CHORSHANBA, 2025.06.25, 09:20
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Lazizabonu  
Non va non mahsulotlari
kamolka_Дата: MUBORAK JUMA, 2010.05.14, 08:40 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные





Oshqovoq somsa

Qadimiy qishloq aholisining taomi bo'lib, keyin shaharlarga ham keng tarqalgan. Iliq suvga xamirturush solib, tuz bilan birga eritgach, qisimlab un solib, xamir qilasiz – da, o'rab, oshirish uchun olib qo'yasiz. Oshirilgan xamirdan yong'oqday zuvalachalar yasagach, urvoqqa belab, juva bilan qalinligi 2 mm qilib jild yoyasiz. Har bir jildga oshqovoq qiymadan solib to'rtburchak shaklida somsalar tugasiz (oval, dumaloq, uchburchak, yarimoy shakllarida somsa tugsa ham bo'ladi).

Somsa qizitilgan tandirning jag'iga yopilib yoki duxovkada pishiriladi. Duxovka avval qizitilib, patnisi yog'lanishi shart, aks holda somsa yopishib qoladi.

Oshqovoq somsa
Qiymasini tayyorlash uchun “somsa oshqovoq” tanlanadi. Bu jaydari navning po'chog'i qattiq yog'ochsimon, sirti qora – sariq – olachipor bo'ladi. Qovoqni ikkiga yorib, urug;I olib tashlangandan so'ng, maxsus qoshiqsimon qirg'ich yordamida qirasiz. Agar oshqovoqning boshqa navini tanlagan bo'lsangiz, urug'ini olib tashlagach 1 x 1 x 1 sm kubik shaklida – mayday to'g'raysiz. Bunga halqa qilib to'g'ralgan piyoz, jizza yoki mayday to'g'ralgan charvi yog', tuz va qalampir qo'shib mijiysiz.

Tayyor somsalarni tandirdan uzib, bir oz tobini chiqargach, dasturxonga tortasiz. Oshqovoq somsa soviganda ham o'z xushxo'rligini yo'qotmaydi.
Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 25 gr xamirturush, 1 stakan iliq suv, 1 choy qoshig'ida tuz solinadi; qiymasi uchun 700 gr oshqovoq, 3 – 4 bosh piyoz, 100 gr charvi yog' (yoki 1 stakan jizza); tuz va qalampir ta'bga ko'ra olinadi.

Добавлено (2010.05.13, 16:52)
---------------------------------------------
Tandir varaqi somsa
Somsaning ushbu turi shahar aholisi o'rtasida ancha qadimdan kelib chiqqan bo'lishi kerak. Chunki hafsala bilan bemalolchilikda tayyorlashni taqozo qilishi va tuzilishi ham chiroyli – to'rt shaklda, xo'randaga estetik zavq beradigan qilib yasalishi kabi omillar bunga ishora qiladi.Tandir varaqi to'y, bayram va katta mehmondorchilik izdahonlarida asosiy maza hisoblanadi.

Oddiy xamir tayyorlaysiz, o'rab 10 – 12 minut tindirib olgach o'qlov yordamida (1 - 2 mm) qilib yoyasiz.yoymaning yuziga eritilgan mol yog'i surkasangiz, u darhol to'nglaydi.ana shunday yoymani ro'lon qilib o'raysiz, yog' tomoni ichida qoladi.

Rulondan eni 5 sm keladigan to'garakchalar kesasiz. Har bir to'garakchani barmoq bilan tekislab, juva yordamida 2 – 3 mm keladigan qilib yoysangiz, qatlama jild hosil bo'ladi.Jildlar o'rtasiga 1 osh qoshig'ida qiyma solib xoh yumaloq, xoh uchburchak, xoh to'rtburchak, xoh kvadrat shaklida bo'lgan somsalar tugasiz. To'garak yoyma ana shu xil shaklida somsa tugish uchun eng qulay hisoblanadi. Somsalarni tandirga yopib yoki patnisi yog'langan duxovkaga qo'yib pishirasiz. Dasturxonga likopchalarda tortiladi. Ushbu somsani issig'ida ham, soviganda ham emas, ilig'ida iste'mol etish lazzatli bo'ladi.

Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 1 stakan suv, 1 choy qoshig'ida tuz, 50 gr mol yog'I (yoymaga surtish uchun); qiymasi uchun 400 gr go'sht, 50 gr dumba (charvi) yog', 300 gr piyoz, 1 choy qoshig'ida tuz va murch kerak bo'ladi.

Добавлено (2010.05.13, 16:55)
---------------------------------------------
Burama somsa
Un - 250 g, suv - 150 g, tuz ta'bga ko'ra; qiyma uchun: go'sht-250 g, piyoz-200 g, dumba-40 g, tuz, zira, murch ta'bga ko'ra
Unga namakobli suv solib, xamir qori ladi. Xamir biroz tindiriladi. 1,5-1 mm qalinlikda yoyiladi. Y o yilgan xamir yuziga eritilgan mol yog' i surtib, o'rala di. O'rama 2 sm qalinlikda kesiladi va jo'valanadi. Jo'valangan xamir yuziga qiyma solib, burama shaklida tugiladi.

Добавлено (2010.05.13, 17:02)
---------------------------------------------
Ko'k somsa
Bunday somsa yilda bir – ikki marta, bahor oylaridagina tayyorlanishi mumkin bo'lganligi uchun ham tansiqdir.

Oshqovoq somsada aytilganidek xamir qoriladi va yoyiladi.
Qiymasi navbahorda ilk ko'karib chiqqan otquloq, jag' – jag', yalpiz, yo'ng'ichka, machin, sho'ra, chumchuqko'z, beda, ismaloq, qoqiut, gazandao't kabi dorivor giyohlardan tayyorlanadi. Ko'katlarni saralab, 4 – 5 maratoba yuvib, suvi silqigach, mayday qitqasiz yoki chopasiz. Bunga bosh piyoz, ko'k piyoz, sarimsoq ko'ki, jizza yoki qo'y yog'i, tuz va murch qo'shasiz.

Tayyorlab qo'yilgan har bir jildga bir osh qoshig'ida ko'k qiymadan solib to'rtburchak shaklida somsalar tugasiz va tandirning jag'iga yopib pishirasiz.
Masalliq; xamiri uchun 500 gr oq un, 25 gr xamirturush,1 stakan iliq suv, 1 choy qoshig'ida tuz; qiymasi uchun bahorda yangi ko'karib chiqqan turli dorivor giyohlardan biri (bir necha xilini qo'shib tayorlasa ham bo'ladi) 500 gr, bir bog' ko'k piyoz, bir bog' sarimsoq koki, bir bog' ukrop, 2 – 3 bosh oq piyoz, 100 gr jizza yoki 50 gr charvi yog', 4 dona tuxum, ta'bga ko'ra tuz va murch olinadi.

Добавлено (2010.05.13, 17:03)
---------------------------------------------
Tugmacha somsa
Bug'doy uni - 300 g, tuxum - 1 dona, qo'y go'shti - 500 g, dumba - 100 g, piyoz - 500 g, suv - 100 g, o'simlik moyi - 50 g, tuz, murch, zira ta'bga ko'ra

Namakobli suvda tuxum bilan xamir qoriladi. 30-40 daqiqa tindiriladi. Tayyor xamir 20 g li bo'laklarga bo'lina di. Chetlari yupqa qilib yoyiladi. Yuziga 40 g miqdorda qiyma solib tugiladi. Yon tomoni namlanadi va juft qilib bir lashtiriladi. Y uz iga tuxum surtib, o'simlik moyi surtilgan patnisga teriladi. Somsa 20-25 daqiqa elektr yoki gaz tandirda pishiriladi.

Qiyma uchun: go'sht qiymalagichdan o'tkazilib, mayda to'g'ral- gan piyoz, to'rtburchak shaklda to'g'ralgan dumba, tuz, murch solib aralashtiriladi.

Добавлено (2010.05.13, 17:03)
---------------------------------------------
Kartoshkali somsa
Bug'doy uni - 400 g, suv - 150 g, kartoshka - 600 g, dumba -100 g, piyoz - 200 g, tuz, murch va zira ta'bga ko'ra
Unga suv, tuz solib xamir qoriladi va 1,5-2,0 mm qalinlikda yoyiladi, eritilgan yog' surib o'rama shaklida o'raladi va tindiriladi. 30-40 g li bo'laklarga bo'lib jo'valanadi. Qiyma: mayda kub shaklida to'g'ralgan kartoshka va dumba, yumshatilgan margarin, mayda to'g'ralgan piyoz, tuz, murch qo'shib aralashtiriladi.

