CHORSHANBA, 2025.06.25, 21:18
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: биби  
''Vatan himoyachilari kuni bilan!''
♥VioLeTTa♥Дата: SESHANBA, 2013.01.08, 16:29 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные





ASSALOMU ALAYKUM! AZIZ SAYTIMIZ YIGITLARI! SIZLARNI YAQINLASHIB KELAYOTGAN14-YANVAR ''VATAN HIMOYACHILARI'' KUNI BILAN CHIN YURAKDAN TABRIKLAYMIZ! SAYTIMIZNING BARCHA QIZLARI NOMIDAN TABRIKLAYMIZ!!!

O’ZBEKISTON BAYROG‘I

Har qanday lashkarning ham
O’z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tug‘dor yurtim,
Muhtasham Respublikam.

O’ylayman, ha, olamda
Nisbiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaberar.

Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir san’at yaratibdi,
Maqsadi - bir burda non.
Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.

Ko‘zni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,
Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.

Sanasang hodisot mo‘l
O’zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.

Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.
Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?

Bir kuni yovqur shoir
Ya’ni Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.
Bejavob qolaberdi
Uning dardli so‘rog‘i,
O’sha-o‘sha zamin kar,
O’sha-o‘sha gung oftob.

Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.
 
_GoSPoDiN_Дата: SESHANBA, 2013.01.08, 18:09 | Сообщение # 2
Группа: Удаленные





axa
 
FarabДата: YAKSHANBA, 2013.01.13, 16:31 | Сообщение # 3
Группа: Удаленные





Rahmat..
 
SonyaДата: DUSHANBA, 2013.01.14, 09:29 | Сообщение # 4
Группа: Удаленные





BARCHA SAYTIMIZ YIGITLARINI VATAN HIMOYACHILARI KUNI BILAN TABRIKLIYMAN. ILOHIM ALLOH YURGAN YO'LIZNI RAVON QILSIN, DASTURXONIZGA BARAKA, UYINGGIZGA FAYZ VA ASOSIYSI SABR,ILM,QANOATDAN DARIG' TUTMASIN. YNA BIR BOR BAYRAMILAR BILAN happy
 
panoh-3434Дата: DUSHANBA, 2013.01.14, 12:47 | Сообщение # 5
Группа: Удаленные





Рахмат.
 
FarabДата: DUSHANBA, 2013.01.28, 00:32 | Сообщение # 6
Группа: Удаленные





rahmatik
 
♣GUBERNATOR♣Дата: CHORSHANBA, 2013.01.30, 15:01 | Сообщение # 7
Группа: Удаленные
Сообщений: 65250





raxmat
 
_markof_Дата: MUBORAK JUMA, 2014.01.03, 05:10 | Сообщение # 8
Tajribali
Группа: FAOL
Сообщений: 574
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: OFLAYN
raxmat
 
MUHAMMADKARIMДата: PAYSHANBA, 2014.11.20, 14:34 | Сообщение # 9
Группа: Удаленные
Сообщений: 1242





RAXMAT
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz