CHORSHANBA, 2025.06.25, 12:11
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Модератор форума: Hasan, _SHERZOD_, GENERAL  
Haqiqat nima?
MoniKaДата: MUBORAK JUMA, 2009.06.19, 17:03 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные





Bir do‘stimninng kitob do‘koniga borgan edim. U xaridorlar bilan mashg‘ul ekan, bekor turmay deb, qarshimdagi manzarani tomosha qila boshladim.
Qator-qator tizilgan qorli tog‘lar. Etaklarigacha oqlikka burkangan. Ostida oltin rangli bir irmoq. Quyosh nuri yalt-yalt aks etib turibdi. Irmoqning bosh qismidan tog‘ yon bag‘irlariga qadar bo‘lgan yerni daraxtlar qoplagan. Old tomon esa rango-rang gul va chechaklar bilan bezangan. O‘zgacha bir go‘zallik manzarasi...
Shu keng olamning torgina bir qolipga siqishtirilgan bir parchasini milyardlab insondan bittasi sifatida tomosha qilyapman. «U koinotdan bir parcha, men insoniyat olamidan bir parchaman...», deyayotgan edim o‘zimga o‘zim.
Do‘stim xaridorlar bilan ishini bitirganidan so‘ng «uzr» degandek so‘rashib, kursiga o‘tirdi. Do‘konda u va men hamda rastalardan kitob izlayotgan bir navqiron qolgan edik. Bu yosh yigitning egniga qalin kurtka va keng shim kiyib olgan edi. Najmurda qiyofatli bu g‘arib shaxs bilan kitob izlash orasida qanday munosabat bo‘lishi mumkin, deya xayolimdan o‘tkazdim. Keyin u navqiron yuzini biz tomonga o‘girib stolga yaqinlashdi. hayron qoldim. Shu paytgacha men erkak deb o‘ylagan bu shaxs, aksincha, qiz ekan. Uning do‘stimdan so‘ragan savoli taajjubimni yanada orttirdi:
Menga haqiqatning nima ekanini va hayotning mazmunini, g‘oyasini tushuntiradigan bir kitob kerak. qaysi kitobni menga tavsiya eta olasiz?
Do‘stim menga qarab, bu xususdagi qanoatimni so‘radi.
Avval bunday mavzuga qiziqishi borligidan u qizni qizg‘in taqdirladim. Keyin:
Bu kitobni shu onda topib berish yoki bermaslik muhim emas, dedim. Bugun bo‘lmasa, ertaga toparsan. Ammo buni hech o‘ylamasdan yashayotganlar, yetmish-sakson yoshga yetsalar ham, oh-voydan, afsus-nadomatdan boshqa biron narsa topa olmaydilar.
So‘ngra turib rastalardan bir kitobni tanlab, unga berdim.
Hozircha shuni diqqat bilan o‘qib tur. Kerak bo‘lsa, boshqa birini yana tavsiya etaman, dedim.
Do‘stim kitobni o‘rar ekan, qiz menga qarab:
Kechirasiz, mumkin bo‘lsa kasbingizni so‘rasam bo‘ladimi? dedi. Sotuvchi do‘stim menga fursat bermasdan kimligimni aytib qo‘yaqoldi.
Yosh qiz bir muddat o‘ychan qarab turdi-da, shubha va taraddudli nazarlarini menga yo‘naltirib:
Nima desam ekan... haligi... dedi-da, yana jim qoldi. Unga fursat bermoq uchun:
Tortinma, men sening akangdekman yoki muallimlik jihati bilan otang hisoblanishim mumkin. Agar senga foydali bo‘la olsam, buni mamnuniyat bilan bajaraman, dedim.
Qizning yuzida umid uchqunlari paydo bo‘la boshladi. Lekin taraddudlaridan hali to‘liq voz kecha olmagan ham edi. Men so‘zimda davom etdim:
Modomiki biron narsalar o‘rganmoqchi ekansan... Meni esa, muammolaringni hal qila oladigan odam deb o‘ylayotgan ekansan, garchi men unday odam bo‘lmasam ham, sen bu qanoating taqozosi o‘laroq mendan barcha savollaringni kamchiliksiz so‘rashing lozim. Dardingni ochiq o‘rtaga qo‘ymasang, senga loyiq tarzda foydali bo‘la olmayman. Hamma savolingga javob bera olaman degan da’vo qilmayman. Ammo bilmaganlarimni o‘rganib yoxud murojaat qilishing mumkin bo‘lgan kitoblarning nomini ayta olaman.
Qiz o‘zini sal bemalol his qila boshladi.
Yaqinda men bu shahardan ketaman, dedi. Diplomimning imzolanishini kutyapman. Savollarimni yozib shu yerga tashlab ketsam, menga javob yoza olasizmi?
Unga qo‘limdan kelganicha harakat qilishimni aytdim.
Hayajon va umid to‘la, titroq bir ovozda tashakkur bildirib, «Xo‘p, xayr», deya eshik tomon yurdi.
Endi tashqari chiqayotgan paytda: «Bir daqiqa», deya to‘xtatdim.
Bir narsani aytib qo‘ymoqchi edim. Fikrlaringga bu bir turtki bo‘lar. Qisqagina aytaman, nasib bo‘lsa, keyinchalik tafsilotini yozishga harakat qilaman.
Qizning roziligini olgach qarshimdagi boyagi manzarani ko‘rsatib:
Shu rasmni ko‘rayapsanmi? deb so‘radim.
Ha, dedi.
U rasmdagi tog‘lar haqiqiy tog‘, daraxtlar haqiqiy daraxtmi?
Ha, dedi u va ilova etdi: Bu bir fotosurat. Bo‘yoqli rasmga hech o‘xshamaydi.
To‘g‘ri aytding, dedim, Zotan ostiga ham kichik harflar bilan qaerning fotosurati ekani yozilgan. hozir sen o‘sha yerga borsang, u chamanzorlarda o‘tirib, u tepaliklarni tomosha qilib, daraxtlarning soyasida dam olishing mumkin, to‘g‘rimi?
Qiz maroqli va o‘ychan tarzda «ha» ma’nosida boshini qimirlatdi.
Endi shu do‘konda yuzlab bo‘yoqli rasm va manzaralar borligini faraz qilaylik. Ulardagi daraxtlarni, tog‘larni, suvlarni «haqiqiy» deya olasanmi? U daraxtlarning soyasida o‘tirib, u quyoshdan foydalana olasanmi?
Bir narsalarni his etgandek, ko‘zlarida sal-pal umid uchqunlari bilina boshladi.
Yo‘q, deb javob berdi.
Ana ko‘rdingmi, aytilgan har qanday so‘z, ilgari surilgan har qanday fikr yo bir haqiqatga tayanadi, yoxud aytgan shaxsning o‘z qanoatining asari, shaxsiy tushunchasining mahsuli bo‘ladi. Bu holda, o‘zgarmas va barqaror, sobit bir haqiqat bo‘lmog‘i lozimki, fikrlar unga muvofiq bo‘lgani muddatcha to‘g‘ri, undan uzoqlashgani nisbatda yanglish bo‘lsin. Haqiqat o‘zgarmaydi. Zotan o‘zgaradigan narsalarga haqiqat deyilmaydi. Har bir fikr bu asos orqali o‘lchanishiga ko‘ra, u o‘zgarmas haqiqatni qaerdan va qanday izlaymiz? Bu mavzu haqida bir oz bosh qotirishingni istayman. Keyinchalik bir-birimizni yanada yaxshiroq anglashimiz uchun foydali bo‘ladi deb o‘ylayman.
Qiz bir muddat o‘sha suratga qarab turdi. Go‘yo surat bilan aloqasi unga boqmoqdan iboratdek, lekin o‘zi butunlay o‘zgacha bir olamda aylanib yurgandek edi. Xiyla vaqtdan keyin hech qanday fikr bildirmasdan juda samimiy ravishda tashshakkur bildirib, do‘kondan chiqib ketdi.
O‘sha kuni kech soatlarga qadar u qizning ibrat beruvchi ta’siridan xalos bo‘la olmadim. Ertasi kuni ham tez-tez o‘sha voqeani xotirlab turdim.
Uning nimalarni so‘rashi yoki bu savollarga qanday javob berishim unchalik muhim emas edi. «Asl muhimi, bu qiz va bunga o‘xshash yuzlab yoshlarning ruh olamlarida necha-necha iztiroblarning avj olgani va bularga keragicha qo‘l uzatilmaganidir», dedim o‘zimga o‘zim.
Bu qizning men bilan uchrashib qolishi u uchun katta bir fursat edimi? Agar uning dardining davosi menda bo‘lsa, men o‘zim uni avvalroq izlab topishim kerak edi-ku. Men, ya’ni, hammamiz, butun mutasaddi shaxslar atrof-muhit tozaligiga, moddiy ta’minot masalalariga qancha ahamiyat berayotgan bo‘lsak, yoshlarning muammolariga ham shuncha, balki undan ortiqroq e’tibor qaratishimiz lozim emasmidi? Ularning buzilishini, aysh-ishratga mubtalo bo‘lishini yoxud boshi berk ko‘chaga kirib qolishini kutishimiz shart edimi?
Bir onga o‘zimni o‘sha qizning o‘rniga qo‘yib ko‘rdim. Oilasi undan bitta narsani — muvaffaqiyatni istayapti. Xuddi shu narsani u ishga joylashadigan muassasa ham istayotgandi. Bu yoshning ruhiy iztiroblari, ishonchi, kayfiyati, ma’naviyati na oilasi uchun muhim va na kasbdoshlari uchun... Unda, bu masalani kim, qanday hal etadi? Ajabo, ertaga mendan so‘raladigan savollar bu qizchani o‘zining savollarimikan? Yoki bu savollarda uni bu boshi berk ko‘chaga bilib turib boshlagan atrofdagi ba’zi qora niyatlilarning «muvaffaqiyat» alomatlarini ko‘rarmikanman?
«Ha, mayli, nima bo‘lganida ham, bular hozircha foydasiz o‘ylardir», dedim o‘zimga o‘zim. Bir yoshning najot topishi uchun jamiyatning butunlay tuzalishini kutish vaqt yo‘qotishdan boshqa narsa emas. Zotan, jamiyat degan narsaning o‘zi nima? Axir, u shaxslardan yuzaga keladi-ku? Demak bir yosh tuzalsa jamiyatning milyondan biri tuzalgan bo‘ladi.
Ertasigacha fikru yodimni shu va shunga o‘xshash fikrlar mashg‘ul qildi. Ishdan chiqib, sotuvchi do‘stimning oldiga bordim.
Biron xabar bormi? deya so‘radim.
U har doimgidek yoqimli tabassum bilan:
Kel, kel. Kutgan maktubing keldi, dedi.
Haqiqatni topish orzui maktubning har bir ifodasida yarq etib ko‘rinib turardi. Qizcha maktubning bir yerida bunday debdi:
«Hurmatli domla. Men diplomimni oldim. Bir necha soatdan keyin bu shahardan ketaman. Falsafa o‘qituvchisi bo‘lib hayotga qadam tashlayman. Ammo qizig‘i shundaki, menda hali o‘zimga xos bir tushuncha tarzi shakllangan emas. Bu holim bilan kimga nimani tushuntira olaman? Qaysi faylasufning so‘ziga quloq solaman? Hayron bo‘laman ba’zan, hammasi ro‘paramga kelib: «Haqiqat menda, menga kel», demoqdalar go‘yo. O‘zlari esa bir-birlarining fikrlarini inkor etishyapti, men o‘rtada qolyapman.
Yaxshisi falsafa domlalarining fikrini olayin, deyman. Ular ham boshqa bir olam. Biri: «Falon kitobni o‘qi»– desa, yana boshqasi: «Falon kitobni», deydi. Tavsiyalar bir-biriga zid. Shukrki, bitirib qutuldim.
 
BeYaZ_GuLumДата: SHANBA, 2014.05.17, 05:22 | Сообщение # 701
Группа: Удаленные





xaamma äldoqchi
 
_GoSPoDiN_Дата: SHANBA, 2014.05.17, 10:16 | Сообщение # 702
Группа: Удаленные





bilmadm
 
Umida_0509Дата: MUBORAK JUMA, 2014.06.06, 20:59 | Сообщение # 703
Группа: Удаленные
Сообщений: 31070





xaqiqat wuki xar doim xam biz
istaganday
bólavermaydi
xar doim wu fikrimda qolaman
 
Odiljon19880603Дата: DUSHANBA, 2014.06.23, 22:45 | Сообщение # 704
Группа: Удаленные
Сообщений: 261





xaqiqat bu egilsa xam sinmaydigan vaqt makon tanlamasdan oqibat oshkor boladigan tushuncha
 
BeYaZ_GuLumДата: CHORSHANBA, 2014.06.25, 02:56 | Сообщение # 705
Группа: Удаленные





quwlaman
 
Odiljon19880603Дата: CHORSHANBA, 2014.06.25, 07:41 | Сообщение # 706
Группа: Удаленные
Сообщений: 261





haqiqat tillaga oxshedi botqoqda bolsa xam qadrini yoqotmedi xama unga intiladi
 
BeYaZ_GuLumДата: MUBORAK JUMA, 2014.06.27, 03:09 | Сообщение # 707
Группа: Удаленные





achiq
 
TOXIRBEKДата: MUBORAK JUMA, 2014.06.27, 07:17 | Сообщение # 708
Группа: Удаленные





Xaqiqat egiladi bukuladi simedi talaba ochqoladi lekin ölmedi
 
_sHaBBoDa_Дата: MUBORAK JUMA, 2014.08.29, 22:36 | Сообщение # 709
Группа: Удаленные





Haqiqat booowida achchiq böladi lekn butun umr alamli yoki azobli bumidi. Nima bölgandayam hamma narsani orginali yahwiyu biggrin
 
☜❶☞OltiNBoL@☜❶☞Дата: SHANBA, 2014.08.30, 00:23 | Сообщение # 710
Группа: Удаленные





haqiqat shuki ani vaqtlarda haqiqatni yoligi
 
bekajonДата: CHORSHANBA, 2014.10.15, 19:40 | Сообщение # 711
Группа: Удаленные
Сообщений: 20





Xaqiqat bu Xayot
 
POLKOVNIKДата: CHORSHANBA, 2016.02.17, 08:36 | Сообщение # 712
Группа: Удаленные





Ha hayot
 
IPhone_BuMДата: DUSHANBA, 2016.03.07, 01:10 | Сообщение # 713
Группа: Удаленные





ХАКИКАТ БУ ХОЗИР!!!!! УНДАН ОЛДИН ХАМ КЕН ХАМ ХАКИКАТ АНИК БУМАЙДИ
 
๑♥๑SEZIR๑♥๑Дата: DUSHANBA, 2016.03.07, 19:07 | Сообщение # 714
Группа: Удаленные





Kolmagan
 
๑♥๑SEZIR๑♥๑Дата: DUSHANBA, 2016.03.07, 19:07 | Сообщение # 715
Группа: Удаленные





XoIrgi kunda
 
ღ★ζø√ξღ★Дата: SHANBA, 2016.03.12, 18:39 | Сообщение # 716
Группа: Удаленные





QIZLA ROSA BUZILGAN
 
๑♥๑SEZIR๑♥๑Дата: YAKSHANBA, 2016.03.13, 02:49 | Сообщение # 717
Группа: Удаленные





Хм
 
0909Дата: DUSHANBA, 2016.07.18, 12:05 | Сообщение # 718
Группа: Удаленные





Dunyo sinov, dunyo misli dars. Kimdir osmon, kimdir esa pas. Kimligingni unutsang mayli, Insonliging unutmasang bass...!
 
0909Дата: DUSHANBA, 2016.07.18, 12:08 | Сообщение # 719
Группа: Удаленные





cool
 
__WORLD__Дата: DUSHANBA, 2016.07.25, 12:17 | Сообщение # 720
Группа: Удаленные





Oma qoyl :thumbup:
qaytan buncha maxorat
sizdanam mundo manoli gap chiqarkanu a Charos
 
YULDUZCHA93Дата: DUSHANBA, 2016.07.25, 15:27 | Сообщение # 721
Группа: Удаленные





dry haqiqatti etish bazan yahshilikka olib kemedi bazan esa kimnidur kuzini yoshledi bazan esa kechikan bulasan haqiqatni aytishka smile
 
FarabДата: SESHANBA, 2016.07.26, 23:40 | Сообщение # 722
Группа: Удаленные





xaqiqat neligin bilmaydi hechkim
yo'qolib qolgan hayo kabi
tushib qolgan ibo kabi
yashirishar uni doim
haqiqat neligin bilmaydi hechkim
 
0909Дата: SHANBA, 2016.07.30, 16:42 | Сообщение # 723
Группа: Удаленные





Agar do'stingizga hechkim yo'qligida nasihat qilsangiz maslahat bergan bo'lasiz,bordiyu xammani oldida nasihat qilsangiz sharmanda qilgan bo'lasiz..
 
FarabДата: SHANBA, 2016.07.30, 21:36 | Сообщение # 724
Группа: Удаленные





haqiqatni sotvorgan
yolg'onni arzon narxi
haqiqatni unutgan
yolg'onday arzon narxi
 
0909Дата: YAKSHANBA, 2016.07.31, 16:09 | Сообщение # 725
Группа: Удаленные





Канчалар узингни мулойим ,тафаккурли,садокатли ,фаросатли тутма сани калбинг Аллохга аён!
 
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz