraveringlar .
 
_SAXOBIYYA_Дата: YAKSHANBA, 2011.06.05, 20:25 | Сообщение # 39
Группа: Удаленные
Сообщений: 31





Bani talim avlodidan bolgan ayollar ensiz tor kiyimlarni kiygan,hollarida Oysha onamizni huzuriga kelganlarida u kishi u ayollarga aytadilarki:- Agar sizlar iymonli bolsangiz ,bu liboslar momina ayollarning libosi emas,agar sizlar iymonsiz bolsangiz, u holda bu liboslaringiz bilan huzurlanib yuraveringlar .
 
_GooGooWa_Дата: SESHANBA, 2011.06.07, 12:35 | Сообщение # 40
Группа: Удаленные





Raxmat
 
__KABIR__Дата: MUBORAK JUMA, 2011.07.01, 06:16 | Сообщение # 41
Группа: Удаленные





бум бум...!
 
Britney_St@RДата: YAKSHANBA, 2011.07.10, 20:41 | Сообщение # 42
Группа: Удаленные





smile Kotta rahmat Alloh rozi bo'lsin!
 
__KABIR__Дата: DUSHANBA, 2011.07.11, 07:02 | Сообщение # 43
Группа: Удаленные





bormikan
 
MαhdιДата: PAYSHANBA, 2011.07.14, 15:38 | Сообщение # 44
Группа: Удаленные





Assalamu Alaykum ahli muslima opa- singil birodarlar, bu mavzu ancha to'xtab qoldi, buning uchun sizlardan uzr so'ragan holda, mavzuni davom ettirmoqchiman, inshaAlloh yozayotgan postlarimiz sizga foydasi tegadi degan umiddaman smile !

Mo'minlar onasi Hazrati Maymuna r.a


Hazrati Maymunaning Islomga kirishlari din uchun ham musulmonlar uchun ham hayr va barakot vasilasi bo'ldi.
Chunki uning musulmon bo'lishi uzoq yillardan beri Islomga qarshi urush e'lon qilgan kishilardan jaholat pardasini ko'tardi,kibr to'la qalblarini tozaladi.
Hazrati Maymuna r.a Rasululloh s.a.v uylangan eng so'nggi ayoldir.
U Payg'ambar s.a.v honadonida yashagan qisqa davrda ko'ngilga og'ir botadigan biror ish sodir bo'lmagan.
Hazrati Payg'ambarimizning s.a.v vafotlaridan keyin u kishining butun hayoti, Rasululloh s.a.v hotiralariga hurmat va taqvo bilan yashashning go'zal ramzi bo'ldi.

Nasablari.


Mo'minlar onasi Hazarti Maymuna r.a qurayshning obro' e'tiborli kishilaridan bo'lgan Horis ibn Hilolning qizi bo'lganlar.
Onalari Makkaning fazilat va yuksak nasab bilan mashhur bo'lgan ayollaridan biri Hind binti Avf bo'lib, Xolid ibn Validning holasi edi.
Maymunaning r.a Ummul Fazl va Salma ismli qiz qardoshlari bor edi.
Nabiyning r.a amakilari Abbos ibn Abdumutallib r.a Ummul Fazlga, Shahidlar sardori bo'lgan Hamza ibn Abdumutallib r.a Salmaga uylangan edilar.
Shu bois Abdumutallib ibn Hoshim o'g'illari bilan Hazrati Maymunaning opa singillari o'rtasida avvaldan juda mustahkam qarindoshchilik rishtalari bor edi.
 
MαhdιДата: PAYSHANBA, 2011.07.14, 20:26 | Сообщение # 45
Группа: Удаленные





Tug'ilishlari.


Maymuna Nabiyning s.a.v. payg'ambar bo'lishlaridan olti yil avval Makkada tug'ilganlar. Islomiyat kelganida ham yahshi yomonni ajrata olmaydigan yosh qizcha edilar. Johiliyat davrida tug'ilganlari bois o'zlari yasab olgan butlarga sigh'ingan ota-onani tarbiyasini olib, buzuq e'tiqod ta'sirida o'sib ulg'aydilar. Ammo u kishi payg'ambar, vahiy degan narsalar haqida eshitar va ularni tushunishga harakat qilar edilar.
Balog'atga yetgach uni Makkaning ko'zga ko'ringan yigitlaridan biri bo'lgan Mas'ud ibn Amrga uzatdilar. Maymuna Abbos ibn Abdumutallibning zavjasi bo'lgan opalari Ummu Fazlning oldilariga tez-tez borib turardilar. Opalaridan musulmonlar, g'azot, Badr va Uhud haqida eshitar va bular unga boshqacha ta'sir qilar edi.
Haybar G'azotidan keyin muslmonlarning g'olib bo'lganlarini eshitib Hazrati Maymunaning boshlari osmonga yetdi. Bu habarni u zot opalarining uyida eshitdilar. Hursand bo'lib o'z uylariga qaytib kelsalar erlarining hafa holda topdilar. Maymunaning hursand holda ko'rgan erlarining jahli chiqdi. U bilan tortishib qolishdi va ohir oqibat uni tark qilganini aytdi. Maymuna ham ortiq uning oldida qolmay, yana pochchasi Abbos ibn Abdumutallibning uyiga ketdi.
Hudaybiya sulhi tuzilganiga bir yil to'lgach, Rasululloh s.a.v. ashoblari bilan umra ibodatini bajarish uchun Makkaga keldilar. Nihoyat uzoq yillardan buyon ko'rish istagida intizor bo'lganlari, ular uchun eshiklar yopilgan Makka ko'rindi. Uni ko'rar-ko'rmas hamma yoqni musulmonlarning "Labbayka Allohumma labbayk...."dagan ovozlari tutib, butun zaminni larzaga keltirdi. Musulmonlar ulug'vorlik va haybat bilan Rasululloh s.a.v. atroflarini o'rab olgan edilar. Mushriklar Makkani tark qildilar. Chunki ular Muhammad s.a.v. va ashobi chorasiz kishilardek necha yillar oldin qorong'u tunda Makkani tark etganlaridan keyin, quvvatli va haybatli ko'rinishda, kechqurun emas, kuppa kunduzi shaharga bemalol kirib kelishlarini tasavvur ham qila olmagan edilar. Makkada faqat bir necha kishi, Alloh taologa iymon keltirgan ayollar qolishgan edi.
Maymuna r.a. musulmon bo'lgan, ammo iymonini yashirin tutib yurgan edilar. Rasululloh s.a.v. Makka ufqlaridan ko'tarilgach u jasoratlanib, Allohga iymon keltirganini hammaga bildirdilar.
Bu hayrli hodisadan keyin Hazrati Maymuna Rasulullohga s.a.v. zavja bo'lish maqsadida pochchalari Abbos ibn Abdumutallibni r.a. elchi qildilar. Rasululloh s.a.v. uning istagini qabul qildilar va unga 400dirham mahr berdilar. Hudaybiya sulhida ko'rsatilgan uch kun muddat tugadi. Mushriklar Rasulullohga s.a.v. elchi yuborib:"MAkkada qolish vaqting tugadi, endi chiqib ket", dedilar. Rasululloh s.a.v. kulimsiradilar va:"Meni o'z holimga qo'ying. Undan ko'ra bir to'y qilib siz uchun taom hozirlatsam va to'yimga siz ham kelsangiz bo'lmaydimi?", dedilar.
To'y uchun dasturhon tuzaldi. Qurayshning ulug'lari bu taklifni qabul qilmadilar.
- Sening amalingga bizning ehtiyojimiz yo'q,- dedilar. Ular bu gaplarini Rasulullohning s.a.v. Makkada uch kundan ortiq qolishlaridan qo'rqishganini yashirish uchun aytdilar. Chunki Rasulullohning s.a.v. bu yerda uzoq muddat bo'lishlari kishilarga ta'sir qilishi mumkinligidan qo'rqishar edi. Masalan Hazarti MAymuna r.a. shuncha paytdan beri yashirib kelgan iymonlarni oshkor qilganlari, buning ustiga Rasulullohga s.a.v. zavja bo'lganliklari. Bular hammasi mushriklarning g'azabini keltirar edi.
Nabiy s.a.v. ushbu to'yda Hazrati Maymunga uylanganliklarini e'lon qildilar. Ammo Hudaybiya sulhiga amal qilib, darhol Madinaga qaytishni amr qildilar.
Makkadan chiqayotganlarida Hazrati Maymuna r.a. hayqirib qurayshiylarni musulmon bo'lishga chaqirdilar. U kishining ovozlari qurayshiylarga kuchli ta'sir qildi. Xolid ibn Valid va shunga o'hshash qurayshiylarning Islomga kirishiga sabab bo'ldi. Shundan keyin Xolid ibn Valid Amr ibn Os bilan birga Madinaga borib RAsulullohga s.a.v. bay'at berdilar. Ularning musulmon bo'lishlari bilan Islom yanada quvvatlandi. Hazrati Maymunaning da'vatlari bulardan tahsqari yana boshqalarni ham Islomga kirishlariga sabab bo'ldi.
Maymuna r.a. Madinaga kelganlaridan keyin Rasulullohning s.a.v. pokiza honadonlarida qadrli zavja bo'lib yashadilar. Musulmonlar uchun esa fazilatli ona bo'ldilar. Itoatli, samimiy, vafodor ayol sifatida zavjalik vazifalarini ado etdilar. Nabiy s.a.v. bu ayollariga Hamza ibn Abdumutallib r.a. beva qolgan opalari Salma bilan birga yashashga izn berdilar. Keyinchalik esa ularning turmush qurmagan singillari Umara ham shu honadonda qoldi. Nabiyning s.a.v. katta qizlari Hazrati Zaynab vafot etganlarida Maymuna hali 25yoshda edilar. U kishi Rasulullohga s.a.v. tasalli berib,imkoni boricha dardlariga malham bo'lishga harakat qildilar.
Rasululloh s.a.v. vafotlaridan keyin Hazrati Maymuna r.a. uzoq yillar omon yashadilar. Odam o'g'illarining sayyidi,hidoyat elchisi va insoniyatning muallimi bo'lgan Muhammad Mustafoning s.a.v. hotiralarini hurmat qilib ellik yilcha umrini taqvo bilan o'tkazdi. U kishing Rasulullohga s.a.v. muhabbatlari shu qadar samimiy ediki, vafot etganlaridan keyin, turmush qurishgan joyga dafn qilinishlarini vasiyat qildilar. Shunga ko'ra u kishi Sarafga dafn qilindilar.(Makkada o'tgan to'ydan keyin Hazrati Maymuna RAsululloh s.a.v.bilan birinchi marta Sarafda ko'rishishgan edilar)
Alloh taolo Hazrati Maymuna onamizdan rozi bo'lsin.
 
