CHORSHANBA, 2025.06.25, 04:20
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: AnDiJoNLiK_BeZoRi  
"To'qilmagan Ertak" - Kitobidan...
александр8888Дата: DUSHANBA, 2013.06.10, 00:50 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные





Assalomu Aleykum !!! - Aziz Saytdoshlar bugun sizlar uchun yangi kitobimni yozishni boshladim...
Bu yerda hayotingizda eshitgan va eshitmagan ertaklaringizdagi,To'qilmagan ertaklarni yozishni boshlayman ...
E'tiboringiz uchun sizlarga kottakon raxmat !!! smile
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2013.06.10, 00:59 | Сообщение # 2
Группа: Удаленные






Kashshey Tirik...

Xozirgi yozmoqchi bo'lgan ertagimni,siz yoshligingizda ota-onangiz kechalari uxlashingizdan oldin aytgan ertak qahramonlaridan tayyorlangan bo'lib.Bu ertaklarim mening yangi "To'qilmagan Ertaklar" kitobimdan olingan.Agar sizlarga ertagim yoqsa shunday ertaklarimni har shanba kunida davom etib kelaman.Javoblaringizni kutib qolaman.
Xurmat bilan! Sasha.B ... Xullas Boshladik..!

Bir bor ekan,bir yo'q ekan.Qadim-qadim zamonda bizdan aaancha yillar oldin u payti hali men ham,sizlar ham hattoki bobomni-bobosiyam tug'ilmagandi Shunday zamonlarning birida Kashshey Tirik ismli kelishgan baquvvat modniy kiyingan bir uzun terak yigit bo'lgan ekan...Kashshey Tirik bir kuni o'rmonda ov qilib yurib,kichkina bir kulbachaga duch keladi.Ov qilib holdan toygan Kashshey o'sha kulbani yoniga kelib,kulbadan so'rabdi- "Hoy kulbacha-kulbacha,yuzing bilan menga qarab,o'rmonga orqangni bur" -debdi,Kulba o'rnidan qo'zg'alibdi va Kashsheyni aytganini qilaman deb,o'rnidan turayotib yiqilib tushibdi,chunki anchadan beri kulbani xech kim o'rnidan turg'izmagan ekan.Kulbani eshigini taqillatibdi,shu payt kulba ichidan dunyodagi eng go'zal,sohibjamol sochlari uzun Yalmog'iz Qiz chiqib kelibdi,chunki u paytda hali Kampir bo'lmagan edida.Kashshey Tirik Yalmog'iz Qizni bir ko'rishda sevib qolibdi.Balki qiz uni sexirlab olgandir,chunki u yalmog'izda qo'lidan har balo kelardi.Shunday qilib Kashshey bir kecha Yalmog'iznikida mehmon bo'lib uning muhabbatini qozonibdi.Ertasi kuni Kashshey Tirik Yalmog'iz Qiz bilan xayrlashib uni qattiq sevishini va o'z uyiga olib ketish uchun kelishini aytib uyiga qaytib ketibdi.Kashsheyning u paytda yuragi joyida ko'ngli toza yigit edi.Kashshey Tirik uyiga qaytib Ota-Onasiga Yalmog'iz qizni sevib qolgani va unga uylanmoqchiligini aytganda uning onasi bunga mutlaqo qarshi bo'libdi.Chunki Kashsheyning onasi necha yillardan buyon Yalmog'izlarni makriga qarshi kurashib kelar ekan.O'g'li Kashshey Tirikni ham sexrlab olgan deb o'ylardi,lekin bu paytda Yalmog'iz Qiz ham hayotdan baxtli Kashsheyni sevib qolgandi,u juda baxtli edi.Yalmog'iz ham bu habarni onasiga aytadi,onasi qizini eshitishni ham xohlamay,o'sha kulbaga bir kun qamab qo'yadi.Kashsheyning onasi esa o'g'lini bu halotdan qutqarish uchun,kechasi o'g'lining yotoqxonasiga keladi va uning sevib qolgan ko'nglini vujudidan yulib oladi va shu kechada qalin o'rmondagi qor bilan qoplangan katta qasrga kelib qasrning eshigini taqillatadi.Qasrdan g'azabga to'la jaxldor kelishgan Shahzoda chiqib keladi.Kashsheyning onasi Shahzodadan bir kechaga tunashga joy berishini so'raydi.Shahzoda uning so'zlariga e'tibor ham bermay yo'qol deya baqirganicha eshikni yopadi.Kashsheyning onasi Shahzodaning bag'ritoshligini bilib uning tosh yuragiga Kashsheyning ko'nglini joylaydi va Shahzodaga shunday deydi. "Qachonki seni go'zal va sohibjamol qiz sevib qolmagunicha,sen shu maxluq xolatida yashaysan,ko'ngling ham o'sha kunda erib sevgi muhabbat nimaligini anglaydi" deya uni mahluqqa aylantirib qo'yadi.Bu paytda Yalmog'iz qizning Onasi,tunda qizining kulbasiga keladi va unga sexrli supurgi beradi.Supurgiga sexrli so'zlarni aytib qizini uzoq-uzoqdagi sexrgarlar maktabiga olib borishini aytadi.Qizning hayolidagi Kashsheyga bo'lgan muhabbatini o'chirib tashlaydi va Yalmog'iz qiz onasining supurgisida xozirgi Garri Potterning o'qib yurgan maktabiga uchib ketadi,aslida Yalmog'iz Qiz Garri Potterning onasi edi.Tong otadi Kashshey uyg'onib ko'nglida xech narsani sezmay qoladi.U juda boshqacha telbaga o'xshab qolgandi,onasi uning axvolini ko'rib xato ish qilganini tushunadi.Kashshey g'alati qiliqlari bilan bazida o'zini-o'zi o'ldirmoqchi bo'ladi.Buni ko'rgan onasi Kashsheyning jonini sug'urib oladi va uning yuragini ignaning uchiga quyib uni suvga tashlaydi.Suvda suzib yurgan baliq ignani uchidagi yurakni ko'rib bu qarmoqdagi chuvalchang deb o'ylaydi va uni yeb qo'yadi.Oradan kunlar o'tib,baliqni katta o'rdak tutib oladi va uni yeb qo'yadi.O'rdak shu bilan uzoq-uzoqlarga uchib ketadi.Shu kundan boshlab Kashshey Tirik, O'lmas Kashsheyga bag'ritosh insonga aylanadi.Kashsheyning yuragi esa o'rdakning tuxumida qoladi.O'rdak aslida oddiy o'rdak emasdi u oltin tuxum qo'yadigan o'rdak bo'lib,qachonki yer yuzidan Jek ismli yigitning aqliga loviyani yerga ekish kerakligini anglab yetgach.Mana shu loviya poyasi orqali o'rdakning makoniga chiqib keladi va Kashsheyning joni bor tuxumni yerga olib tushadi.Lekin tuxum hali ham ochilmagan va Kashshey xozirgi zamonimizda ham Tirik...

Kashshey Tirik haqidagi ertagim shu yerda tugaydi,agar sizlarga xazilomus ertagim yoqqan bo'lsa unda keyingi Shanba kunida aytadigan ertagim-
"Uchta Cho'chqacha Va Bo'ri" Haqida bo'ladi...
Qanday Unutding Nega Bo'risan Ayt, Nega Bizni Yeysan Ayt, -Eeey nima deyapman Ummonni Uchta Cho'chqachaga nima a'loqasi bor...
Прикрепления: 3564897.jpeg (13.9 Kb)
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2013.06.10, 01:07 | Сообщение # 3
Группа: Удаленные






Kapalagim...

To'g'risi zerikdim sansiz hayot to'xtab qolganday,go'yo sochlarim oqaryaptiyu yoshim 21-dan ko'tarilmaganday,ko'zlarim tabiatni rangli ko'rayaptiyu yuzimni ajinlar egallab olayotganday,yuragim tez-tez va duk-duk urayaptiyu sanga qo'l cho'zib ushlamoqqa holim qolmaganday.Bir daqiqa to'xta gapimni eshit mani tashlab ketma sansiz yashash qiyin ekan,endi bildim manga hayot bergan olloh yarim bo'lagimni uzoqlarga tashlab kelganu,manga qarab bor sani yarming yuragingni holsiz tanasi uzoqlarda sani kutib turibdi deyayotganday.O'rnimdan turib dunyoga ko'z tashladim olam shunchalik kattaki qay tomonga yo'l olishni bilmay boshim aylanib yerga o'tirib qoldim.Shu payt ko'm-ko'k osmondan mittigina ranglarga burkangan kapalak uchib keldi u xuddi senga o'xshardi qanotlaringning har bir qimirlashida sening yuzing aski ko'rinib turardi unga qarab jilmaysam qanotlari ostida sening yuzingda kulgu paydo bo'lardi.O'rnimdan bir amallab turib kapalak boshlagan yo'l tomon yura boshladim.Yo'lda bir katta daryo paydo bo'ldi,kapalak shu yerda meni tark etdi,men esa unga qarab qo'l silkitib tez orada seni yoningda bo'laman deb baqirdim,u uchib ketdi.Oqshom tushdi daryo yoqasida turarkanman ko'zlarimni uyqu bosa boshladi,o'ylardim daryodan qanday o'tsam ekan deb o'ylardim.Ko'zim ilinib uxlab qoldim,qulog'imga shirin tovush eshitildi.Shunaqangi yoqimli ovoz ediki hattoki es hushimdan ayrilayozdim.Uyg'onib ketib atrofimga qarasam xech kim yo'q.Dengiz sokin oqar edi,bir payt dengiz tubidan yorug' tilladek yaltirab baliq misol go'zal qiz chiqib keldi.U menga qarab turarkan ko'zlarining o'tli nigohi,meni o'ziga tortardi.So'ng u meni mast qiladigan shirin ovozi bilan o'ziga chaqira boshladi.Kel kel...kel.. O'zimni butkul yo'qotdim.O'rnimdan turib u tomon yura boshladim,daryo yaqiniga kelganimda u menga yaqinlashib qo'lini cho'zdi.Men unga qo'limni cho'zar ekanman,yelkamda ikkita farishta paydo bo'ldi.Ularning biri yaxshilik istardi ikkinchisi esa yovuzlik.Bir farishta menga qarab -"To'xta nima qilyapsan,axir seni o'z yoring borku.U seni butun umir kutgan,seni xozir ham intizorlik bilan kutayapti,uni unutdingmi" dedi.Keyingi farishta esa "Quloq solma buni so'ziga u seni qiynoqlarga soladi bu daryodan kechib o'tolmaysan yaxshisi suv parisiga qo'lingni uzat,u seni baxtli qiladi mana shu dengizda sen eng kuchli va butun inson bo'lasan"-dedi.Farishtalarni so'zlari juda ko'p ediki,ularning biri aytgan so'zi ikkinchisiga qovushmas edi va men o'z hoxishim bilan suv parisiga qo'limni berdim.Suv parisi qo'limni ushlaganidan so'ng menga juda boshqacha ko'z bilan qaraganidan sezdimki u xozir meni o'z domiga tortib ketadi.Shu hayol bilan men uni qo'lini maxkam ushlagancha yer ustiga tortib chiqarishga harakat qildim va uni suvdan yerga olib chiqdim.Suv parisi menga yalina boshladi "Iltimos meni qo'yib yubor senga ozor yetkazmayman,istagan tilagingni bajaraman faqat meni qo'yib yubor"-Men o'ylab turib "Meni shu daryodan o'tishimga yordam berasan va daryo tubidan eng chiroyli dur va chig'anoq olib chiqib berasan dedim.U so'zlarimga rozi bo'ldi va meni daryodan beozor o'tkazib qo'ydi.Daryo tubidan eng chiroyli dur va chig'anoq olib chiqib berdi.Unga minnatdorchilik bildirib yo'lga tushdim.Meni yo'lda katta o'rmon qarshi oldi o'rmon ichiga kirar ekanman yuragimni qo'rquv bosdi.O'rmon o'rtasiga kelganimda qarshimdan bir bahaybat g'or chiqdi,undan boshqa yurishga yo'l qolmadi.G'orga kirib sekin-sekin yura boshladim shu payt g'or ichida meni ayiq ko'rib qoldi va baqirganicha quvlay ketdi.Qo'rqqanimdan qayerga qarab qochishni bilmay qoldim va boshim oqqan tomonga qarab yugurdim.Yugurib ketar ekanman uzoqdan kichik bir yorug'lik ko'rindi hayriyat tashqariga chiqdim.Juda charchadim o'rmonni tun botguncha kezib katta yaylovga chiqib oldim.Bu yerda maysalar shunday yumshoq ediki ustiga yotib uxlab qolayozdim.Bir payt yuzimga yana o'sha kapalak kelib qo'ndi.Uni ko'rib xursand bo'ldim,o'rnimdan turib atrofga qaradim ro'paramda chelak ko'targan bir chiroyli go'zal qiz turar edi.Kapalak uchib borib qizning yelkasiga qo'ndi.Qiz menga biroz termulib turdida "Chelakdagi suvimni uyimgacha,ko'tarisholmaysanmi"-dedi.Men uni ko'zlariga termulganimcha qotib qoldim va birozdan keyin a..aa... xop beraqoling uyiz qayerda "shu yaqinginada kelavering" Uni ko'rib charchoqlarim ham bir zumda yo'qoldi.Tanamga kuch kirib,yoshimga yosh qo'shilganday,oqarib ketgan soch tolalarim bitta-bitta to'kilib,o'rnini yana o'sha qora mayin sochlarim egallaganday,yuragim uni ko'rgandan beri hayajonda dukurlab urayaptiyu,qo'limni senga uzatsam u ham menga qo'llarini uzatganday -"Uyimga yetib keldik mana shu yerda yashayman voy qo'limni qo'yvoring" -chelakdagi suvni olayotgan ekan hayolim unga ketib qo'lidan maxkam ushlab olibman.Voy.. kechiring... men.n.n, bilmasdan qqo'lizni ushlab olibman.Uzoqdan kelayotganga o'xshaysiz,charchagandirsiz bugun kech tushib qoldi balki mehmon bo'larsiz biznikida. A.a raxmat agar sizlarni bezovta qilmasam -"Nega bezovta bo'lamiz kelavering uyimizda otam-onam va men yashaymiz" -unday bo'lsa mayli.Kechi bilan gaplashib chiqdik,go'zal qizga haligi suv parisi daryo tubidan olib chiqqan dur chig'anoqni sovg'a qildim.U menga shunaqa qaradiki,meni har kuni kutib chelak ko'tarib har kuni suvga chiqadiganday ko'rindi."O'g'lim uzoqdan kelayotgan ekansiz bu yerlarda qarindoshlariz bormi" -Yo'q ona meni xech kimim yo'q bir kuni tush ko'rdim.Tushimda meni parvardigor axvolimni ko'rib achindi va menga yuragingni yarmi seni kutyapti vaqt bo'ldi endi turib uni izla dedi.Shu bilan keng dunyoni kezib shu yerga yetib keldim."Xo'sh yuragizni yarmini topdingizmi o'g'lim". Topgandayman ona topgandayman,mana shu qishloqlaringizga keldimu ko'nglim xotirjam tortdi."Unda shu yerda qolaqoling bu yerda siz o'z baxtingizni ham topasiz.Bizni uyimiz endi sizniki xush kelibsiz".-Raxmat onajon farishtalar aytishganidek onalar dunyoda eng mehribon bo'lar ekan bunga endi amin bo'ldim.Ko'zlarim go'zal qizga tushganda,yuragimda ajib tuyg'u paydo bo'laboshladi.Men yuragimni yarmini izlab topgandim !!!
Прикрепления: 2990588.jpg (19.7 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2013.06.14, 13:26 | Сообщение # 4
Группа: Удаленные






Uchta Cho'chqacha Va Bo'ri...
Mana ertagimni aytishni ham vaqti keldi.Sizlarga vada berganimday To'qilmagan Ertagim davom etadi,qani endi boshladik..!

Xullas bir bor ekan-u,bir yo'q ekan..! Qadim-qadim zamonda,allaqaysidir tomonlada uchta bir-biriga mehribon cho'chqachalar yashashgan ekan.Ular har kuni mehnat qilisharkan,birgalikda qo'shiq aytishib o'ynashar ekan.Birgalikda ular yengilmas kuch ekanlar...Kunlardan bir kuni cho'chqachalarning eng aqllisi zerikib osmonga termulib o'tirsa,hayoliga bir ajoyib fikr kelibdi.Cho'chqachalarni yig'ib,kelilar o'rmon axliga konsert uyushtiramiz balki aytgan qo'shiqlarimiz boshqa hayvonlargayam yoqar debdi.Qolgan cho'chqachalar o'ylab ko'rib uning aytganiga rozi bo'libdi va konsertga bilet tayyorlab uni reklama qilib o'rmonga tarqatibdi.Lekin biletni narxi shunaqangi qimmat ekanki,ularni qo'shig'ini eshitishga xech kim kelmabdi.Chunki ular hali konsert berishga yosh cho'chqachalar edida.Cho'chqachalar uyiga qaytishibdi,u paytda hali bo'ri bo'lmagan ular tinch osoyishta yashab kelardi...Bir kuni kechasi cho'chqachalar uxlab yotishganida,eshik to'satdan qattiq taqillabdi.Cho'chqachalarning biri uyg'onib ketibdi va kechasi kim bezovta qildi ekan deb eshikni ochsa xech kim yo'q ekan.Xayron bo'lib yerga qarasa eshik tagiga savat ichida kichkina oppoq pampersga o'ralgan bo'ri bolasi uxlab yotganmish.Cho'chqacha savatni qo'liga olib atrofni ko'zdan kechiribdi,lekin xech kim yo'q edi.Nima qilishini bilmay bo'ri bolasini uyga olib kiradi va cho'chqachalarni uyg'otadi.Qaranglar kechasi eshik tagiga chaqaloq tashlab ketishibdi endi uni nima qilamiz.!? Biri kelib voy bo'ri bolasimi qayerdan olding tez joyiga qo'yib kel onasi bilsa bizni sog' qo'ymaydi.! Aytyapmanu kimdir eshigimiz tagiga tashlab ketibdi deb.! Hmmm masala jiddiy nega endi aynan bizning uyimizga tashlab ketishgan ekan o'yladi uchinchi cho'chqacha.!? Kelilar biz uni parvarishlaymiz bekorga eshigimiz tagiga tashab ketishmagandir,balki onasi bu dunyoda yo'qdir xozir kim biladi balki uni xech kimi yo'qdir.Olla gapingni qarayu debti ikkinchi cho'chqa.Aql bilan ish tutish kerak deya cho'chqalarning aqllisi uni savatdan olib issiq joyga yotqizibdi va atrofini qafas bilan o'rab,uni bizga beribdimi bo'rivoy bizniki uni biz katta qilamiz.Kelajakda u bizni qo'riqlaydi yirtqich hayvonlardan debdi.Unga qara u bo'rining bolasi katta bo'lsa uni o'zi yovvoyi hayvon bo'ladiyu kun kelib bizni yeb qo'ymasaydi debdi ikkinchi cho'chqacha.! Judayam qo'rqoqsanda debdi uchinchisi xullas endi seni ota-onang bugundan boshlab uchta cho'chqacha deya,bo'ri bolasiga qarab alla aytishibdi:
Sokin Tun Angladim Bugun,
Bo'rivoy Bizning Bolamiz Bu Tun.
Uni Nechun Onasi,Tishlari Katta Bolasi,
Balki Bizni Ovqat Deb,Tashlab Ketganmi Bizga.
Aytgin Tun...Nega Bizga Muammo Bu Aytgin Tun,
Onasi Alla Aytishni Bilmaydi Yoki Aytgin Tun.
Bilaman Bugun Bizga Bor Bo'ri Bolasi,
Ertagachi Bo'ladi Onasining Nolasiiii.
Bizni Yemasa Bo'lgani,Boqqanimizga Yarashaaa,
Sokin Tunda Uvillab,Bizga Uyqu Bersa Bo'ldi U Tunda.
Katta Bo'lsa Bizga Mehribon Bo'lsa Bo'ladidaaa,
Sokin Tun Angladim Bugun,
Bo'rivoy Bizning Bolamiz Bu Tun...
Hamma uxlab qolibdi.! Tong otgach cho'chqachalar o'rnilaridan turib bo'ri bolasining oldiga kelibdi.Bo'rivoy uyg'onibdi va cho'chqachalarga ko'zlarini katta-katta ochib qarabdi.Cho'chqachalarni aqllisi ko'z oynak taqib bo'rivoydan so'rabdi.Bo'rivoy nega seni ko'zlaring buncha katta!? Sizlarni yaxshilab ko'rishim uchun debdi bo'rivoy.Uchinchisi bo'rini tekshirib so'rabdi.Bo'rivoy nega seni quloqlaring buncha katta!? Sizlarni qo'shiqlaringizni yaxshi eshitish uchun debdi bo'rivoy kulib.Ikkinchi qo'rqoq cho'chqacha qaltirab bo'rivoydan so'rabdi.Bo'rivo.o.oy nega tishlaring buncha katta debdi.Sizlarni mazza qilib yeyishim uchun debdi bo'rivoy qafasdan otilganicha,cho'chqachalarni yo'lini to'sibdi.Cho'chqachalar qarashsa bo'rivoy hali yosh emas kattakon bo'ri ekan,u faqat biroz kichkina ko'rinishda ekan.Shu bilan Uchta Cho'chqacha bo'rining tuzog'iga tushibdi lekin bo'ridan qochib ketishga ulgurishibdi va necha yillardan buyon bo'rivoy cho'chqachalarni quvlab yurarkan aytishlaricha xozir ham bo'rivoy cho'chqalarni tutolmay yurganmish.Uch cho'chqacha va bo'ri ertagi mana shunday boshlangan edi...

Mana sizlarga aytmoqchi bo'lgan ertagim ham o'z nihoyasiga yetdi.Sizlarga yoqdi degan umiddaman va keyingi shanbada aytadigan ertagim xozircha sir yani ertagim hali To'qilmagan ...
Прикрепления: 6953453.jpg (25.2 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2013.06.21, 22:53 | Сообщение # 5
Группа: Удаленные






Qadim zamonlarda insoniyat hali aql-zakovvati rivojlanmagan,lekin sevgi-muhabbat-oila-burch va ishonch nomlari qaysi manoni anglatishini bilgan bir kichik oila bo'lgan ekan.Oilada 3-kishi yani,Ota-Ona va 1-yoshga to'lgan emizikli o'g'il farzandlari yashar ekan.Hayotning sinovlari qanchalik qattiq bo'lmasin,bolaning ota-onasi bir-biriga ko'ngil qo'yib o'sha paytlarda topganlarini bo'lib yeyishar ekan.Oradan yillar o'tib ular oila qurishibdi va farzandlik bo'lishibdi.Otaning vazifasi ortibdi u ertadan kechgacha yemoq uchun o'rmonga ketib hayvonlarni ov qilibdi.Farzandi va ayolini och qoldirmay topganini ularga ko'tarib kelibdi.Otaning o'zi esa ovqat yetmasligini bilib,o'zini qorni to'qday yo'lda ovqatlanib keldim deya ayoliga jilmayib kulib qo'yarkan.Ayoli erining aldayotganini ko'rib ichidan qiynalar,oz bo'lsa ham parcha go'sht bo'lagini eriga tutqazarkan.Shunday bo'lsa ham ular baxtli edilar.Oradan kunlar o'tib o'rmonda yong'in paydo bo'ldi.Atrofdagi hamma jonivorlar qochib boshqa o'lkalarga ketib qolishdi.Oilani esa yeyish uchun xech narsasi qolmabdi.Kundan kunga otaning axvoli yomonlashar farzandi va ayoli uchun yegulik topa olmay xorg'in xolda uyga qaytishi ko'nglini og'ritardi.Atrofda xech bir jonzot yo'q hammayoq qop-qora,yongan daraxtzorni bir kunda qor parchalari egallab qish fasli yetib kelibdi.Oila ocharchilik axvolidan chiqish uchun o'z uyini tark etib,uzoq o'lkalarga yo'l olishibdi.Yurib-yurib tog' bag'ridagi katta g'orga yetib kelishibdi.G'orning ichi issiq tunashga joy bor ediyu,lekin qornini to'ydirishga xech vaqo yo'qligini bilgan ota g'ordan chiqib atrofga qaraydi.Uzoqroqda kichik ko'l ko'rinadi,ko'lni usti muzlagan tubida esa baliqlar suzib yurardi.Ota baliq tutish maqsadida ko'lga tushmoqchi bo'ladi.Shu payt g'or ichidan ayolining qichqirig'i eshitiladi.G'or ichidan yugurib chiqqan ayoli farzandini bag'riga bosganicha eri tomon yuguradi,orqasidan esa baxaybat oppoq ayiq chiqib keldi.Ota ayiqning vajoxatidan qo'rqmay u tomon yuguradi ayoli va farzandini chetga olib ayiq bilan jang qila boshlaydi.Ayiq juda kuchli uni yerga qulatishga kuchi yetmasligini bilardi.Shu orada g'or ichidan kichkina ayiq bolasi chiqib keladi va onasi tomon yuguradi.Ular juda uzoqda ona ayiq bolasining ovozini eshitmaydi.Ayiqcha yo'lni yarmiga kelganida ko'lning muzlari sinib ayiqcha suvga tushib ketadi.Buni ko'rgan ota ko'lga qarab yuguradi.Nega deysizmi chunki insoniyat o'z farzandi uchun oilasi uchun jonidan ham kechishga tayyor ekanligini anglab yetgandi.Ayiq ona bolasining ko'lda cho'kayotganini ko'rib unga yaqinlasholmaydi,ko'lning labi g'or oldigacha bo'lib juda chuqur edi.Agar yursa muzlik sinar va insonning ham oilasi ko'lda cho'kishini bilardi.Ota ko'ldan ayiqning bolasini olib chiqadi,shu kundan boshlab ayiqning issiq g'ori ularning ham uyiga aylanadi.Ota bilan ayiq oilasi va bolalari uchun shu ko'lda birgalikda ov qilib baliq tutishib yer ekan.Kichik Bolajonlari esa birgalikda o'ynab katta bo'lishibdi...
Mana bugungi ertagim ham sizlarga yoqadi degan umiddaman barchangizga e'tiboringiz uchun katta raxmat ...
Прикрепления: 4323699.jpg (29.0 Kb)
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz