ichkilik, kawandalik, yomon yölda yuriw kabila yolgon iwlatiwdan bowlanadi. Bulani bartaraf qiliw un aldoq4ilik yolgonni yigiwtiriw kk. Jannatiy yigit timsolining ilk belgisi wu aslida...
Assalomu Alaykum aziz yurtdoshlar, saytdoshlar, forumdoshlar. Sizlarga sog'lik salomatlik tilab Qurbon bayramiga birgalikda yetqazishini niyat etib Bismillahu Rahmonu Raxim. Hazrati Umar (RA) xalifaligi davrida Shom shahriga borish zaruriyati tug'ilib qoldi. Saodat va izzat bilan sahobai kiromlardan iborat bir jamoani yonlariga olib, Madinai Munavvaradan yo'lga chiqdilar. Hazrati Umarning (RA) bir tuyadan boshqa ulovlari yo'q edi. Mug'ira nomli bir qullari bo'lib, xalifa Umar (RA) u bilan galma-gal tuyaga minar edilar. Bir soat hazrati Umar (RA) tuyaga minsardilar, Mug'ira yayov holda tuyani yetaklab borardi; bir soat tuyaga Mug'ira minardi, va hazrati Umar (RA) piyoda borardilar. Alloh taoloning hikmatini qarangki, Shom shahriga kiradigan vaqtda tuyaga minish navbati Mug'iraga kelgandi. Sahobalar hazrati Umarning (RA) yoniga kelib dedilar: — Janobim, marhamatingizni darig' tutmay, bu soatda ham tuyaga o'zingiz minishingizni iltimos qilamiz. Hazrati Umar (RA) aytdilar: — Biya mening navbatim edi. Bu soatda tuyaga minish gali Mug'iranikidir. Nega endi men minishim kerak? Sahobi kiromlar javob berdilar: — Bugun Shom shahriga kirib boramiz. Shaharning barcha ko'zga ko'ringan vakillari Sizni kutib olgani chiqadilar. Ular otliq, siz esa xalifa bo'la turib yayov bo'lsangiz, odobdan bo'lmas... Marhamatingizdan umidvormizki, iltimosimizni maqbul ko'rgasiz va iltimosimizni rad etmagaysiz. Hazrati Umar (RA) norozi bo'lib dedilar: — Sizlar haliyam shubhadan xalos bolmadingizmi? Islom dinining qadrini shu bilan belgilladingizmi?Bizga islomiy sharaf kifoya emasmi? Islom dinidan ko'ra mukarram va sharfliroq biror din bormi? Shunday buyuk saodat, bu qadar ulug' davlat va izzatni Alloh taolo bizga ehson qildi. Dini islom tojini boshga kiyishday har kimga ham muyassar bo'lavermaydigan ulkan tuhfani berdi. Rasululloh (SAV) olib kelgan islom duini libosini egnimizga kiyishni nasib qildi. kalimai shahodatni dilimizni yoritguvchi chiroqqa aylantirdi. Qur'oni Karim bilan qalbimizni charog'on qildi. Voajab nega Sizlar islom dining qadrini anglab yetmay o'zingizni xalqqa ot bilan, zar to’nlar bilan ko'rsatmoqchi bo'lasizlar? Bular orasidagi tafovut tenglashtirib bolarlimi axir? Birgina Rasuli Akram (SAV) ning ummatlari bo'lish sharafi sizlarga yetarli emasmi,— deb javob bergach, barchalari bir so'z aytolmay hijolatda qolishdi. Hamma sukutga cho'mgan shunday bir og'ir vaziyatda Mug'ira tuyani hozirlab, hazrati
Umarning (RA) huzurlariga keltirdi va oyoqlari ostiga cho'ktirib: — Ey halifa, olamlarning yolg'iz Rabbisi bo'lmish Alloh taolo haqqi, quloq soling, sahobalarning xohishi bilan emas, Alloh O'zi ko'nglimga soldi. Chin qalbimdan bu soatda tuyaga minishingizni halol qildim. ehson aylab mening istagimni qabul qilsangiz. Bu soatda tuyaga Siz minishingizni o'tinib so'rayman, — dedi. Amirul mo'minun oldiga egilib: — Ey xalifa, lutfan oyog'inizni ustimga qo'yib. savlat bilan tuyaga chiqsangiz,— deb iltimos