MALIKA_BONUДата: DUSHANBA, 2011.07.18, 13:30 | Сообщение # 46
Группа: Удаленные





HAZRATI HAFSA BINTI UMAR IBN XATTOB
(Mo‘minlar onasi)

Hazrati Hafsa (roziyallohu anhu) bilimli, yuksak axloqli, irodasi mustahkam, sadoqatli bir sayyida ayol edi. U hijratning uchinchi yili Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) oilalariga qo‘shilib, mo‘minlarning onasi bo‘lish sharafiga erishdi.
* * *

Hafsa (roziyallohu anhu) payg‘ambarlik kelishidan besh yil oldin Makkada tug‘ildi. Otasi Islom tarixida adolati bilan mashhur bo‘lgan ikkinchi xalifa Hazrati Umardir (roziyallohu anhu). Onasi Zaynab Usmon ibn Maz’unning singlisi edi. Hafsa otasi bilan birga Makkada musulmon bo‘ldi. Ashobdan Hunays ibn Hazofa (roziyallohu anhu) bilan oila qurdi. Ilk musulmonlar safidan joy olgan bu baxtiyor oila Habashistonga, keyinroq Madinaga hijrat qildi.
Hunays (roziyallohu anhu) Abdulloh ibn Hazofaning qardoshidir. Badr va Uhud janglarida ishtirok etgan. Har ikki jihodda ham mardonavor jang qildi. Uhudda qattiq yaralandi. Madinaga qaytgach, shahodat sharbatini ichdi. Hazrati Hafsa juda yosh tul qoldi.
Hazrati Umar (roziyallohu anhu) qizining beva qolishini xohlamas edi. Bir ota o‘laroq, qizini solih bir kishiga uzatishni orzu qilardi. U bu masalani juda ko‘p o‘yladi va Hazrati Hafsaning iddasi tugagach, Hazrati Usmonga (roziyallohu anhu) nikohlash maqsadida uning oldiga bordi. Hazrati Usmon (roziyalohu anho) ham bu paytda yolg‘iz qolgan edi. Zavjasi Payg‘ambarimizning(sollallohu alayhi va sallam) qizlari Ruqayya vafot etgan edi. Abdulloh ibn Umar otasi va Hazrati Usmonning uchrashuvini otasidan shunday naql etadi:
"Usmon ibn Affonning oldiga bordim. Juda g‘amgin kayfiyatda ekan. Ko‘nglini ko‘tarib, tasalli berish uchun unga Hafsadan so‘z ochdim. Xohlasang, Hafsani senga nikohlab beray, dedim. Usmon darhol javob bermadi. Bu haqda o‘ylab ko‘rish uchun muhlat so‘radi. Oradan bir necha kun o‘tganidan so‘ng u bilan yana uchrashdim. Usmon hozircha uylanmasligini aytib, uzr so‘radi".
Hazrati Umar Abu Bakrga (roziyallohu anhu) ham shunday taklif qilmoqchi bo‘ldi. Hazrati Umar:
— Ey Abu Bakr, agar istasang senga qizim Hafsani nikohlab beray, — dedi.
Hazrati Abu Bakr (roziyallohu anhu) indamadilar. Hatto bir og‘iz so‘z ham aytmadi. Bu holatdan Hazrati Umar (roziyallohu anhu) ranjidilar.
Hazrati Umar ikki samimiy do‘stidan ijobiy javob ololmagach, yuragi siqilgancha, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga kirib, shunday dedi:
— Yo Rasululloh! Men Usmonga hayronman. Hafsani unga nikohlamoqchi bo‘ldim, u esa rozi bo‘lmadi. Abu Bakr ham shunday...
Ikki jahon quyoshi Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) tabassum qilib:
— Yo Umar! Hafsa Usmondan, Usmon ham Hafsadan xayrliroq bo‘lgan birisi bilan oila quradi, — dedilar.
Hazrati Umar bugunlay o‘y-xayol ichida qoldi. Usmondan ham xayrli kuyov kim bo‘lishi mumkin? Shu tariqa bir necha kunni o‘tkazdi. Bir kuni Payg‘ambarimiz (alayhissalom) Hafsani o‘zlariga so‘rab, Hazrati Umarga:
— Sen qizing Hafsani menga nikohla. Men esa qizim Ummu GulsumniUsmonga nikohlayman, — dedilar.
Bu xabardan Hazrati Umarning boshi osmonga yetdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bu xabar bilan Hafsani o‘zlariga nikohlash Allohning amri ekanini bildirmoqchi bo‘ldilar. Kisqa fursat ichida to‘y taraddudlari tugallandi. Hijratning uchinchi yili sha’bon oyida Hazrati Hafsa Rasuli Akramga (sollallohu alayhi va sallam) nikohlanib, mo‘minlarning onasi bo‘lish baxtiga erishdi.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bu go‘zal tashabbuslari bilan uch ulug‘ sahobalari o‘rtasidagi do‘stlik-birodarlikni, qarindoshlikni yanada mustahkamladilar. Hazrati Oyishani nikohiga olib, Hazrati Abu Bakrning, Hafsani nikohiga olib esa, Hazrati Umarnint ko‘nglini ko‘tardilar. Har ikkisining ham qizlarini mo‘minlarning onalari bo‘lish baxtiga erishtirdilar.
Hazrati Abu Bakr Hazrati Umar (roziyallohu anhum) bildirgan taklifga aniq javob bermagani uchun ich-ichidan ezilib yurgan edi. Chunki u bir sirni bilar, ya’ni, Hazrati Hafsa bilan Rasuli Akramning (sollallohu alayhi va sallam) turmush qurishlari Hazrati Abu Bakrga ma’lum edi. Bu haqqa gapirish omonatga xiyonat bo‘lardi. Shu sababli sukut saqladi. Nikoh o‘qilgach, Hazrati Abu Bakr Hazrati Umarning oldiga kelib, uzr so‘radi va shunday savol bilan murojaat kildi:
— Hafsaga uylanishimni so‘raganingda, javob bermaganim uchun mendan ranjigan bo‘lsang kerak?
— Ha, — dedi Hazrati Umar. Shunda Abu Bakr (roziyallohu anhu) bo‘lib o‘tgan voqeani gapirib berdi:
— Menga bu masala bo‘yicha gap ochganingda, senga javob bermaganimning sababi shuki, Rasululloh Hafsaga uylanishlarini menga aytgan edilar. Albatta, bu sirni senga oshkor qilolmadim, Payg‘ambarimiz (alayhissalom) Hafsaga uylanishdan yuz kechsalar, shubhasiz unga uylanardim, — deya Hazrati Umarga tasalli berdi.
Kanday nazokat!.. Kanday yaxshi adab!.. Kanday sadoqat!.. Mana haqiqiy Islom odobi!.. Omonat bir sir... Sukut bir xazinadir... Omonatga rioya va sukutni ixtiyor etish insonga amniyat va bezakdir...
 
MALIKA_BONUДата: DUSHANBA, 2011.07.18, 13:30 | Сообщение # 47
Группа: Удаленные





Hazrati Hafsa Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) xonadonlariga Savda va Oyisha onalarimizdan keyin kelin bo‘lib keldi. Saodat uyiga kelganida u yigirma yoshlarda edi. Savda onamiz Oyisha kabi uni ham buyuk bir ko‘ngil xotirjamligi ichida qarshi oldi. Har ikkisiga ham xizmat qildi. Hafsa yosh bo‘lishiga qaramay, oqila, otasi kabi bir so‘zli, irodasi mustahkam edi.
Xonai saodatda bu ikki yosh onalarimiz Payg‘ambarimizga ( sollallohu alayhi va sallam) xizmat qilishda, go‘yo musobaqalashayotgandek g‘ayrat qilar edilar. Juda yuksak darajada sevgi-hurmat ko‘rsatar edilar. Rasululloh bu ikki yosh zavjalari ikki aziz birodarlarining qizi bo‘lgani bois ham imkon boricha sabr-toqat bilan munosabatda bo‘lar, ayollik zaifiyatlarini, yoshliklari nihisobga olib, yanada marhamatli, yanada shafqatli muomala qilar edilar. Lekin barchalari ahli bashar emasmi, og‘ir kunlari ham bo‘lib turardi.
 
MALIKA_BONUДата: DUSHANBA, 2011.07.18, 13:31 | Сообщение # 48
Группа: Удаленные





Bir kun Rasuli Akram (sollallohu alayhi va sallam) Zaynab binti Jahshning xonasida asal sharbati ichdilar va biroz ushlanib qoldilar. Bu holat ikki yosh zavjalarining diqkatini tortdi va ikkovlari kelishgan holda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yonlariga borganlarida ul zoti muborakdan sarimsoq hidi kelayotganini aytishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sarimsoq yemaganini, asal sharbati ichganlarini aytdilar va:
— Demak, asalari sarimsoq yalagan ekan, — deb, bundan so‘ng aslo asal sharbati ichmaslikka qasam ichdilar.
Bu voqea sabab bo‘lib Alloh taolo Tahrim surasining ushbu oyatlarini nozil qildi (mazmuni):
"Ey payg‘ambar, nega siz juftlaringizning roziligini istab, Alloh siz uchun halol qilgan narsani harom qilib olursiz?! Alloh mag‘firatli, mehribondir".
Faxri Koinot Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) zavjalaridan ayrilib, xilvatga yuz burdilar. Bu tadbir bilan yosh zavjalarini tarbiyalamoqchi bo‘ldilar. Biroq ashob orasida Rasululloh zavjalari bilan ajrashibdilar, degan so‘z tarqaldi. Hazrati Umar bu xabarni eshitgach, qizi Hafsadan biror xato o‘tdimikin deb darhol hujrai saodatga yo‘l oldi. Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) ichkari kirishga izn olgach, ko‘ngilga taskin beruvchi shu so‘zlarni aytdi:
— Yo Rasululloh! Zavjalaringiz sababli qanchalik qayg‘u chekyapsiz. Shoyad, ular bilan ajrashsangiz, Alloh ham, farishtalari ham Siz bilan birgadir. Men ham, Abu Bakr ham, mo‘minlar ham Siz bilan birga...
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tabassum kildilar. Guldek yuzlaridan nur sochildi.
— Zavjalarim bilan ajrashganim yo‘q, faqat xilvatga kirdim, — deya Hazrati Umarning qalbiga orom beruvchi va mo‘minlarni sevintiruvchi so‘zlarni aytdilar.
Hazrati Umar masjidga keldi va musulmonlarga vaziyatni tushuntirib berdi.
 
MALIKA_BONUДата: DUSHANBA, 2011.07.18, 13:31 | Сообщение # 49
Группа: Удаленные





Hazrati Hafsa tabiatan biroz qattiqqo‘l edi. Hazrati Oyisha uni shunday tavsif etadi: "Hafsa tom ma’noda otasining qizidir. Mustahkam irodasi bor. Bir so‘zli va qat’iyatlidir".
Bir kuni Rasuli Akram Hafsa onamiz oldida Hudaybiyada bay’at etgan ashobni eslab:
— Inshaalloh, Hudaybiyada bay’at etgan ashobim jahannamga kirmaydi, — deb marhamat qildilar.
Hafsa (roziyallohu anhu) esa: "Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir", (Maryam, 71) oyatini o‘kidi. Payg‘ambarimiz ham unga: "So‘ng taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz", (Maryam, 72) oyatini o‘qib, javob berdilar.
Hazrati Hafsa onamiz ibodatda mustahkam edi. Ko‘p namoz o‘qir va nafl ro‘za tutardi. Uning hayoti ham boshqa onalarimiz kabi faqirlikda o‘tdi. Yotoq o‘laroq foydalanadigan birgina sholchasi bor edi. Yoz kunlari uni tagiga to‘shar, qishda esa bir tarafini ostiga to‘shab, bir tarafini ustiga yopardi. Ko‘pincha yeyishga non topolmas edi. Shunday bo‘lsa ham sira shikoyat qilmas, doim shukr qilib yashardi.
U Rasuli Akramga (sollallohu alayhi va sallam) sadoqat va muhabbat bilan bog‘langan edi. O’ziga hadya qilingan narsalarni yeb-ichmay, Rasulullohga iqrom qilardi. Ul zotni doimo o‘z nafsidan yuksak va afzal bilardi. Bir kuni Hazrati Hafsaga bir tulum asal tortiq qilishdi. Rasuli Akram uning xonasiga kirganlarida, Hafsa o‘sha asaldan ikrom etardi.
 
MALIKA_BONUДата: DUSHANBA, 2011.07.18, 13:31 | Сообщение # 50
Группа: Удаленные





Hazrati Hafsa Faxri Koinotning (sollallohu alayhi vasallam) dorulbaqoga irtixollaridan so‘ng ham muhim xizmatlarni ado etdi. Hazrati Abu Bakr davrida Qur’oni karim oyatlari bir yerga to‘planib, Mushaf holiga keltirilgan edi. Bu yagona nusxa Hazrati Abu Bakrda turardi. Vafotidan so‘ng Hazrati Umarning nazoratiga berildi. Hazrati Umar ham yaralanib, shahid bo‘lgach, qizi Hazrati Hafsa onamizga topshirildi. Hazrati Hafsa uni sadoqat bilan muhofaza qildi. Hazrati Usmon davrida bu nusxa ko‘paytirildi.

* * *

Hazrati Hafsa onamiz oltmishga yaqin hadis rivoyat qilgan. Hijratning 45-yili Hazrati Muoviyaning xalifaligi davrida oltmish yoshida vafot etdi. Janoza namozini Madina voliyi Marvon ibn Hakam o‘qidi. Baqi’ qabristoniga, mo‘minlar onalari oldiga, abadiy istirohatgohiga qo‘yildi. Alloh taolo Hazrati Hafsa onamizni rahmatiga olgan bo‘lsin. Omin.
 
  • Страница 2 из 6
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • »
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz