Дата: CHORSHANBA, 2010.04.21, 09:00 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные
Сообщений: 4124
Hurmatli qizla biza bu mavzuda diniy va dunyoviy, ilmiy va amaliy, hayotiy va bowqa hamma mavzulada bir birimiza bilan fikr almawamiza, suhbat quramiza. Hayotilada böp ötgan qiziqarli va ibratli voqealaniyam yoziwila mumkin. Mavzu qoidasi:umuman ög'il bolala kiriwi, post qoldiriwi mumkinmas(uyog' vijdonilaga havola)
Дата: DUSHANBA, 2011.05.02, 16:20 | Сообщение # 551
Группа: Удаленные
Samovot va yer Allahnikidir. Ichingizdagi narsani hoh yashirin hoh oshkor qiling, Allah sizlarni ösha narsa bn hisob-kitob qiladi va Özi istagan kishini mag'firat qilib, Özi istagan kishini azoblaydi. Allah hamma narsaga qodirdir. (Baqara 284 oyat)
Дата: DUSHANBA, 2011.05.02, 16:21 | Сообщение # 553
Группа: Удаленные
"Ey Muhammad ummati! Allahga qasamyod qilib ayturmanki hoh erkak yo ayol bulsin, zino qilsa Allahdan kuproq g'azablanib rashk qiluvchi zot bulmasa kerak"-dedilar Rasululloh sallalohu'alayhi vasalam.
Дата: DUSHANBA, 2011.05.02, 16:22 | Сообщение # 554
Группа: Удаленные
Yaratganim Allahim. Suyukligim Muhammad s.a.v.s. Qalb bundan ortiq sevgiga unarmikan!? Ya Rabbim, barchani Dunyo Hiylasidan, Dajjol Fitnasidan, Shayton Hiylasidan uzing saqla. Haq yolingdan adashtirma Amin.
Дата: DUSHANBA, 2011.05.02, 16:22 | Сообщение # 555
Группа: Удаленные
Muslimani muslimaga qilgan duosi, Mu'minning muminga qilgan duosini Allah albata mustajab qiladi. Vallahu'alam. Qulimiz duoda, qalbimiz Allahda bulsin mehribon dindoshim.
Дата: DUSHANBA, 2011.05.09, 21:09 | Сообщение # 559
Группа: Удаленные
Аёл кишининг намоздаги либоси
Умму Салама розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади: «Аёл киши қандоқ кийимда намоз ўқийди?» деб сўралди. У киши: «У химорда ва бутун жисмини тўсиб икки қадамининг устини бекитиб турадиган кўйлакда намоз ўқийди», дедилар». Шарҳ: «Химор» аёл кишининг боши ва кўксини тўсиб турадиган рўмолга ўхшаш нарса. Демак, аёл киши юзидан бошқа жойини очмайдиган кийим кийиб намоз ўқиши керак.
Яна ўша кишидан ривоят қилинади: «Набий соллаллоҳу алайҳи васалламдан: «Аёл киши кўйлак ва химор ила лунгисиз намоз ўқиса бўладими?» деб сўрадим. У зот: «Агар кўйлак бутун жисмни тўсиб, икки қадамнинг устини бекитадиган бўлса, бўлади», дедилар». Иккисини Абу Довуд ривоят қилган. Шарҳ: Бу ривоят олдингисини таъкидлаб келмоқда.
Оиша розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади: «Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Аллоҳ ҳайз кўрувчининг намозини фақат химор ила қабул қилади», дедилар». Абу Довуд ва Термизий ривоят қилган. Шарҳ: Демак, аёл киши боши ва кўксини тўсиб турувчи кийим ҳамда рўмолсиз намоз ўқиши мумкин эмас.
Дата: DUSHANBA, 2011.05.09, 21:10 | Сообщение # 560
Группа: Удаленные
Maktab direktorini keng va yorug' honasi.Honada maktab direktori va o'rta ta'lim vazirligidan kelgan mas'ul bir ayol.Eshik taqillab honaga kirishga izn so'rab uch qizaloq onalari bilan kirib keldilar.Onalari ikki ayol hijobda qizaloqlar maktab formasida va boshlarida qordek oppoq romol.Mas'ul ayollar "nasihat" boshladilar.Kirguvchilar jimgina tingladilar."Nasihat" nihoyasiga yetgach direktor opa gaplarim tasir qildimi deb honadagilarni kuzata boshladi.Shu vaqt ayollardan birlari mumkinmi birgina savol bersam deb ruhsat so'radi.Rahbar ayollar hayron bo'lib mayli eshitamiz deb izn berishgach. -Sizlar muslima ayolmisizlar ?-so'radi savol berguvchi. - Ha Hudoga shukr Hudo qalbimizda dilimz pok -deb javob berdilar har ikkala ayol baravar. -Hayotda hech jonsiz ayolni kafanlayotgan holatida ko'rganmisizlar ?-savolni davom ettirdi so'rovchi ayol. Ikkala ayol ham bu savoldan maqsadni anglamadilar shekilli hayrat bilan qarab qoldilar.So'raguvchi ayol davom etdi,agar kafanlanayotgan ayolni ko'rmagan bo'lsalaring maslahatim bir ko'ringlar.Tanasida joni borida sizlardek kiyinib yurganmilar,yoki bizlardek kiyimni afzal bilganmilar,albatta Alloh ko'rib bilib turgan holatda yashab o'tganlar.Vaholanki "qalblarini pokligiga" tayanib boshlari ro'mol nimaligini bilmay o'tgan bo'lsalarda Alloh bilan yuzlashuv vaqtida albatta majburan ro'molga o'rab qo'yiladi aziz boshlari.Va yana aniqki bu ishlarni sizlardek "dini qalbida" bo'lgan ayollar emas bizlardek "juda haddan oshgan"ayollar bajaradilar.O'sha vaqtda sizlar ro'mol shartligini ta'n olganinglar holatida nafslaring tug'yoni sabab qarshilik qilayotganlaringdek,kafanlaguvchi muslima ham o'zini Allohga yo'lg'on guvohlik berayotgandek his qilsada.Nachoraki kafanni sharti ro'mol bo'lgani sabab hayot vaqtida hohlagan bo'lsa ham ,hohlamagan bo'lsa ham har qanday ayolni boshida ro'mol bilan kafanlab kuzatiladi. Sizlar hozir bajarayotgan buyruqlarindan qanday hotirjam bo'lsalaringiz.Sizu bizni kafanga o'raguvchi muslima ham bizlar uchun ohirgi hizmatidan shu qadar hotirjam bo'ladi. Bu hotirjamlikda qanday farq yoki qanday o'hshashlikni his qila olasizlar fikrlab ko'rsangiz foydadan holi emas deb so'zlarini tugatdi
Дата: DUSHANBA, 2011.05.09, 21:12 | Сообщение # 563
Группа: Удаленные
FAN HIJOBNING FOYDALI EKANLIGINI TASDIQLADI
Muslimalar hijobda o’zlarini «himoyalangan», «xavfsiz» va «muhtarama» deb his qilishlarini aytar edilar (hijob – Islom dinida ayollarga farz qilingan kamtarona libos bo’lib, ularning go’zalligini, badanlarini va qaddi qomatlarini begona ko’zlardan to’sib turadi). Endi esa buning ilmiy tarzda isbotlangan hikmati borligi aniqlandi.
Psiholog Syuzan Fiske hamda Prinston universitetining bir guruh tadqiqotchilari sog’lom erkaklar bosh miyasini magnit-rezonansli tomografiya vositasida tekshirib ko’rishdi. Tekshirilayotgan erkaklarga yarim yalang’och hamda to’liq kiyingan erkak va ayollarning bir qator fotosuratlari ko’rsatib turildi. Badanlari ochiq ayollarni ko’rgan erkaklarda aniq va ochiq-oydin qo’zg’alish kuzatildi. Suratdagi ayollarning badani qanchalik ochiq bo’lsa, erkaklar bosh miya po’stlog’ining old motor hududi hamda o’rta chakka qismining orqa tomonida (premotornaya kora golovnogo mozga i zadnyaya chast' sredney visochnoy borozdi) qo’zg’alish shuncha kuchli bo’ldi. Ma’lumki, miyaning bu qismlari asbob-uskunalar bilan ishlar, qo’llarning harakati va umuman biror amalga undash kabi hatti-harakatlarni boshqaradi (Sikara, Del'-Amor).
«Go’yo erkaklar shu zahoti o’zlarida bu ayollarga nisbatan uyg’ongan istak-hohish haqida o’ylay boshladilar», - dedi Fiske xonim 12-16 fevral' kunlari Chikagoda bo’lib o’tgan Amerika fanni rivojlantirish uyushmasining har yili bo’lib o’tadigan uchrashuvida. «Ular bu fotosuratlarga odamlar jonli jismlarga qaragandek qaradilar», - deydi u (Nikolson).
Erkaklarning o’zlashtirish qobiliyatlari sinab ko’rilganda, ular cho’milish kiyimlarini kiygan ayollarning yuzlari ko’rsatilmagan suratlarini boshqalarga ko’ra yahshiroq eslab qolganlari ma’lum bo’ldi, vaholanki ular bu suratlarga bor-yo’g’i bir lahza ko’z tashlagan edilar, holos (Landau).
Fiske xonim o’z guruhi bilan erkaklarning ayollarga nisbatan adovat kayfiyatini ham sinab ko’rdi. Ma’lum bo’ishicha, tajovuzkorroq erkaklar cho’milish kiyimidagi ayollarning suratlarini tomosha qilayotganda ularning miyasidagi o’z fikrini va boshqalarning hissiyotlarini o’ylab ko’rishni (oddiy qilib aytganda, o’ylab ish qilishni) boshqaruvchi hududlarda faoliyat eng kam bo’lgan.
«Bu paytda erkaklar ayollarning aqli haqida o’ylab ham ko’rmas ekanlar», - deydi Fiske xonim (Sikara, Del'-Amore, Landau).
Hullas, erkaklar o’zlarining jozibasini bo’rttirib ko’rsatuvchi ayollarni insoniylikdan uzoqroq deb qabul qilar ekanlar.
Fiskening «IslamOnline»ga taqdim qilgan maruzasiga ko’ra, erkaklarning atrofdagi voqelikni fahmlab olish tizimi tormozlanib qolsa, ular shahvoniy hislarni qo’zg’atuvchi ayollarning insoniylik darajasini past deb qabul qilar ekanlar (Sikara).
Salom muslimalar.Kelinglar dildan gaplashib o'tiraylik,ma'lumot bilan cheklanib qolmasdan. Menga dushanba va payshanba kuni olinadigan röza haqida fikrlariz kerak edi.
Дата: YAKSHANBA, 2011.05.15, 19:26 | Сообщение # 574
Группа: Удаленные
O'xo' u yerda ko'p yozishdilarku qanday topaman. Ha bir amallayman. Lekin urushqoqlikni tashlang. Meni jahlim chiqsa ichimga yutaman keyin qog'oz olib yirtib,maydalab o'tiraman.