qildi. Hazrati Umar(RA) Mug'iraning dillarni eritguvchi o'tinchini rad etolmay, barchani xushnud tuyaga mindilar. Shundan so'ng butun islom askariga ovoza qildilar: — Mana bugun Allohning inoyati bilan Shom shahriga yetib keldik. bu yerdan sog'-omon chiqamizmi yo'qmi, buni yolg'iz Alloh taolo bilguvchidir. Agar biror kishining bizda haqqi bo'lsa, kelib talab qilsin. Butun islom askari hazrati Umar (RA)haqqiga duoda bo'ldilar. Dedilarki: — Ey Allohning xalifasi, Sizdan har birimiz rozimiz. Sizdan hech kim norozi emas. Hech birimizning Sizda zarracha haqqimiz yo'qdir. Jarchilar baland ovoz bilan butun shaharga ovoza qildilar. Biror kimsa kelib haq talab qilmadi. Barchasi bir ovozdan rozi ekanliklarini xabar qildilar. Xalq orasidan hech kim haq talab qilib kelmagach, hazrati Umarning (RA) Mug'ira ismli qullari oldilariga kelib aytdi: — Ey amirul mo'minin, bir kuni hech aybim bo'lmasada, qulog'imni cho'qib o'gritgan edingiz. Kimning haqqi bo'lsa, shu dunyoda haqqini talab qilmog'ini so'radingiz, bilingki, mening bu haqqim hamon bo'yningizdadir. Hazrati Umar (RA) dedilar: —Ey Mug'ira, kel, sen ham meniong qulog'imni cho'z, barobar bo'laylik. Sahobalarning bari takbir aytib yubordilar ( arablarda shunga o'xshash ajabtovur hol sodir bo'lsa, takbir aytish odati bor) va: — Ey xalifa, dunyoda Siz kabi odil ko'rmagan va ishonamizki, bundan keyin ham bunday adolatli hukmdor qayta dunyoga kelmas. Qulning bunday gustohlik qilishiga nega yo'l qo'yib berdingiz. Hech zamonda quling araziga ham shu qadar jiddiy qaralganmi? Qulning hojasini qulog'ini cho'zishi joizmi? Qulga qarata "Nega bunday beodoblik qilding" deb ranjidilar. Hazrati Umar (RA) marhamat qildilar: — Ey sahobalar, lutfan qulimga ozor bermangizlar.Chunki oxiratda jazosini
tortgandan ko'ra bu dunyoda jazolanib qutulmoq afzaldir,— keyin — Ey Mug'ira, kel, qulog'imni cho'z.Bu dunyodaa sen bilan hisob-kitob qilib olaylikki, oxiratga qolmasin,— dedilar. Mug'ira ham hazrati Umarning quloqlarini ushlab, ozgina cho'zib qo'ydi. Hazrati Umar (RA) so'radilar: — Ey Mug'ira, nega ko'proq cho'zmading? Mug'ira javob berdi: — Oxiratda qasosidan qorqaman. Qulog'ingizni ko'proq cho'zsam, haqqingiz mening ustimda qoladi. Hazrati Umar (RA) shunday bir hukmdor ediki, qulining haqqini bu tarzda o'tashga istihola qilmay, jazosini shu dunyoda oldi. Quli ham shunday ajoyib bir kimsa ediki, hojani shu tariqa jazoladi. Ho'jayini shak-shubhasiz birovning haqqini yemaydigan insonlardan ekanligini bilgani holda, uning muborak qalbiga hech bir shubha oralamasligiga ishonchi komil bo'lganligi uchun bunday jasaorat ko'rsatgan edi. Balki Mug'iraning bu ishidan hazrati Umarning (RA) unga bo'lgan muhabbatlari avvalgidan ham ortgan edi. Hazrati Umarning hayoti davomida ko’rsatgan (RA) bu kab o’rnaklari haqida ko’p gapirish mumkin. Bu haqida biz ortiq so'zlamoqchi emasmiz, zero, Jabroil (AS) ning Rasululollah (SAV) ga keltirgan oyatlarida o'n yetti o'rinda hazrati Omarning (RA) tilga oolinganligi, bundan tashqari turli tafsirlarda va tarixiy kitoblarda qayd qilinganligi yetarlidalildir.
(Ziyouzdan olindi)
Yana bir bor kelayotgan iyd Qurbon bayramilar bilan.
Bir yurt podshohining suyukli o‘g‘li bor edi. Yagona voris edi u. Shahzoda yaxshi tarbiyalangan va turli bilimlarni egallagan edi. Podshoh o‘g‘lining to‘satdan o‘lganini tush ko‘rdi. Xavotir bilan uygonib Xudoga shukrlar qildi. Biroq ko‘ngliga shubha oraladi: "Agar haqiqatan ham o‘lib qolsa, nima qilaman, taxtim vorisi kim bo‘ladi?" deya o‘yladi. O’g‘lini tezda uylantirishga karor berdi. "Hech bo‘lmasa bir nabiralik bo‘laman. U menga voris bo‘ladi". Faqir, lekin ko‘ngli boy bir darveshning oydek go‘zal, xulqlik komila qizini o‘g‘liga nikohladi. Xotini: — Podshohning o‘g‘li kambag‘al bir darveshning kizi bilan qanday turmush quradi? Sep qilib bizga nima beradilar? desa, podshoh: — Pok bir kishiga nisbatan kambag‘al deyish xato. Uning qalbi boy, buni ham Alloh beradi, deya to‘y hozirligini boshladi. Ne holki, shahzoda bu vaqtda Qobilning bir sehrgar xotini tuzog‘iga ilingan, uning dardida yonib kuyib, ko‘zi yorug‘ dunyoni ko‘rmayotgan edi. Bechora shahzoda ishq olovida erib tugayapti, sohiraning so‘zini aslo ikki etmas, tovonlarini o‘pardi. Ishq bois yuzi sarg‘aygan, eti suyagiga yopishib qolgan edi. Podshoh chorasiz qoldi. O’g‘lini bu darddan qutqarishi uchun mamlakatning barcha tabiblarini chorladi, tong otguncha Allohga duolar qildi. Shahzoda esa o‘tindek yonib, kundan kunga tugab bormoqda edi. Oxiri saroyga usta bir sehrgar keldi. U podshohga: Bu xotinga hech kim bas kela olmaydi. Shahzodaning holiga achindim. Unga faqat men bas kela olaman. Allohning izni bilan uning sehrini buzib tashlayman. Xotirjam bo‘ling, deb hozirlik ko‘rdi. Nima qilish kerakligini so‘zladi. Darhaqiqat, qisqa bir fursatda sehr buzildi. Shahzoda o‘ziga kelar kelmas yugurib otasining huzuriga bordi va xijolat bilan: "U kampir mening aqlimni qanday oldi?" dedi. Podshoh sevinch bilan farmon berdi. To‘y boshlandi. Bu vaqtda sehrgar xotin alamidan o‘ldi. Shahzoda nikohning birinchi kechasi kelinni ko‘rib lol qotdi. Bu go‘zallar go‘zalining qarshisida o‘zidan ketdi. Bir yildan so‘ng podshoh gap orasida o‘g‘liga: "O’sha avvalgi sevgilingni hech eslaysanmi?" deb so‘raganda shahzoda: — Ota, men hozir baxt yurtidaman. U aldanish yurti qudug‘idan qutuldim, deb Yaratganga shukrlar qildi. Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan. (Ziyouzdan olindi)
Aziz yurtdoshlar sizlarni kirib kelayotgan Iyd Qurbon bayrami bilan tabriklayman yetqazganiga shukurlar bölsin. Assalomu Alaykum va Rahmatulloxu va barakotux.
"QALB" qozonga o'xshaydi. "TIL" cho'michga. Agar biron insonning qanaqaligini bilmoqchi bo'lsang, unga gapirib ko'r. Cho'mich qozondan ovqatni olib chiqgani kabi, Til ham qalbda nima bo'lsa,o'shani olib chiqadi.
Дата: YAKSHANBA, 2011.11.20, 12:01 | Сообщение # 49
Группа: Удаленные
Сообщений: 2540
Ikki do'st bo'lgan ekan.Ularning biri har doim o'z boshiga tushganlardan so'kinib yurarkan.Ikkinchisi sabrli biron kun qiynalsa o'tib ketar,qiynalmaguncha roxatni bilmayman deb o'ziga o'zi tasalli berarkan.Do'stlar uchrashib qolishibdi va birinchi do'st nolinaveribdi.Shunda ikkinchi do'st unga qarab shukr qil bundan battar bo'lmaganiga deb indamay ketibdi.Shundan keyin birinchi do'stga nima bo'libdiyu so'kinishni tashlabdi,qiynalsada bundan battaridan xudo saqlasin deb o'ziga o'zi tasalli beradigan bo'libdi. Shukr qilaylik do'stlar shukr qilgan yigitmi qizmi murod maqsadiga albatta yetadi xudo xoxlasa.