MUBORAK JUMA, 2025.06.27, 04:31
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Модератор форума: AnDiJoNLiK_BeZoRi  
sevgi.................
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:08 | Сообщение # 801
Группа: Удаленные





Taqdirga oxiri berdim tan
Meni suymaganni suyib netaman,
Yaxshisi dunyodan yolg`iz o`taman,
Ketdingiz, qolmayman, men ham ketaman...
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:08 | Сообщение # 802
Группа: Удаленные





Bir kun kelib sevib qoladi:
Yor vaslidin mast bo`lar ko`ngil,
Har amalda bir izhori dil,
Xijron-asr, visol bir fasl.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:08 | Сообщение # 803
Группа: Удаленные





Bir kun kelib to`lib qoladi,
Bo`sh quchog`i yor visoliga
Farzandining asal, boliga,
Havas qilar har iqboliga.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:08 | Сообщение # 804
Группа: Удаленные





Bir kun kelib to`yib qoladi,
Turmishning bu lazzatlariga.
Shum taqdirning xasratlariga,
Omad, quvonch, nafratlariga.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:09 | Сообщение # 805
Группа: Удаленные





Bir kun kelib bilib qoladi,
Bu dunyoda yolg`izligini.
Tanib, yetib, o`z-o`zligini,
Yo qalbini ko`r ko`zligini...
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:10 | Сообщение # 806
Группа: Удаленные





Mag’rurligim tan olmas meni sevgimni
Xoxlamasdim men sevib qolishni
Lek na qilay yuragim ursa shoshib,
Na qilay ko’nglim so’zlasha toshib?
Na qilay ovozing tinglagim kelsa?
Na qilay ko’zlaringga bir boqqim kelsa?
O’ylamay deymanu lek na qilay
Xayolimda bo’lasan tinmay.
O’ylarimdan cho’chib qochib ketaman.
Yo’l izlaymanu topa olmayman.
Meni qiynar xar on bir savol,
O’sha senmisan taqdirimdagi inson?
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:10 | Сообщение # 807
Группа: Удаленные





Bir so'z keldi,aytolmadim,qolib ketdi,
Qaysar yurak,gul ishqila yonib ketdi.
Sevganimga "sevaman"deb aytolmadim,
Sevdim-dedi,boshqa birov olib ketdi....
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:11 | Сообщение # 808
Группа: Удаленные





Oftob botib ketdi,egildi boshim,
Yulduzdek sochildi ko'zimdan yoshim.
Hajringda bag'rimni yerga berurman,
Tun bir lahad bo'lsa,oy qabr tosim.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:11 | Сообщение # 809
Группа: Удаленные





Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo'shilib
Yig'lasharmidik.
Biz baxtli bo'lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:11 | Сообщение # 810
Группа: Удаленные





Rayhon hidlaringni
Yo'llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko'kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig'lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing -
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:12 | Сообщение # 811
Группа: Удаленные





Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O'zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun -
Kokillaridan?..
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:12 | Сообщение # 812
Группа: Удаленные





Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O'rtanma g'amda.
G'iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug' olamda.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:12 | Сообщение # 813
Группа: Удаленные





Men esa
Oshig'ing sening -
Eng g'arib.
Tundan so'z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:12 | Сообщение # 814
Группа: Удаленные





Ista,
Tiz cho'kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo'lamiz
Xudo xohlasa.
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:14 | Сообщение # 815
Группа: Удаленные





Muhabbat kuydirsa kuydirsin,
Azobi jonimdan to‘ydirsin.
Ne bo‘lsa muhabbat bo‘ldirsin,
O‘ldirsa muhabbat o‘ldirsin.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:14 | Сообщение # 816
Группа: Удаленные





Yoritmang bu tiyra shomimni,
Telba deb atanglar nomimni.
Qo‘sh qo‘llab topshiray jonimni,
O‘ldirsa muhabbat, o‘ldirsin.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:14 | Сообщение # 817
Группа: Удаленные





Osinglar Mashrabning so‘ziman,
O‘yinglar Ro‘dakiy ko‘ziman.
Oh desam nomardning o‘ziman,
O‘ldirsa muhabbat, o‘ldirsin.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:15 | Сообщение # 818
Группа: Удаленные





G‘iybatchi, g‘iybating qilaver,
Boshimga balodek kelaver.
Bag‘rimni burdalab tilaver,
O‘ldirsa muhabbat, o‘ldirsin.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:15 | Сообщение # 819
Группа: Удаленные





Sevgim bor hech kimga aytmagan,
Yorim bor manglayga bitmagan.
Zorim bor tangriga yetmagan,
O‘ldirsa muhabbat, o‘ldirsin.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:15 | Сообщение # 820
Группа: Удаленные





Tosh otmang bu erka qushimga,
Zo‘rg‘a bir kirganda tushimga.
Ey Karim, kelmasdan hushimga,
O‘ldirsa muhabbat, o‘ldirsin.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:15 | Сообщение # 821
Группа: Удаленные





G'amgin ko'z yosh ichra kulging jaranglar,
Ko'rib bo'lmas endi nigohing bir zum,
Qalbingni bosmasin og'ir harsanglar,
Ruxsat ber, panohing bo'layin o'zim.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:15 | Сообщение # 822
Группа: Удаленные





Men seni sevaman hammadan ortiq,
Menga ber bor qayg'u alamlaringni.
Sening tabassuming eng buyuk tortiq,
Yoritib yuborar osmonlarimni.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:16 | Сообщение # 823
Группа: Удаленные





Sen uchun yasharman..(mayli-da sensiz)
Barcha dardlaringga bo'lish-chun malham,
Ishon, SEN BAHTLISAN, emassan yolg'iz
Muhabbatim yetar ikkimizga ham.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:17 | Сообщение # 824
Группа: Удаленные





Seni yotlar tugul, hatto
Qilurman rashk o'zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam
Bo'lurman g'ash ko'zimdan ham.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.04.21, 07:17 | Сообщение # 825
Группа: Удаленные





Ko'zim yongay senga nargis,
Ko'zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo'lgay yuzimdan ham.
 
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz