SHANBA, 2025.06.28, 21:53
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Модератор форума: биби  
Muslimalar
NishaДата: CHORSHANBA, 2010.04.21, 09:00 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные
Сообщений: 4124





Hurmatli qizla biza bu mavzuda diniy va dunyoviy, ilmiy va amaliy, hayotiy va bowqa hamma mavzulada bir birimiza bilan fikr almawamiza, suhbat quramiza. Hayotilada böp ötgan qiziqarli va ibratli voqealaniyam yoziwila mumkin.
Mavzu qoidasi:umuman ög'il bolala kiriwi, post qoldiriwi mumkinmas(uyog' vijdonilaga havola)
 
NishaДата: CHORSHANBA, 2010.10.06, 03:28 | Сообщение # 251
Группа: Удаленные
Сообщений: 4124





Man sog'ingan mavzu! Assalomu alaykum qalesila qizla? Qizla silaga savol muslima ayol vazifalari haqida hammela yaxwi bilasla, lekin fundamentsiz uy kötarib bömidi, sila kelajeda Muslima ayol böliw u4un hozirdan nimalaga harakat qvosila, özila u4un nimalani qonun bilib, yomon qaysi amalladan qaytvosila? Umuman özilani Muslima dib qay darajada hisoblisila?
 
AnjelaДата: CHORSHANBA, 2010.10.06, 07:58 | Сообщение # 252
Группа: Удаленные





Bilmadim man uzimni muslima hisobliman qachonki hijobga kirsam hozir esa harakat qilayapman muslima boliwga
 
MadinkaДата: CHORSHANBA, 2010.10.06, 08:45 | Сообщение # 253
Группа: Удаленные





Menam Anjelaning gapini maqullayman.
 
VodimaДата: SESHANBA, 2010.10.12, 04:09 | Сообщение # 254
Группа: Удаленные





qiz bola 9yoshdan hijobga kirib namoz uqishi kerak ekan.
man bu mavzuni endi topdim nega bu mavzu boshqa temalar qatori erkin fikrlar qatorida turmaydi
 
MadinkaДата: SESHANBA, 2010.10.12, 10:46 | Сообщение # 255
Группа: Удаленные





Sababini bilmadim.Endi ko'payishib qoldik.Savol berila savol javob qilamiz.
 
VodimaДата: SESHANBA, 2010.10.12, 17:42 | Сообщение # 256
Группа: Удаленные





hozirgi zamonga qizlar nega engil boqishyapdi nega modani orqasidan quvlashadi
 
VodimaДата: SESHANBA, 2010.10.12, 18:01 | Сообщение # 257
Группа: Удаленные





sad
 
MadinkaДата: SESHANBA, 2010.10.12, 18:09 | Сообщение # 258
Группа: Удаленные





Vodima men ham shu muammoni hal qilish uchun modiler bo'lamanda xudo xohlasa.
Savolizga kelsak hozirgi qizlarning ko'pisini yegani oldida yemagani ketida.Hayotning qiynchiligini ko'rishmagan. Ota onaga ham qiyn,shu sabab men o'zim mehnat qilib pul topmoqchiman.Hech kimga og'irligim tushmasin deymanda.Modaning orqasidan quvishga kelsak maqsad 1 ta bo'lish yoki e'tiborni tortish yo pulni behuda sarflash. Zamonaviy bo'lish kerak ammo shopogolizm kasalligiga chalinsa bormi...
 
VodimaДата: SESHANBA, 2010.10.12, 18:16 | Сообщение # 259
Группа: Удаленные





gapingizga qushilaman hayron qolaman hozirgi yoshlarga yimasa ham qorni och bulsa ham kiyinishi lozm.kiyinmasa hech kim qaramaydida gap otmaydida Allohim uzi insof bersin.moddani ham juda zamonaviz ochiq sochiq qilishyapdi nima keragi bor 5qarich materyaldan kiyim tayyor yana falon pul qani uzmizni eski kuylak lozimlar arzon hech kim sotib ham olmaydi nega kalta uylaymiz bilmadim.
iloyim tezroq modeler buling azizam guzal guzal liboslar tikish nasib qilsin Alloh hamrohingiz bulsin
 
MadinkaДата: SESHANBA, 2010.10.12, 20:10 | Сообщение # 260
Группа: Удаленные





Bitta gapda,hozir kompyuterdami,sotkadami video bor,unda 3 ta mi 4 ta erkaklar ayollarga o'xshab kiyinib namoz o'qiyapti.Orqadagi ayolsifat shippagini olib oldingi o'tirganni orqasidan uradi,u o'girilib qarab yana davom etadi,keyin yana uradi o'girilib haligilarni ura ketadi.Men buni ko'rib hayron qoldim.Umuman yomon ish qilishibdi.
 
VodimaДата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 15:28 | Сообщение # 261
Группа: Удаленные





Яқинда онам Хоразмдан Қозоғистонга мехмонга келди. Бу ердаги қизларнинг кийинишини кўрган онам хайратдан ёкасини ушлади. Тўғрида қишлок қизларининг одмигина кийинишига кўникиб қолган одамга шаҳарлик қизларнинг ярим ёлонғоч кийинишлари ўзгача кўриниши табиий. Бугунги кунда Ўзбекистоннинг марказий шаҳарларида ҳам хотин-кизлар айни шу русумда кийинишади. Бу сўнгги “мода”. Яъни баданнинг елка қисми очиқ, қорин қисмда эса албатта киндик кўриниб туриши лозим. Шу пайтгача калта юбка кийишни қоралаб келган ёши улуғ қариялар ҳам тилларини “тишлашган”. Айникса, ёз ойлари қиз ва аёллар деярли “ечиниб” олишади. Онамнинг айтиб беришларича, яқинда тошкентлик бир қариндошимизнинг қизини унаштиришибди. Тўй куни белгиланиб, хамма нарса тайёр турган бир пайтда қуда томон қизни келин қилишдан бош тортишган. Маълум бўлишича, куёв бўлмишнинг аммаси қизни сўнгги “мода”да кийинган холда кўчада кўриб қолган ва буни барчага етказган. Шу билан қуда томон ярим яланғоч кийинадиган қизни келин қилишни хоҳлашмабди. Бир неча кун аввал Тошкентга бориб келдим. Қозогистонга нисбатан бу ерда кийим-кечакнинг арзонлиги учун ўзимга бир сидра кийим-бош олишни мўлжаллаб, Тошкент дўконларини айландим. Дўкон расталаридаги ёзги кийимларнинг барчаси бир хил кўринишда: елка қисмдаги ингичка ипга уланган бир қарич узунликдаги мато. Бу фақат тананинг кўкрак қисмини ёпиб туришга мўлжалланган. Кўча-куйдаги қиз-жувонларнинг аксарияти ҳам худди шундай кўринишда кийинишган. Ўзим ҳам замонавий русумда кийинаман. Лекин ҳеч мана шундай ярим ялонғоч кийинишга ўргана олмадим. Балки ота-онангиз қаршилик қилишар дерсиз. Йуқ, мен мустақил одамман. Кийинишимга ота-онам хеч қачон таъсир курсатишмаган. Қолаверса, хозир менинг қандай тарзда кийинганимни улар билишмайди хам. Чунки уйдан узоқда, таниш-билишлардан йироқдаман. Барибир шу сўнгги “мода”да кийина олмаяпман. Балки ёшим 18 да эмаслиги учундир. Ундай десам мен тенгилар ҳам “мода” дан ортда қолишмаган. Дугоналар! Сиз нима дейсиз мен замондан ортда қолаяпманми? Умуман узбек қизларининг ярим яланғоч кийинишига сизнинг фикрингиз қандай?
 
MadinkaДата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 16:20 | Сообщение # 262
Группа: Удаленные





Shunaqa deng,e opajon sizu bizning fikrimiz ularning qaroridan qaytarmaydi,nega deganda men o'zim nasihat berganman shunaqalarga,ular esha ota nnam gapirishmaydi,gapirsayam fikrimdan qaytmayman,sening gaping ta'sir qilarmidi degan ma'noda gapirishadi. Agar buning jazosi qandayligini bilishganida unday qilishmasdi.Bunga yana dayuslik ham sabab. Xolislik saridagi Dayuslar she'rida hammasi ochiq oydin aks ettirilgan. Shunaqa gaplar opajon.Kimga ham ayta olar edik.Kelajakda farzandlarimizga,jiyanlarimizga,singillarimizga tushuntiramiz,o'rgatamiz.Afsuski Toshketda siz aytgandaqa qizlar ko'p.Insofni Allohni o'zi bersin.
 
VodimaДата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 16:23 | Сообщение # 263
Группа: Удаленные





YOVUZ KUN

HAYRULLO HAMIDOV sheri

Dunyo bir seskandi, dunyo bir to‘zdi,
Iymon har tomonga sochilgan kuni,
Xilqat ummonida vajohat suzdi
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Qahrdan tug‘ilgan bu yovuz dillar
Faqat ma’siyatga cho‘zmishlar qo‘llar -
Hamma gunohlarga ochildi yo‘llar
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Allohga har qancha to‘kmasin ko‘z ashk,
Erlarning qalbidan ko‘tarildi rashk.
Kufr, shirk yo‘lida boshlandi kurash
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Saltanatlar ketdi, quladi yurtlar,
Bo‘y ko‘rsatdi ko‘ngli chirkin beburdlar
Oldlar yig‘ladilar, chinqirdi ortlar
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Qushlar parvozida halovat yo‘qoldi
Baliqlar ovozsiz faryodlar soldi.
Ko‘zimiz o‘ngida g‘urur toptaldi
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Silkindi og‘riqdan go‘dak beshigi,
Yopildi mehrning so‘nggi teshigi.
Yopildi iymoning so‘nggi eshigi
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Endi fisq yurmaydi, unda bor qanot...
G’urabo faxshga berildi hayot.
Ming yillik qonunga darz ketdi xayxot
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Boshqa amallarni qilsang-da tinmay,
Endi gunohlardan ketding og‘rinmay -
Eng so‘nggi fitnaning oldi olinmay
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Bu katta gunohning avvali qani?
Bu jirkanch gumrohning avvali qani?
Savollar javobsiz qolgan hamisha,
Javob izlab hamma tolgan hamisha.

Chunki bu savolning javobi yo‘qdir,
Erkaklarning ko‘ngli gunoh-la to‘qdir.
Islomga ilk daf’a otilgan o‘qdir -
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Сообщение отредактировал Vodima - CHORSHANBA, 2010.10.13, 17:40
 
R-MADRIDДата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 16:52 | Сообщение # 264
Группа: Удаленные





Assalomu Alaykum Vodima yozgan sheringizni mualifi kim ekani yozib qo'ysayz nur ustiga a'lo nur bo'lar edi inshALLAH, Rabbim u kishidan rozi bo'lsin - Amin.
 
MadinkaДата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 17:16 | Сообщение # 265
Группа: Удаленные





Vodima bu she'rni menimcha xolislik sarida aytilgan.
 
VodimaДата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 17:52 | Сообщение # 266
Группа: Удаленные





tugri
 
MadinkaДата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 20:10 | Сообщение # 267
Группа: Удаленные





Qo'shiq eshitish mumkinmas deyiladiku,hech shunga o'rganolmadimda.Yig'lar osmonni eshitmay turolmaydigan bo'libman.Umuman sokin qanaqa qo'shiq bo'lsa eshitib o'tiraman.Nima qilsam qo'shiq eshitgim kelmaydi?Bilaman ham zarar,ham mumkinmas,lekin... Kompyuterdan,telefonimdan,mp3,mp4 larimdan o'chirishga hech ko'zim qiymaydi.Bemani zarubej eshitmaymanku balki gunohmasdir.Nima deysiz opajon?
 
VodimaДата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 20:38 | Сообщение # 268
Группа: Удаленные





koproq maruzalar eshiting qushiqni kamaytiring birdaniga voz kecha olmaysiz tugri lekin asta sekin hammasi buladi hayrullo hamidovni koproq eshitishingizni maslahat beraman sokin qushiq bulsa ham qushiq degan ismi bor agar qushiq ibrat beruvchi bulsa mayli buladi lekin qushiqni kamroq eshitgan maqulroqdir
 
MadinkaДата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 20:54 | Сообщение # 269
Группа: Удаленные





Negadir yozganlarim chiqmayapti 1 narsani 3 marta yozdim ham mayli savol bölsa beruvring,lekin ketayapman ishim bor.Mayli opajon sog' bo'ling.Barchangiz Allohga omonat.
 
VodimaДата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 20:54 | Сообщение # 270
Группа: Удаленные





shu erdamisiz singlim
 
MadinkaДата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 20:57 | Сообщение # 271
Группа: Удаленные





Yomon qo'lim charchadi lekin bir narsani qaytadan yozib,ko'p yozgandimda. :by: suhbatlarimizni sog'inaman.
 
Oypari2412Дата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 20:58 | Сообщение # 272
Группа: Удаленные





nimayam deyish mumkin????????
 
MadinkaДата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 21:00 | Сообщение # 273
Группа: Удаленные





Nima ham deyilardi yana ozgina qolaman vuhaha ha
biggrin
 
Oypari2412Дата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 21:01 | Сообщение # 274
Группа: Удаленные





hahahaha rostan yoshiz nechida asal qiz? smile
 
VodimaДата: CHORSHANBA, 2010.10.13, 21:01 | Сообщение # 275
Группа: Удаленные





qolganing uchun hursand buldim singiljon
 
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz