Дата: DUSHANBA, 2011.05.23, 05:15 | Сообщение # 7806
Группа: Удаленные
Odamizot… nega moyil: gunohga… savobga.? Gunoh… Gunoh adog’ida ne bor.? O’zi bu yo’lning oxiri bormi.? So’nggi jarlik emasmi.? Bu yo’ldan ortga qaytmoq mumkinmi.? Umr yetadimi o’zi.? Axir tug’ilgan choq shu yo’lga chiqqanmiz-ku… Necha so’qmoqlar, necha dara-dovonlar, necha tog’-toshlar… Ortga qaytmoq… tag’in azob… Azob ustiga azob. Tazarru… pushmonlik, alam…
Дата: DUSHANBA, 2011.05.23, 05:19 | Сообщение # 7809
Группа: Удаленные
Onam-oldimdan oqqan suv. Bila turib qadriga yetmayapman. G’animatligini bilaman-u, tan olishdan qo’rqaman, odamla-a-ar!!! Esimni tanibman-ki, ota-onamdan uzoqdaman(esim o’lgur rosa kech kirdi). Bolaligimda qo’limdagi shirinliklarni onamdan ham qizg’anardim-u, biron ozor topsam “Voy, Onajon”, deb yig’lardim. O’zimga o’zim qilgan bo’lsam ham, baribir.! Ovozim yetmaydigan masofada bo’lsalar ham baribir.! Hanuz shunday: shodliklarimni o’zim hazm qilaman-u, alam cheksam Onamga sig’inaman… Chunki boshqalar baxtimga sherik bo’lib, dardimga kelganda tashlab ketadilar. Chunki boshqalar: “quvonchingni bo’lishmading, endi g’amingniyam o’zing ye”, deb iddao qiladilar. Onam esa…
Дата: DUSHANBA, 2011.05.23, 05:25 | Сообщение # 7812
Группа: Удаленные
Сообщений: 711
Ko'zlarimning teranligidan ozga sayyora, Unuttim qay zamon , qaysi voqt Harakatim sodda va rasvo boliwi davogarluigidek Bilamanki bir tarafdan baxt bor Maning uchun ozing, yozdim man kuydim ham yuz parchaga bolindim Butun umr izlaganimni tuwun ham, Nimani ko'rsam ham buni o'zing deb bildim!!
qachonlardir shu satrlarni juda ham ko'p marotaba shu mavzuga yozardim......... va albatta sevimli akajonim ana mani oldimga kelingda derdilar.... hozir ham shu gaplarni kutvoman lekin bilaman endi akajonim kirmila bu forumga ehhhhhhhhh qanchali sizlarni sog'indima.....
Дата: DUSHANBA, 2011.05.23, 05:28 | Сообщение # 7815
Группа: Удаленные
Сообщений: 63861
ONAJON Topmoq - yo‘qotmoqdir, Yo‘qotmoq - topmoq, Sen so‘lib, Men yashab, To‘lishimga boq. Sensiz topganimdan Ko‘proq yo‘qotdim - Sen meni yupatding, Seni yig‘latdim, Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!.. Sog‘inch haqda she’rlar Yozdim o‘zimcha, Mendan peshonangda Dog‘lar tizimcha. O‘g‘il bo‘lmay o‘lay, Attangb ming attang. Qiz tug‘sang netardi, Ko‘proq qiz tug‘sang!.. Tirgak bo‘lolmadim Bitta qizingga Uyalmay shoirman Deyishimga boq. Joningdan aylanay, Turgil jonajon, Yo‘l qarab bo‘ldimi Jigarginang qon? Boqma, ko‘zlarimga Bemajol, xasta, Mening topganlarim Gulmi bir dasta, Yo‘qotganim senmi Endi ONAJON?.. O‘z etimni o‘zim Yeyishimga boq. Bilsang yuragimni Bir alam elar. Buyursang qo‘limdan Kelmaydi nelar, Ayt, Pichan yig‘aymi, O‘tin yoraymi, Yerni haydayinmi, Ko‘k ag‘daraymi?.. Itdek oyog‘ingga Suykalgim kelar - Uchib-uchib, mana Qo‘nishimga boq. Hech narsa kerakmas, Bolam, hech deysan. Endi kech deysan-da, Endi kech deysan. Yuzimni bosaman Muzday yuzingga, ONAJON, Zor qilib ketma izingga! O‘lim oldida ham G‘amimni yeysan, Men-chi, jim, taqdirga Ko‘nishimga boq. She’rim bitdi, Xayir, Do‘stlar xush qoling. Bedil yashamakka O‘rganmang menday Boring, Volidangiz Ko‘nglini oling, Ertaga Kech qolib
Дата: DUSHANBA, 2011.05.23, 05:29 | Сообщение # 7817
Группа: Удаленные
Сообщений: 711
Olamda o'zgariw bor, lekin qalbimda bir xol, Yurakda bir xil fasl qiw, har bir iwda malol Azaliyu hamda oxiri ko'rinmas yo'l Lim zummi zavol istak sari hayotning tarkibidagi g'am alam bilan, Arang qo'zg'olaman manzillaringa Yarim qalb, oksigan kongil bilan intilaman manzillaringa......
Дата: DUSHANBA, 2011.05.23, 05:30 | Сообщение # 7818
Группа: Удаленные
Сообщений: 63861
Bozor-o'char savdo qildim kimga, bolam uchun, Borin muhayyo paydo qildim kimga, bolam uchun. Dabdabali to'ylar qildim kimga, bolam uchun, Hashamatli uylar qurdim kimga, bolam uchun. Lekin nima qildim meni tuqqan onam uchun, Dunyodagi eng yaxshi odam otam uchun.
Дата: DUSHANBA, 2011.05.23, 05:32 | Сообщение # 7819
Группа: Удаленные
Ostonamga yonib kelib muzlab ketding, Mendan meni topmay giryon izlab ketding, Armon, afsus ko`chasida bo`zlab ketding, Ko`zlaringda qotgan qanday savol singlim, Hayot haqda devonavash xayol, singlim.
Дата: DUSHANBA, 2011.05.23, 05:33 | Сообщение # 7821
Группа: Удаленные
Сообщений: 63861
Kimga dasturhon yozdim bolam uchun, Ba'zida semirdim, ba'zida ozdim bolam uchun. Aqldan ham ozayozdim bolam uchun, Ex kimlarga yalinmadim bolam uchun. Lekin hech narsa ilinmadim onam uchun, Dunyodagi eng yaxshi odam otam uchun.
Дата: DUSHANBA, 2011.05.23, 07:09 | Сообщение # 7825
Группа: Удаленные
Сообщений: 63861
ONAMGA DEB Tun quchogida bir bedor bulib Xis etdim uyqusiz kunlaringizni Oromu mexringiz oldima yulib TUlolmam badalin tunlaringizni Allangiz jo aylab yurakda kuylay ONAJON jannatda yorug yul bulay
Gohida taqdirdan qaddim bukilsa Sinov daryosiga kuz yosh tukilsa Menga xamdard bulib menday siqilsa Bu buyuk matonat buyuk silsila Volidam kulgingiz kurganda kulay Onajon jannatda yorug yul bulay!!