***ARMON HAQIDA WERLAR***
|
|
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 13:54 | Сообщение # 126 |
Группа: Удаленные
| Man sani sog'indim lekin san kelmading manga vada berganding vadangada turmading O'zgani tanlading ayt nega mendan kechding
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 13:55 | Сообщение # 127 |
Группа: Удаленные
| Ko'zlarimga boqsang bilarding yuragimni zarbini eshitsang sevishimni sezarding lekin quloq tutmading seni sevgan yuragimga qaramading ko'zimga sendan o'zga ko'rinmas bu ko'zlarimga
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 13:55 | Сообщение # 128 |
Группа: Удаленные
| Nega menga baht berib uni qaytarib olding nega menga dard berib shunday qoldirib ketding Nega meni hayolimni o'zing bilan band eting nega seni sevishimni ertaroq anglamading Nega meni yolg'iz tashlab kelding yana yonimga Nega meni shuncha qiynab kelding yana yonimga yetmaydimi shuncha ozor berganlaring yoki kelding kechirim so'ragani yodingdan chiqdimi mendan kechib o'zgani sevganing yodingdan chiqdimi seni sevib azoblarda qolganim
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 13:55 | Сообщение # 129 |
Группа: Удаленные
| Shoxni gado qilib ketding kimni suyib yelkamga boshing qo'yib yig'labolgin sen to'yib
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 13:56 | Сообщение # 130 |
Группа: Удаленные
| endi meni xis qildingmi yolg'izlikni bildingmi menga azob berganding azoblarda qoldingmi
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 13:56 | Сообщение # 131 |
Группа: Удаленные
| Bugun sani sog'inib ko'zlarimni yumgandim afsus sening jamolingni ko'rolmadim sevgilim naxot endi sening xusning ko'tarilgan yodimdan qachon chiqdi esimdan balki san mani tark etgan kundan yolg'izlikda o'tkazganman kunlarimni men sensiz seni tanimas edim naqadar bahtli edim seni uchratdim sen menga dard yurakka muxabbat olib kelding hayotim
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 13:57 | Сообщение # 132 |
Группа: Удаленные
| Senga yetishmoq uchun telbaga xam aylandim bir bora ko'rmoq uchun uchishga xam shaylandim aqlim olganding go'zal isming qo'ymay
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 13:57 | Сообщение # 133 |
Группа: Удаленные
| Bog'larga kirsam xazon yaproqlar, Faqat qiynar meni azob irog'lar, seni sog'inaman tunlarim bedor, balki sog'inasan sen ham meni zor!
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 13:59 | Сообщение # 134 |
Группа: Удаленные
| Ko’rganimda, sevgilim, sizni Hayajondan titrardi lablar. Aytar edim: hech qachon bizni, Ayirolmas g’iybati gaplar.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 13:59 | Сообщение # 135 |
Группа: Удаленные
| Istamasdik also hijronni, Sevgimizga so’rardik panoh. Qoplagandek bulut osmonni, Ishq qasrimiz nuradi nogoh.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:00 | Сообщение # 136 |
Группа: Удаленные
| Ikki yurak yig’ladi zor-zor, Ikki juft ko’z bo’ldi shunda nam . Sizsiz juda qiynaldim, dildor, Qiynaldingiz meningsiz siz ham. Dilda sevgi kuylari tindi, Cho’kdi g’am ishq koshonamizga. Yig’lamoqdan foyda yo’q endi, Shu yozilgan peshonamizga.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:00 | Сообщение # 137 |
Группа: Удаленные
| Dilda garchi ishq otli ziyo, Visol bo’ldi sarobu ro’yo. O’tib ketdi birzumda. Go’yo- Shamol bo’ldi tuyg’ularimiz.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:00 | Сообщение # 138 |
Группа: Удаленные
| To’qib turli bahona, ertak Qilarmishman men seni ermak, Tosh otildi- kimgadir ,demak, Malol bo’ldi tuyg’ularimiz.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:00 | Сообщение # 139 |
Группа: Удаленные
| Shirin orzu qilib tolmadik, Hajrni hech esga olmadik, Afsus, uni saqlab qolmadik, Uvol bo’ldi tuyg’ularimiz.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:01 | Сообщение # 140 |
Группа: Удаленные
| Dilginamni lol qilib, Olganding es-hushimni, Endi yolg’iz qoldirib Orttirding tashvishimni, Oromimni o’g’irlab Tushlarimga kirarding Sen meni sevmagansan Faqat, yaxshi ko’rarding.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:01 | Сообщение # 141 |
Группа: Удаленные
| Bir kam dunyo, kaming ko’p, Sinovga boy daming ko’p Nechun buncha g’aming ko’p? Ularni ko’tarmoqqa Bir bosh kamlik qilyapti.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:01 | Сообщение # 142 |
Группа: Удаленные
| Yo’limni yo’qotib, yo’l izlab qoldim, Bir najot beruvchi qo’l izlab qoldim, Taqdirning toshlari boshimga tushgan- Alamli kunlarda yolg’izlab qoldim.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:02 | Сообщение # 143 |
Группа: Удаленные
| Kel dunyoning g'amlarin unut Baxt quyoshing to'smasin bulut, Saqlamasdan qarshimda sukut Bir ayt meni sog'inganingni.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:02 | Сообщение # 144 |
Группа: Удаленные
| Shunda baxtni yetay men anglab, Ololmasdan hushimni o'nglab , Mast bo'layin shu so'zni tinglab, Bir ayt meni sog'inganingni.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:04 | Сообщение # 145 |
Группа: Удаленные
| Kuydiray deb pardoz aylasang, Husning ko'rib o'yga tolaman. Aytib qo'yay, ko'p noz aylasang, Olislarga ketib qolaman.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:05 | Сообщение # 146 |
Группа: Удаленные
| Tushinmading zinhor dardimni, Yo sinading mening sabrimni, Bir o'tkazay deya qadrimni, Olislarga ketib qolaman.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:05 | Сообщение # 147 |
Группа: Удаленные
| Sevgi dilga dard berdi ko'p yil Lek sevgidan bezganimcha yo'q Sendan hamon umidvor ko'ngil Sendan ko'ngil uzganimcha yo'q.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:05 | Сообщение # 148 |
Группа: Удаленные
| Bir-biriga intizor dillar Boray desam ayrodir yo'llar Yelday o'tib bormoqda yillar Sendan ko'ngil uzganimcha yo'q.
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:05 | Сообщение # 149 |
Группа: Удаленные
| Ne ham derdim, o'zga yorni kutar bo'lsang Biz g'aribni bahrimizdan o'tar bo'lsang Baxtiyorman,agar baxtga yetar bo'lsang Yuragimni qaytarib ber ketar bo'lsang!
|
|
| |
Karen_uz | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:06 | Сообщение # 150 |
Группа: Удаленные
| Yo'q... Yiroq emassan, yuraging yiroq, Sevgingiz chinmi deb aylarsan so'roq, Isbot deb jonimni berardim,biroq, Sevgim isbotiga o'lim yetmaydi.
Sen tomon uzatsam, qo'lim yetmaydi...
|
|
| |