Добавлено (2010.05.13, 17:05)
---------------------------------------------
Qatlama
Bug'doy uni - 400 g, suv - 150 g, kartoshka - 600 g, dumba -100 g, piyoz - 200 g, tuz, murch va zira ta'bga ko'ra
Unga suv, tuz solib xamir qoriladi va 1,5-2,0 mm qalinlikda yoyiladi, eritilgan yog' surib o'rama shaklida o'raladi va tindiriladi. 30-40 g li bo'laklarga bo'lib jo'valanadi. Qiyma: mayda kub shaklida to'g'ralgan kartoshka va dumba, yumshatilgan margarin, mayda to'g'ralgan piyoz, tuz, murch qo'shib aralashtiriladi.

Добавлено (2010.05.14, 09:40)
---------------------------------------------
Go'shtli non
Jizzali non uchun tayorlagandek, xamir tayorlanadi, farqi xamirga jizza o'rniga go'sht qiyma solib yo'g'riladi. Buning uchun 200 gr lahim go'shtni qiymalagichdan o'tkazilib, 200 gr to'g'ralgan piyoz va 0,5 choy qoshig'ida tuz sepib yaxsilab mijiqlanadi. Qolgan jarayonlar yuqorida “Jizzali non” da aytilganidek amalda oshiriladi.
Masalliq: 1 kg un, 50 gr xamirturush, 2 stakan iliq suv, 1,5 choy qoshig'ida tuz solinadi, 200 gr go'sht, 200 gr piyoz va 0,5 choy qoshiqida tuz solib, qiyma tayorlanadi.

Obi non
Tog'oraga iliq suv solib xamirturush va tuzni eritasiz, unni va suvni qisim – qisimlab solib o'rtacha qattiqlikda xamir qorasiz, yaxshilab mushtlab pishitib tog'oraning o'zida qoldirib yuziga sochiq yopib, ustidan ko'rpacha bilan o'rab, issiqroq joyga olib qo'yasiz.
Ko'pchigan xamirni yana mushtlab, 250 – 300 grammli zuvalalar yasab, ko'p urvoq berib doirasimon – chetlarining qalinligi 2 sm, o'rtasini esa 0,5 sm qilib yasaymis. Har bir nonning o'rtasiga chikich urib, yuziga dasturxon yopib qo'ysangiz qanzimaydi va xamir yaxshi tinadi. 15 – 20 minutdan so'ng nonning orqasini namlab, qizitilgan tandirga yopib pishirasiz. Tandir devorida akkumulyatsiya bo'lgan issiqlik va cho'gdan taralgan infraqizil nurlar ta'sir etganligi uchun non g'oyat xushbo'y va lazzatli chiqadi.

Dasturxonga butunligicha patnisda qo'yiladi va bevosita yeyish oldidan sindiriladi.
Xamiri ushbu retsept hisobida olinib, keragicha ko'paytirilib, istalgan miqdorda non yopib oilsh mumkin.
Masalliq: 1 kg un, 50 gr xamirturush, 2 stakan iliq suv, 2 choy qoshiq tuz.

Qatlama patir
Bu xil patir non Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo, vohalaridagi qishloq joylarda to'y va mehmon dasturxoni uchun qadimdan tayorlab kelinadi. Bular orasida eng mashhuri “Qarshi qatlamasi” bo'lib, ancha katta, diametri 50 – 60 sm qilib yasaladi.
Suv yoki sutda xamir qorasiz, zuvala qilib o'rab olib qo'yasiz. 12 – 15 minutlardan so'ng tingan xamirni jova hamda o'qlov yordamida 1 – 2 mm li qilib yoyasiz. yoymaning yuziga qaymoq (sariyog', maska yog' yoki eritilgan qo'y yog'i) surib o'qlovga o'raysiz – da, uzunasiga pichoq bilan tortib kessangiz, eni 4 – 5 sm keladigan tasmalar hosil bo'ladi. Tasmalarning 4 – 5 tasini bir – biri ustiga qatlab, serpantin qilib yumalatib (o'rab) taxtaga qo'yib, jo'va bilan qalinligi 1 sm keladigan qilib yoyasiz. Yuziga bir tekis chakich urib, tandirda boshqa nonlar kabi pishirasiz.
Masalliq: 1 kg oq un, 2 stakan suv, 2 choy qoshig'ida tuz, xamir yuziga surtish uchun 300 gr qaymoq yoki 200 gr sariyog' kerak bo'ladi.

 
Малак_ЕдинственнаяЧудоДата: SESHANBA, 2011.03.29, 20:17 | Сообщение # 2
Группа: Удаленные
Сообщений: 5676





kamolka_, yozmen hammasini qilib berin manga tongue
 
_GooGooWa_Дата: SESHANBA, 2011.04.05, 06:43 | Сообщение # 3
Группа: Удаленные





Öxo raxmat xamirli taomlani piwiriwni yaxwi köraman
 
Fast-ForWarDДата: MUBORAK JUMA, 2011.10.21, 03:53 | Сообщение # 4
Группа: Удаленные





vauuu zorkuu bu yer maktabkuu lol lol
 
_ELIS_Дата: PAYSHANBA, 2011.10.27, 21:07 | Сообщение # 5
Группа: Удаленные





O zo'rku
 
Dunyo_93Дата: MUBORAK JUMA, 2011.12.02, 14:56 | Сообщение # 6
Yangi
Группа: Foydalanuvchi
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: OFLAYN
Z6ru
 
Ziyo_foДата: PAYSHANBA, 2012.01.19, 22:44 | Сообщение # 7
Группа: Удаленные





Raxmat malumot uchun
 
ZIRAPCHAДата: PAYSHANBA, 2012.03.22, 03:08 | Сообщение # 8
Группа: Удаленные





Zor
 
_MAFIYA_Дата: SESHANBA, 2012.03.27, 21:48 | Сообщение # 9
Группа: Удаленные





super
 
_DRIFT_Дата: PAYSHANBA, 2012.03.29, 23:37 | Сообщение # 10
Группа: Удаленные





Daxwatu
 
ZIRAPCHAДата: CHORSHANBA, 2012.05.30, 10:24 | Сообщение # 11
Группа: Удаленные





Nam nam tongue
 
MarxaboДата: PAYSHANBA, 2012.09.27, 03:44 | Сообщение # 12
Группа: Удаленные





smile
 
_MAFIYA_Дата: SHANBA, 2012.09.29, 22:39 | Сообщение # 13
Группа: Удаленные





Ok
 
Fast-ForWarDДата: SESHANBA, 2012.10.02, 19:34 | Сообщение # 14
Группа: Удаленные





Zor
 
_MAFIYA_Дата: CHORSHANBA, 2012.10.03, 23:42 | Сообщение # 15
Группа: Удаленные





Ok
 
FlegMaTik_RoMaNtiKДата: SESHANBA, 2012.11.13, 13:21 | Сообщение # 16
Группа: Удаленные





xaxa
 
_MAFIYA_Дата: CHORSHANBA, 2012.11.14, 01:46 | Сообщение # 17
Группа: Удаленные





Ok
 
FlegMaTik_RoMaNtiKДата: CHORSHANBA, 2012.11.14, 10:52 | Сообщение # 18
Группа: Удаленные





Zo'r
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2012.11.18, 00:55 | Сообщение # 19
Группа: Удаленные





Ok
 
Fast-ForWarDДата: MUBORAK JUMA, 2013.02.15, 17:19 | Сообщение # 20
Группа: Удаленные





Ok
 
♥VioLeTTa♥Дата: YAKSHANBA, 2013.02.17, 13:57 | Сообщение # 21
Группа: Удаленные





Piyozli non

Masalliqlar:
-non hamiri
-1dona piyoz
-yuzasiga tuxum,sedona.

Tayyorlash:
Non hamirini yoyamiz va yuzasiga tuz qo’shib yaxshilab ezilgan piyozni yoyamiz.



Rulet qilib o’rab, aylantiribdumaloqlab,, o’rta qismini barmoq bilan biroz bosib,
Chakich urib, yuzasiga tuxum suramiz va seodna sepamiz.





mana pishti
 
FarabДата: YAKSHANBA, 2013.02.17, 15:30 | Сообщение # 22
Группа: Удаленные





hm
 
feyichka_angelДата: SESHANBA, 2013.03.05, 13:07 | Сообщение # 23
Группа: Удаленные





Teshkulchalani retseptini yozila?
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz