Дата: CHORSHANBA, 2017.04.12, 16:37 | Сообщение # 2256
Группа: Удаленные
Mani erim yurib ketti, yurak bag’rim kuyib ketdi. O’zim bilsam go’rga edi, bu ovoza bo’lib ketdi. Kech keladi ishidan ham, ayrilganday hushidan ham. Yurganini bilsa bo’lar ko’rayotgan tushidan ham. Ro’zg’or, bola manga qolib, o’tiradi o’yga tolib. Telefoni jiringlasa, gaplashadi bekinvolib. Har nodon der folbinga bor, issiq-sovuq sehr bergin, Biron dono aytmaydiki, eringni sev! mehr bergin!. Bolalarim bilishmasin, ko’z yoshimni ko’rishmasin. Kongli qolib otasini yomon ko’rib qolishmasin. Qaynar g’iybat iya-iya eriz uylanvoganmisha... Yonin olib urishaman, - ajab bo'pti sizga nima? Opam ko’rib boshlar rosa - Xotinbozmish ering rosa?, Nima qilsin, xotinlariz, o’zlari erkakvoz bosa. Eplabtimi, yurib olsin, mayli o’ynab kulib olsin. Mani mulku-davlatimda davru-davron surib olsin. Voy sen axmoq, voy sen beor, sanga kerak bo’lmasa yor, Sot kimoshdi savdosida mahallangda ochib bozor. Pochchangni ko’r qanday erkak, chakki yurmas toza yurak. Mani erim zo’rda.. sizzi latta eriz kimga kerak? Voy zo’r bo’lgan ering qursin bino qo’ygan shering qursin, Sanga jonim kuydimiya yurmog’idan ortiq yursin, Qizg’anmaydiyam he sani yana ortiq kerilgani, Nimasini qizg’anaman tuflimidi yeyilgani. G’iybat qilib ochmang bozor hamma ishni fursati bor, Endi bitta opti asli to'rttagacha ruxsati bor... Yuramanu bermay sirim ammo yurak tilim-tilim, Kundoshli xotinlar bekor chekishmagan ekan chilim. Kim u jonon bilgim kelar, aftini bir ko’rgim kelar, Tutib olib sochlarini bitta-bitta yulgim kelar. Borgim kemas mehmongayam boqqim kelmas insongayam. Janjal qil deb gij-gijlaydi, ish topildi shaytongayam. Yetib bor der o’sha yerga, ikkalasi hozir birga. Bormaymaney jinnimanmi g’ururimni urib yerga. Nima foyda urushlardan? qozilashib yurishlardan? O'q otayin kundoshlarga mag’rur qarab turishlardan, Er ko’ngli qush uchib ketar, sovuq yerdan ko’chib ketar. Tutmoq uchun don sepayin, miltiq ochsam qochib ketar. Ranjimasin erim mayli, zo’r ayol er talashmaydi. Boplab qo’yar edimkuya, bu ish manga yarashmaydi. Nodonga donolik qilay, sahroga daryolik qilay, Erim qilsa begonalik, man unga oshnolik qilay. Jilsin desam tosh joyidan, bo’lay erimning poyidan, Quyosh bo’lib mehrim sochib aynitay o’sha oyidan. Pardozlab yuz ko’zi qoshni, quvnoqlikka olib o’zni, Har tong qarab toshoynaga takrorlayman bitta so’zni: Ming turlansin o’sha Layli Marhaboga o’xsholmaydi. Kiygan bilan kovushimni, qilolmaydi yurishimni!
Дата: CHORSHANBA, 2017.04.12, 20:00 | Сообщение # 2257
Группа: Удаленные
Sohibqiron davlat tuzgan zamoni Olamning sayqali bo'lgan Samarqand Yana shu zaminga berdi dahona Shu elda tug'ildi Temur farzand Ey sohibqironga munosib voris Qullik xalqdoshida bo'lganda balo Istiqlol bayrog'in qo'lga oldingiz Huriyat olinur berilmas aslo Samarqand Samarqand Sharq gavhari durdona shahar Samarqand Samarqand Sarkardasi bor Samarqand Samarqand Samarqand Islomini buyurgan shahar Samarqand Samarqand O'zbekning shon sharafisan
Дата: MUBORAK JUMA, 2017.04.21, 01:59 | Сообщение # 2274
Группа: Удаленные
uyerda nma bor a hechkim yoqku undan kora www.uzbekcha.biz ga kirilar odam kop uyerda nma bor a hechkim yoqku undan kora www.uzbekcha.biz ga kirilar odam kop Buyerda nma bor a hechkim yoqku undan kora www.uzbekcha.biz ga kirilar odam kop Buyerda nma bor a hechkim yoqku undan kora www.uzbekcha.biz ga kirilar odam kop Buyerda nma bor a hechkim yoqku undan kora www.uzbekcha.biz ga kirilar odam kop