Дата: CHORSHANBA, 2012.10.17, 15:52 | Сообщение # 76
Группа: Удаленные
Qutuldim deb o'ylarsan mendan Ketdi endi qaytmaydi dersan Yo'q o'lsamda kechmayman sendan Armon bo'lib sen-la yashayman Muhabbatning azobi bo'lib Orzularning sarobi bo'lib Sog'inchning iztirobi bo'lib Ko'zingdagi yoshda yashayman Yoshday oqib yanoqlaringda Qalbingdagi qiynoqlaringda Javobsiz u so'roqlaringda Bir umrga sen-la yashayman Bu dunyodan ketsamda jisman Umring bo'yi qolib sen bilan Har bir tomchi ko'zingdan oqqan Ko'z yoshingda birga yashayman Unutmoqchi bo'lasan ba'zan Lek qalbingdan sira ketmasman Sen o'sha hech unutolmagan Xotirangda mangu yashayman Alamlar yuzingga ajin solganda Bir kun ko'zlaringda nur yo'qolganda Tabiat chiroying qaytib olganda O'tmish bo'lib senda yashayman!!!
Дата: CHORSHANBA, 2012.10.17, 15:54 | Сообщение # 77
Группа: Удаленные
Xayotning yollari turfa, notekis, bu yollar ustida ming bor qoqildim, bu kun yuragimda uygondi bir xis, meni soginganlar sizni sogindim. Mexringiz taftidan ololmay baxra, makrli nigoxlar icra ogrindim. Bagringizga bosing, mayli bir laxza, meni soginganlar sizni sogindim. Wu baxtli laxzaga eriwmoq ucun dunyo lazzatidan ortga cekindim. Bu istak yurakni tark etsin necun? Meni soginganlar, sizni sogindim. Bir kuni ucrawtirar bizlarni Xudo, yolgiz wu tasalli birla ovundim, kimsizlar, qaydasiz, bilmadim, ammo MENI SOGINGANLAR SIZNI SOGINDIM...
Дата: SESHANBA, 2012.12.25, 14:50 | Сообщение # 78
Группа: Удаленные
Yuragingni qayg'u tilarkan, Yuzlaringni bosarkan ajin. Bitta umr kamlik qilarkan, Xiyonatni kechirmoq uchun. Vayron bo'lib qolarkan dillar, O'taverar ekan bu yillar. O'ksib-o'ksib yig'layverarkan, Xiyonatdan kuygan ko'ngillar.
Дата: SESHANBA, 2012.12.25, 14:59 | Сообщение # 79
Группа: Удаленные
Hayot yo'lim etadi davom. Be'vafo yor tashlab ketsa xam. Lek muxabbat so'nmadi hamon. U o'zgani tanlab ketsa xam. O'zga yorga ko'nglim ko'nmadi, Undan umid so'nib ketsa xam. Unga bo'lgan mexrim so'nmadi. U o'zgani tanlab ketsa xam. Yurak undan voz kecholmaydi. Voz kechishga ko'zi yetsa xam. O'zga yorni xech sevolmaydi. U o'zgani tanlab ketsa xam. Azoblarda qoldim bir o'zim. U be'vafo quvnab yursa xam. U o'zgani tanlab ketsa xam. Bir so'z demay tashlab ketsa xam.
Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 02:21 | Сообщение # 80
Группа: Удаленные
Baxt sari yo'l olar, armon bo'lsa ham Taqdir zarbalari, farmon bersa ham Manzildan adashib, sarson bo'lsa ham Yigit yig'lamaydi, qurbon bo'lsa ham Fig'onlar o'rtanib, ko'ngli buzilsa Oyoqlar bo'ysunmay, yerdan uzilsa Bo'shliq xavo uzra, yerga cho'zilsa Yigit yig'lamaydi, qurbon bo'lsa ham Hayollar ketarkan, dunyoni kezib Taqdirdan butunlay, umidin uzib Ortda qora ko'zlar, turar ko'z suzib Yigit yig'lamaydi, qurbon bo'lsa ham Taqdir beshavqatdir, yelka bukildi Peshonadan achchiq terlar to'kildi Ba'zan taqdiridan nolib o'kindi Yigit yig'lamaydi, qurbon bo'lsa ham Do'st-u dushmanidan qarzga ko'mildi Kayf-safo qimorni o'yin deb bildi Kimdir sirtmoqni ham bo'yniga ildi Yigit yig'lamaydi, qurbon bo'lsa ham Achchiq haqiqatni hech kim tinglamas Ichingda dushmanni ko'z ham ilg'amas Begona insonlar noming bulg'amas Yigit yig'lamaydi, qurbon bo'lsa ham O'zgani ko'ngli deb, taqdiring kuydi Kaxlat-u zorlardek ko'zingni o'ydi Ne bo'ldi murdangdan, mana yer to'ydi Yigit yig'lamaydi, qurbon bo'lsa ham
Дата: DUSHANBA, 2013.01.07, 10:19 | Сообщение # 81
Группа: Удаленные
Kimnidur sevasan joningdan ortiq U uchun boringni qilasan tortiq Sevgingni qadriga yetmasa agar Bu dunyo sen uchun dözohdan ortiq Yuragin qoladi bir chetda xayron Közlaring yoshlanar dil bölar vayron Muhabbat yig'laydi yig'laydi xamon Bu dunyo sen uchun dözohdan ortiq Muhtorjon sher yozib yuraging ezma Bevafoni unutolmay aqildan ozma Bizningham zamona keladi inim Hayotim dözohdan ajratgan kunim ?
Дата: SESHANBA, 2013.01.08, 05:09 | Сообщение # 84
Группа: Удаленные
Men seni sog’indim, qalbim o’rtanib, Yuragim sog’inchdan bormoqda yonib. Men seni sog’indim, senga o’rganib, Xatto o’zimdan ham ketyapman tonib. Men seni sog’indim, bulutlar qoplab, Quyoshni sog’inib yig’lagan osmondek. Men seni sog’indim, seni ardoqlab, Aqlini yo’qotgan bir nodondek. Men seni sog’indim, bu sog’inch ishon, Har qanday yurakni larzaga solar. Men seni sog’indim, ko’rmasam bir on, Yuragim to’la dard armonim qolar. Men seni sog’indim, Misli parvona, O’zini shamdagi ziyoga urgan. Men seni sog’indim, ishqingda yona, Hajringda telbavor oshiqdek yurgan. Men seni sog’indim, hayronman o’zim, Nega seni bunchalar tezda sog’indim. Yo’linga intizor termular ko’zim, Meni seni sog’indim, juda sog’indim.
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.02.08, 12:59 | Сообщение # 88
Группа: Удаленные
Uni sevardim shunchaki unsiz Baxtning soyasiga berkingancha jim Ammo yetolmadim sevgimga essiz Uni olib ketdi bilmam allakim Bundan rozi bo`ldim qutulgim keldi Yaxshi imkon edi unutmoq uchun Ozodlik shamoli hamdardim bo`ldi Goho azob bera boshlasa ham tun Vaqt yordamga keldi shoshilgancha lek Oson kechmas ekan dilning og`rig`i Xech kimga aytmadin saqlagandim kek Javobsiz to`kildi qalbim so`rog`i Taqdir imkon berdi yana bir bora Armon bo`lmaslik chun urinib ko`rdim Barcha urinishim ketsa ham zoya Nima bo`lsa bo`lsin o`zimdan ko`rdim Ammo natija yo`q hamon shu axvol Unga sevgim aytdim ishonmas nega Dardim tushunmaydi so`ramaydi hol Unutgim keladi qaytadan yana Yana hafa bo`lib siqar jonimni Kun sanab charchadim unutgim kelgi Gaplashmay kuydirar honimonimni Yana sirdoshim she'rlarim bo`ldi
Дата: PAYSHANBA, 2013.02.14, 14:49 | Сообщение # 90
Группа: Удаленные
Sizni sog'indim yetmaydi qo'lim. Bora olmayman olisda yo'lim. Eslab sizni qiynalar ko'nglim. Sizni juda juda sog'indim. Kecholmadim qalbim g'ashlandi. Sog'inchimdan ko'zim yoshlandi. Balki bari endi boshlandi. Sizni juda juda sog'indim. Ko'nglingizni bilolmayman hech. Chunki bunga endi bo'lgan kech. (.Yulduz.) uni yuragingdan yech. Lekin juda juda sog'indim. Ismingizni yozibman o'yib. Kettim bugun dunyodan to'yib. O'zimni telbalikka yo'yib. Sizni juda juda sog'indim. Ilojim yo'q armondan bo'lak. Qalbingizga yo'q hatto yo'lak. Faqat siz deb yashaydi yurak. Sizni juda juda sog'indim.
Дата: PAYSHANBA, 2013.02.14, 14:55 | Сообщение # 91
Группа: Удаленные
Jonim degin asalim degin. asaldan ham mazalim degin sizga jonim beraman degin. siz meniki meniki degin menga jonim yoqasiz degin faqat menga boqasiz degim bag'ringizda daryoman o'zim shu daryoda oqasiz degin degin degin hayotim degin faqat sizda hayolim degin osmonlarga birga ketaylik siz bo'lasiz qanotim degin siz o'shasiz o'shasiz degin baxtimga baxt qo'shasiz degin mehrim beray sizga bir umir mehrim bilan jo'shasiz degin borim degin borlig'im degin siz hammadan ortig'im degin peshonamga yaxshi yomonni qismat bitgan yorginam degin.
Дата: PAYSHANBA, 2013.02.14, 15:07 | Сообщение # 94
Группа: Удаленные
Nega jimib ketdingiz yozmaysiz ham hat, Dil izhoringiz uqib olardim rohat. Iltimos shu rohatdan ayirmang faqat, Azizim men sizni juda sog'indim To'g'ri balki yo'qdir menga vaqtingiz, Allohdan so'rayman doim bahtingiz. So'zlarimga chiqsa ham sizning jahlingiz, Aytaman: Men sizni juda sog'indim. Balki kelmas hatlarimga javob yozgingiz, Balki o'qib hatlarimni rosa kuldingiz. Balki emasdirman sizning tengingiz, Azizim men sizni juda sog'indim...! Bilmadim sog’inchim aytayin kimga. Zalvorli o’tarkan kunlarim sensiz. O’zimni urganday zulmat olamga. Yana bir kunim ham o’tmoqda sensiz. Hayol ko’zgusida sening visoling. O’zim– la sirlashib boqarman ko’kga. Birosmon uzramiz bilmayman xoling. Yana bir kunim ham o’tmoqda sensiz. Bilmayman o’zimni qanday ovutish. Atrofda nimaiki eslatar seni O’zimni aldayman bu qo’rqinchli tush. Yana bir kunim ham o’tmoqda sensiz. Lahzalar mendan – da bezigan ancha. Sanoqsiz savollar kimga ham yoqar. Qiynayman qalbimni bu tarzda qancha. Yanabir kunim ham o’tmoqda sensiz. Toliqdim dunyoday sog’inch yukidan. Ko’proq istar ruhim qolmoqlik yolg’iz. Izlayman baribir ong-u so’limdan Yanabir kunim ham o’tmoqda sensiz. Sensiz o’taversin mening bor umrim. Sen tomon quchog’im ochaveraman. Javobsiz qolsa ham mening hislarim. Seni deb, seni deb yashayveraman.
Дата: PAYSHANBA, 2013.02.14, 15:10 | Сообщение # 95
Группа: Удаленные
Nomingizni saqlab hun yuragimda Bir marta ko’rmoqqa bo’laman intiq. Sizni izlab turib har qadamimda Topib olmoqlikdan qo’rqaman qattiq. Sizsiz o’tgan kunim to’la iztirob, Sizla yashamoq ham azobdir biroq. Zor-zor kutganimcha bo’lsam da hunob, Kelmasligingizni hohladim ko’proq. Siz – shirin azobim, sog’inchim mangu, Achchiq so’zingiz ham dardimga malham. Sizni sevishimni tan olmayman-u, Ammo ko’zni yumib tonolmayman ham. Ikki o’t ichida topmasdan to’zim, Sevgimni tubsiz bir jarga tashlayman. Sizni so’rab turib tangrimdan o’zim, Berib qolishidan qo’rqib yashayman
Дата: PAYSHANBA, 2013.02.14, 15:10 | Сообщение # 96
Группа: Удаленные
Nomingizni saqlab hun yuragimda Bir marta ko’rmoqqa bo’laman intiq. Sizni izlab turib har qadamimda Topib olmoqlikdan qo’rqaman qattiq. Sizsiz o’tgan kunim to’la iztirob, Sizla yashamoq ham azobdir biroq. Zor-zor kutganimcha bo’lsam da hunob, Kelmasligingizni hohladim ko’proq. Siz – shirin azobim, sog’inchim mangu, Achchiq so’zingiz ham dardimga malham. Sizni sevishimni tan olmayman-u, Ammo ko’zni yumib tonolmayman ham. Ikki o’t ichida topmasdan to’zim, Sevgimni tubsiz bir jarga tashlayman. Sizni so’rab turib tangrimdan o’zim, Berib qolishidan qo’rqib yashayman
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.04.19, 15:44 | Сообщение # 99
Группа: Удаленные
Ko’zing qaro sening, qoshlaring qaro, Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq. Qo’lingdagi ta’na toshlaring qaro, Menga g’amgin boqib turishlaring oq. Unutishing - qaro, hijroning qaro, Sog’inching oppoqdir, xatlaring – oppoq. Qarodir yurganing o’ch-mehr aro, Menga tashlab ketgan dardlaring – oppoq. Shommi yo saharmi – vaqtimdir qaro, Sen deb to’kayotgan yoshlarim oppoq. Sening ham, mening ham baxtimdir qaro, O’ttiz to’rt yoshingda sochlaring oppoq. Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir, Oq-qaro bo’yoqlar bizning bog’larda... Men million bo’yoqni bilardim, axir, Ikkimiz baxtiyor bo’lgan chog’larda.