AYRILIQ
|
|
Fast-ForWarD | Дата: PAYSHANBA, 2013.03.07, 05:32 | Сообщение # 76 |
Группа: Удаленные
| O'zimga sig'mayman atrof qop-qora. Ayriliq azobi qiynaydi meni. Kecha qalbimda ochilgan lola. Sog'inib so'ladi topolmay seni. Kunlar o'taverar yurak esa jim. Farishta sirlarin quloqqa aytar. Qaytmas bo'lib ketgan eh muhabbatim. Qachondir qalbimga o'z o'tin solar.
|
|
| |
_MAFIYA_ | Дата: MUBORAK JUMA, 2013.03.08, 11:31 | Сообщение # 77 |
Группа: Удаленные
| Hayolimda sevdim men seni,Yoding bilan yurdim mastona.Yolg'iz baxtim dedim men seni,Hayolingda böldim parvona.Suratinga boqdim tunlar jim,Chökmadim men teran közinga.Sen haqingda köp she'rlar bitdim,Öqimadim ammo özinga.Hijroningda dilim chekdi g'am, Bu hijronga özim yuz tutdim.Hayolimda sevdim chinakam,Ammo jur'at etolmay ötdim.Eng beg'ubor tuyg'ularim ham,Shaniga dog' bölar deb qörqdim...
|
|
| |
gulnoza9696 | Дата: SESHANBA, 2013.07.09, 10:28 | Сообщение # 78 |
Группа: Удаленные
Сообщений: 371
| Mayli ketavering o'zga yor tomon. Uning chiroyiyu,boyligi debon. Siz meni sevdizmi bo'lsa ham bir on. Bilsangiz men sizni sevaman hamon. O'tsa ham oradan qancha yil zamon. Hanuzgacha qalbimdan o'chmagan armon. Birovni sevsangu sevmasa yomon. Bilsangiz men sizni sevaman hamon. Hech qachon unutmay hattoki bir on. Qalbimdan o'chmagay abadiy armon. Mayli baxtli bo'ling har kun,har zamon. Bilsangiz men sizni sevaman hamon.
|
|
| |
gulnoza9696 | Дата: SESHANBA, 2013.07.09, 10:43 | Сообщение # 79 |
Группа: Удаленные
Сообщений: 371
| A-Ayriliq peshonada bor ekan. B-Bahtiz men emas o'zga yor ekan. B-Bilmay hato qilib sizdan kechibman. O-Orzuyimni armon qilib yo'lga sochibman. S-Sevgandim ilk bora sizni yagonam. B-Baxtim deb bilgandim sizni yagonam. E-Endi biz begonamiz bir umrga. K-Ketdi orzularim siz bilan birga.
|
|
| |
_sHaBBoDa_ | Дата: PAYSHANBA, 2014.04.24, 21:39 | Сообщение # 80 |
Группа: Удаленные
| Seni sevmay qo'ydim, rosti gap, Eslamay ham qo'ydim, ko'p bo'ldi. Garchi quvonchlardan mahrumdir dilim, Garchi hijron uni boshpana qildi. Garchi eslamadim seni bir lahza, Garchi jilovladim tuyg'ularimni. Faqat yuragimda mening ismimsiz, Yashayverding boqib qayg'ularimni. Garchi men hammadan seni yashirdim, Yengib yashayoldim o'zimni-o'zim. Faqat... Men barini inkor etaman. Faqat... Fosh etadi sevgimni ko'zim. Garchi takrorlayman, "Sevmayman seni, Yodlamay ham qo'ydim, gapning rosti shu." Faqat... Kulgularim sen bilan ketdi. Faqat... Qoldi menda muzlagan tuyg'u.
|
|
| |
madinacha | Дата: SESHANBA, 2014.05.27, 01:50 | Сообщение # 81 |
Группа: Удаленные
Сообщений: 20
| Oq uying yopilmasin, Ustuni chopilmasin, Sen meni yomon deding, Yaxshi yor topilmasin....
|
|
| |
madinacha | Дата: SHANBA, 2014.05.31, 12:51 | Сообщение # 82 |
Группа: Удаленные
Сообщений: 20
| Mushkuldir bir nima demoqlik... Yaratgan ham o'zicha xaqdir... Ikkimizni ikki tomonga... Ajratiblar tashladi taqdir... Taqdirning bu marhamatidan... Boshlarimiz bo'lib qoldi Ham... Chorasini topib bo'lmaskan... Goh o'limdan boshqasini ham...[color=blue][size=10]Добавлено (2014.05.31, 12:51) --------------------------------------------- Kechir seni unutib qöydim. Öylarimdan surdim köp nari. Yöllarimni berkitib qöydi. Tökiluvchan bahor gullari. Subhidamda diydoring tilab. Turnalarga chiqgandim peshvoz. Aytolmagan sözlarim bilan. Tölib qoldi bir parcha qog'oz. Sog'inmayin qöydim hattoki. Shukur endi yarim könglim töq. Mensiz baxtli bölarsan balki. Men sensiz baxtli bölganim yöq. Kechir seni unutib qöydim. Yuragimdan quvdim köp nari. Faqat meni kechirsan böldi. Yashab yasholmagan kunlarim haqqi((
Сообщение отредактировал madinacha - SHANBA, 2014.05.31, 12:24 |
|
| |
madinacha | Дата: YAKSHANBA, 2014.06.01, 00:29 | Сообщение # 83 |
Группа: Удаленные
Сообщений: 20
| SIZSIZ MEN XECH KIMMAN XECH NARSA EMAS. YARATGAN JONIMNI BERMAS YO OLMAS. KO'ZIMGA KECHALAR UYQULAR KELMAS. NENI XAM O'RGATA OLARDIM SIZGA...??? SIZGA KELTIRGANIM FAQAT QAYG'U DART. DILINGIZGA SOLDIM OLAM OLAM GART. QALBINGIZNI ETDIM MEN BUTKUL DARTMAND. AZOBDAN O'ZGA NE BEROLDIM SIZGA...?? DARDINGIZ MENING XAM DARDIMGA O'XSHAR. SIZSIZ YURAKGINAM AZOBDAN QAQSHAR. MEN EMAS O'ZGALAR BAXT SARI BOSHLAR. SIZGA NE XAM BEROLDIM ARMONDAN O'ZGA???
|
|
| |