Дата: CHORSHANBA, 2010.04.21, 09:00 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные
Сообщений: 4124
Hurmatli qizla biza bu mavzuda diniy va dunyoviy, ilmiy va amaliy, hayotiy va bowqa hamma mavzulada bir birimiza bilan fikr almawamiza, suhbat quramiza. Hayotilada böp ötgan qiziqarli va ibratli voqealaniyam yoziwila mumkin. Mavzu qoidasi:umuman ög'il bolala kiriwi, post qoldiriwi mumkinmas(uyog' vijdonilaga havola)
Ey, do'st, ulug'larni hurmat qil, foydasiz har narsaga aralashishdan va tortishuvdan saqlan. Ahmad Yugnakiy
Niyatlarga ko'ra qancha-qancha kichik ishlar ulug' bo'ladi, yana niyatlarga ko'ra qancha - qancha katta ishlar arzimasga aylanadi. Abdulloh ibn Muborak
Hudojo'ylikni eng yahshisi, ibodatlarni yashirincha bajarishlikdir. Ali ibn Abu Tolib r.a.
E'tiqodingizga ko'ra yashamayotgan ekansiz, yashayotganingiz kabi e'tiqoddasiz. Umar ibn Hattob r.a
Odamlar kambag'allikni yomon ko'radilar, men yahshi ko'raman. Odamlar o'limni yomon ko'radilar men yahshi ko'raman. Faqirlikni Rabbimga tavoze'li va o'limni Rabbimga muhtoj bo'lganim uchun yahshi ko'raman". Abu ad-Dardo
Agar sen balolar yo'liga tushib qolsang, ko'zing quvonsin, chunki bu yo'ldan Payg'ambarlar va solihlar yurishgan. Agar sen rohatlar yo'liga tushib qolsang, nafsingga yig'lagin,chunki ularning yo'lidan adashtirilibsan".
Дата: CHORSHANBA, 2011.12.21, 14:51 | Сообщение # 932
Группа: Удаленные
Xikoyat Rivoyat qilurlarki, Payg'ambar (s.a.v.) zamonlarida bir kiwi g'azotga ketayotib, xotiniga -" Men kelgunimcha uydan biror joyga bormagin.dedi. U g'ozi kiwi ketgandan keyin ayolning otasi kasal bulib qoldi va köriw uchun qiziga odam yubordi. Soliha ayol: " Erim tawqariga chiqiwimga ruxsat bermagan", dedi. Qarindowlari Rasuli Akram (s.a.v.) xuzurlariga borib,arz qildilar. Rosulalloh (s.a.v.) ayolga odam yubordilar. Ayol yana dedi: - " Men erimga itoat etaman, shuning uchun tashqariga chiqmayman " . Shu vaqt orasida ayolning otasi vafot etgani haqida xabar kelganda ham eri kelmaguncha uydan tawqariga chiqmadi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) ga vahiy keldiki, Eriga Farmonbardorlik qilgani uchun uni mag'firat etdim va barcha gunohlarni kechirdim.
Xulosa özingizlarda aziz Muslimalarim. Er bizga Robbim tomonidan halol juft qilib berilibdiki,nimaiki buyursa itoat etiw Farzimiz. Faqat dindan qaytish bundan mustasno. Robbim barchamizga gözal va oliy Baxt ato etsin.
Дата: CHORSHANBA, 2011.12.21, 19:19 | Сообщение # 933
Группа: Удаленные
Hammamiz har kuni bir ish bilan ko`chaga chiqamiz, jamoat joylarida bo`lamiz. Shunda beixtiyor insonning ko`zi insonga tushadi. Uning kiyinishiga e’tibor beradi. Va shu asnoda bir insonning qay qavmga mansubligi, dunyoqarashi, madaniyati haqida qay darajadadir ma’lumot oladi. Bu arzimas narsa emas. Qadimgi ajdodlarimizning ham ibtidoiy yurishdan voz kechib, rosmana kiyinishga o`tishi insoniyat tarixida ulug` voqea bo`lgan. Dinimiz ko`rsatmalari buni tasdiqladi va mustahkamladi. Lekin bugun- chi? Ochig`i, ko`pchilikning, ayniqsa, ayollarimizning ustidagi liboslariga ko`zimiz tushganida xunuk bir manzaradan ko`nglimiz g`ashlanadi. Tiniq ruhiyatimizga g`ubor qo`nadi. Buning sababini mo`min-musulmon yurtdoshlarimiz juda yaxshi tushunadilar. Chunki tobora urfga aylanib borayotgan nojoiz kiyinish odob-axloq doirasidan tashqariga chiqib ketayotir. Ajnabiy allakimlarning behayo liboslariga havas qilib, ularga taqlid qilgan xotin-qizlar hammaning nigohi tushadigan joylarda yarim-yalang`och holda yurishibdi. Tor, yupqa, kalta va harir narsalarni kiyganlarida eng nozik, nomahramdan pana bo`lishi kerak a’zolarigacha shundoq bilinib turadi. Bu bilan o`zlari gunoh qilganlari holda boshqalarni ham gunohga botiryaptilar. Qolaversa, bunday kiyinish sog`liklari uchun ham koni zarar, tug`ilajak farzandlar uchun ham xavfli. Bunga ayollarning o`zlarigina emas, erkaklarimiz ham aybdordir. Axir shunday sharmandali va behayo kiyinib ko`chaga chiqqan qiz, ayollar qaysi birimizning opamiz, singlimiz, qizimiz, xotinimiz emasmi? Ularni insofga chaqirish, risoladagidek kiyinishlari uchun jon kuydirish bizning ham burchimiz. Ayrim mushtariylarimizning shu haqdagi fikr- maslahatlarini yozib oldik, dinimiz hukmlarini keltirdik. Bularning kimgadir foydasi tegishiga, ko`zini ochishiga umidvormiz. Allohdan qalblarimizni hayo bilan ziynatlab, axloqimizni chiroyli etishini tilaymiz.
Дата: CHORSHANBA, 2011.12.21, 19:20 | Сообщение # 934
Группа: Удаленные
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, xilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir. Hazrati Umar ibn Hattob r.a.
Дата: CHORSHANBA, 2011.12.21, 19:21 | Сообщение # 935
Группа: Удаленные
Dunyo mo'minlarning bozori, kecha va kunduz sarmoyalari, go'zal amalar tijorat mollari, jannat foydalari, jahannam esa zararlaridir. Hazrati Abu Bakr r.a.
Дата: CHORSHANBA, 2011.12.21, 19:21 | Сообщение # 936
Группа: Удаленные
Yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish Alloh taoloning jamoli va dinning azizligi ko'zlangan holda qilinadi. Nafsning hamiyati uchun emas. Kim bu ishni Allohning jamoli va dinning e'zozini o'ylab qilsa, Alloh unga nusrat beradi va maqsadiga yetkazadi. Kim nafsining hamiyati uchun qilsa, Alloh uni hor etadi. Abu Lays Samarqandiy
Дата: CHORSHANBA, 2011.12.21, 19:22 | Сообщение # 938
Группа: Удаленные
Xalifalar - Rasul alayhissalom qazolaridan so’ng kim xalifa bo’ldi? - Sahobalarning kengashi bilan Abu Bakr Siddiq ikki yilu uch oy xalifa bo’ldi. So’ng hazrati Umar o’n yildan ziyodroq xalifa bo’ldi. So’ng hazrati Usmon o’n yilga yaqin xalifalik qildi. So’ng hazrati Ali Murtazo to’rt yil xalifa bo’ldi. Hazrati Ali vafotidan so’ng uning o’g’li Hasan olti oyga yaqin xalifa bo’ldi. So’ng Islom ahli ichida fitna chiqqach, fitna bosilishi uchun hazrati Muoviya podshohlik tojini kiydi.
О Аллах... Я рассказывал Тебе о своей боли.. Ты ответил: «Не отчаивайтесь в милости Аллаха» (39:53) Я рассказывал Тебе о том, что никто не знает что в моем сердце.. Ты ответил: «Поистине, в поминании Аллаха находят утешение сердца» (13:28) Я рассказывал Тебе о том, что люди причиняют мне боль.. Ты ответил: «Прости их и проси прощения для них» (3: 159) Я рассказывал Тебе о том, как я одинок Ты ответил: «Мы ближе к нему, чем яремная вена» (50: 16) Я рассказывал тебе о том, как я грешен.. Ты ответил: «Кто же прощает грехи помимо Аллаха?» (3:135) Я просил Тебя не оставлять меня.. Ты ответил: «Так помните же Меня и Я буду помнить вас» (2:152) Я рассказывал Тебе о том, что сталкиваюсь с многими трудностями в жизни… Но Ты ответил: «И Тому, кто боится Аллаха, Он создает выход из положения» (65:2) Я рассказывал Тебе о том, что у меня есть мечты, которые я хотел бы, чтобы сбылись.. И Ты ответил: «Взывайте ко Мне и Я отвечу вам» (40:60)
Дата: DUSHANBA, 2012.01.02, 04:40 | Сообщение # 940
Группа: Удаленные
"И скажи женщинам верующим: пусть они потупляют свои взоры, и хранят целомудрие, и пусть не показывают своих украшений, разве только то, что видно из них. И пусть набрасывают свои покрывала на разрезы на груди. Кроме своих мужей, отцов своих отцов своих мужей и сыновей своих, и сыновей своих мужей (от прежних браков), иль своих братьев иль племянников своих (от братьев и сестер), своих прислуг или подруг иль тех, которыми владеют правы руки, иль слуг- скобцов, иль маленьких детей". (Сура "Свет",
Дата: DUSHANBA, 2012.01.02, 04:56 | Сообщение # 942
Группа: Удаленные
Islomda ayolning huquq va majburiyatlari 1. Ilm Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam dedilarki: “Har bir musulmon uchun ilm olish farzdir” (At- Tabaroniy rivoyati). Hadis erkak va ayolga birdek qaratib aytilgan. Ilm so’zi oqrali har bir musulmon uchun zarur hisoblangan Qur’on va Hadis ilmidan tashqari dunyoviy ilmni ha o’z ichiga oladi. Islom tarixida erkaklar bilan bir qatorda yaxshi ilm beraoladigan ustoz sifatida hurmat topgan ayollar ham bor. Ko’pchilik hadis kitoblarida sahih hadislarning rivoyat qiluvchilari deb Oisha va HAfsa onalarimizning ismlari zikr qilinadi.
Дата: DUSHANBA, 2012.01.02, 04:58 | Сообщение # 943
Группа: Удаленные
2. Ibodat Erkak ham, ayol ham Allohning qiludir. Va shu sababli ular Allohga ibodat qilishlari va Unga bo’ysinishlari shart. Bundan tashqari ular namoz o’qishi, ro’za tutishi, zakot berishi, Haj qilishi, zino qilmasliklari, Alloh ta’qiqlaganlaridan qaytib, Uni buyurganiga amal qililari, va hokazolarni bajarishlari lozim. Ayyolraning ona sifatida majburiyatlari ko’pligi, bu mashaqqatli ish hech qachon tugamasligi nazarda tutilgan holda ular Jum’a namozi yohud har kuni besh mahal masjidda namoz o’qish majburiyatidan ozod qilinganlar. Ammo agar ayol kishi buni qilishga hohish topsa, uni bundan
Дата: DUSHANBA, 2012.01.02, 04:58 | Сообщение # 944
Группа: Удаленные
3. Sadaqa berish Ayollarning ham erkaklar qatori sadaqa berishlari rag’batlantirilgan, va agar ayol kishi erining pulidan saqada qilsa, bundan uni hech narsa to’xtatmaydi. Oisha raziyallohu anhu Payg’mabarimiz sallallohu alayhi va sallam shunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Ayol o’z erining hisobidan sadaqa qilsa ham, Alloh unga savob yozadi. Bunda er uning uning pulini saqdlagan shaxs ham huddi o’shncha savobga ega bo’ladilar”. Asmo Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamga dedi: “Yo Rasululloh, menda erim Zubayr uyga olib keladigan narsadan boshqa hech nima yo’q.” Shunda Rasululloh dedilarki: “Ey Asmo, sadaqa bergil, aks holda rizqing qulflanadi”
Дата: DUSHANBA, 2012.01.02, 05:01 | Сообщение # 945
Группа: Удаленные
4. Shaxsiy mulk va boylikka ega bo’lish Ayol kishi o’z boylik yoki mulkini saqlashga, uni ishlab topgan yoki merosga olgan bo’lishidan qat’iy nazar, o’sha boylkini istaganicha sarflashga haqli. Sharq ayollari bu huquqqa ega bo’lganliklariga hali ko’p bo’lmadi. Masalan, India ayollariga bunday huquq 1956 yilga qadar berilmagan edi. Qur’oni karimda shaxsiy mulk haqida quyidagilar keltirilgan: “Alloh biror ne’mat bilab biringizni biringizdan ortiq qilib qo’ygan bo’lsa, sizlar uni (hasad – adovat bilan) orzu qilmang! Erkaklar ham o’z mehnatlaridan nasiba olurlar, ayollar ham o’z mehnatlaridan nasiba olurlar. Sizlar (birovlarga berilgan ne’matlarga ko’z olaytirish o’rniga) Allohning fazlu marhamatini so’ranglar. Albatta Alloh hamma narsani bilguvchi bo’lgan zotdir!” (Niso:32)
Дата: DUSHANBA, 2012.01.02, 05:03 | Сообщение # 946
Группа: Удаленные
5. Fikrni ifodalashda erkinlik Ayrim shunday jamiyatlar ham borki, unda oddiy fuqaro davlatni boshqaruvchi shaxs bilan yuzma-yuz gaplashib, o’z huquqini talab qila oladi. Ko’pchilik davlatlarda aynan ayollar bunday imkoniyatdan mahrum qilingan bir paytda, bu amallar islom dinida doimo erkin bo’lgan. Bu Umar raziyallohu anhu halifalik qilgan davrda ayniqsa yaqqol ko’zga tashlangan. Bir kuni u zot r.a. odamlarga qarata nikoh payti juda katta miqdordagi mahrni qo'ymaslikni buyurayotgandilar. Shunda bir ayol o’rnidan turdi va baland ovozda: “Ey Umar, siz Alloh belgilab qo’ygan qonunni o’zgartirasizmi?” dedi va Qur’ondan quyidagi oyatni keltirdi: “Agar bir xotinni qo’yib, boshqa xotinga uylanmoqchi bo’lsangizlar, avvalgisiga sanoqsiz molu – dunyoni mahr qilib bergan bo’lsangiz-da, undan biron narsani qaytarib olmangizlar! Uni bo’hton va ochiq gunoh bilan olasizmi?" (4:20) Buni eshitgan Umar r.a.: “Men adashdim, bu ayol haq” dedi. 6. Jihodda ishtirok etish Urush maydoni ayollar tugul hatto erkaklarni ham qo’rquvga soladigan joydir. Jangning shiddatli va vahshiy ozorlari tufayli faqat erkaklargina unda qatnashish majburiyatini olganlar, ayollar esa bunday ishdan ozod qilinganlar. Bir kuni bir ayol Payg’ambarimiz sallalohu alayhi va sallamdan jihodda ishtirok etganlarga va’da qilinga ajru-mukofot va savoblar tufayli ularga ham jihodda ishtirok etishga ruhsat so’radilar. Shunda U zot s.a.v. “Ayollar uchun jihod urushsizdir” dedilar. Bu bilan Rasululloh hajj va umrani nazarda tutayotgan edilar. Ammo shunday bo’lsada, payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam ayollarga urushda qatnashgan, yarador bo’lganlarga hamshiralik qilishga izn berganlar. jifar qabilasidan ayollar kelishib, ulardan biri Haybar janggiga tayyorlanayotgan Payg’mbarimizga s.a.v. shunday deydi: “Yo Rasululloh,biz jangda yaralanganlarga qarash, sizlarga yordam qilish maqsadida siz bilan ushbu jangda bormoqchimiz”, deydi. Shunda Rasululloh “Alloh sizlardan rozi bo’lsin, kelinglar” deganlar. Ansoriy ayollardan biri Ummu Atiyya shunday degan: “Men Payg’ambarimiz bilan yettita jangda ishtirok etdim. Mujohidinlar yo’qligida ularning tuyalariga ko’z-quloq bo’lish, ovqat tayorlash va yaradorlarga qarash bilan mashg’ul bo’ldim”. Muoz bin Jabal uning jiyani Asmo bint Yazidning Yarmuk janggi paytida to’qqizta rim askarini o’ldirganligini habar qilgan.
Дата: DUSHANBA, 2012.01.02, 05:04 | Сообщение # 947
Группа: Удаленные
7. Ayolning er tanlash huquqi Turmushga chiqadigan qizning valiysi, hoh u otasi yoki akasi yoki amakisi bo’lsa ham, qizga mos umr yo’ldoshi topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo bu valiylarga hech qachon qizning hohishiga qarshi boorish huquqini bermaydi. Qiz valiysining taklifini qabul qilish yoki rad qilish yoki o’zi mustaqil tanlash huquqiga ega. Hanso bint Huzom ismli bir ayol Payg’ambarimiz Muhammad sallalohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: “Otam odamlar oldida o’z nufuzini oshirish maqsadida meni amakivachchamga majburlab turmushga berdi”, dedi. Shunda Rasululloh unga otasining hohishini rad qilib, o’zi istagan kishiga turmushga chiqishga haqqi borligini aytdi. U ayol “Men otamning qarorini qabul qildim, ammo men boshqa ayollar otalari ularni majburlab erga berish huquqiga ega emasliklarini istayman” dedi. (Ahmad, Nasa'i and Ibn Mojja)
Дата: DUSHANBA, 2012.01.02, 05:06 | Сообщение # 948
Группа: Удаленные
8. Bola asrash huquqi… Ajrashish er va xotinga baravar qiyin muammo bo’lib, bu ayniqsa farzandli bo’lganda juda ko’p qiyinchilik tug’diradi. Chunki har ikkala tomon farzandni o’zlarida saqlab qolishga intiladilar va shu huquqni qo’lga kiritish uchun bir-birlariga tuhmat qilishgacha yetib boradilar. Islom dinida esa bu masalaga yaqqol yechim mavjud. Unga ko’ra, yosh o’g’il va qiz farzandlar onaga qoladi. O’g’il farzand tahminan yeti yoki to’qqiz yoshga yetgach, ota qaramog’iga o’tadi. Qiz farzand esa turmush qurguniga qadar onasi bilan qoladi. Agar ona qayta turmush qurishni lozim topsa, qiz farzand buvi yoki holasiga qoldiriladi. Bu yechim Payg’mabarimizning sallallohu alayhi va sallam so’zlariga asoslangan bo’lib, u zot shunday degan edilar: “Bola asrash huquqi sizlardan birortangiz qayta turmush qurguningiz qadar siz tomondadir”. 9. Hayrli ishlarga bir-birlarini undash va gunoh ishdan qaytarish Qur’oni Karimda bu haqda shunday deyilgan: "Mo’min va mo’minalar bir-biriga do’stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan to’xtatadilar, namozni to’kis ado etadilar, zakotni (haqdorlarga) ato etadilar, Alloh va Uning payg’ambariga itoat etadilar" (9:71)